X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


xOtIRAnI RIVOjlAntIRISHDA Ong OStInIng O‘RnI



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə49/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

xOtIRAnI RIVOjlAntIRISHDA Ong OStInIng O‘RnI


Siz ong ostining ajoyib imkoniyatlari haqida ehtimol eshitgandirsiz. Bu ongning bizning ruhiyatimizda katta rol o‘ynaydigan

tarkibiy qismlaridan biridir. Ong osti biz- ning yurish-turishimizni belgilovchi chuqur jarayonlarni boshqaradi. Ong osti sohasida mustahkamlangan har qanday g‘oya bizning qa- rorlarimiz, harakatlarimiz, voqealarga mu- nosabatlarimizga taʼsir qiladi.
Ong ostidan bizning tabiiy xotiramizni yaxshilash va o‘qitish jarayoni (gipnopediya) ni yengillashtirish uchun foydalanish mum- kin. Ong ostidan foydalanishning eng od- diy usuli – o‘z-o‘zini ishontirish.
Ongning tana jismoniy holatiga to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri taʼsir qilish haqidagi tezisga asoslanib, E.Kue kasallikka qarshilik ko‘r- satish va sog‘ayish jarayonini tezlashtirish texnologiyasini ishlab chiqdi. Kuening fikr- lari va xulosalariga hurmat bildirgan holda shuni ham taʼkidlashimiz lozimki, o‘z-o‘zini ishontirish bo‘yicha u taklif qilgan formula- lar orasida samarasiz iboralar ham bor. Ma- salan, u har kuni istalgan nuqtai nazardan qaralganida ham «men kundan-kunga yaxshiroq
va undan ham yaxshiroq yashayapman» deb takror- lashni taklif qilgan edi.
Kue yashab o‘tgan davrdan beri o‘z-o‘zini ishontirish tamoyillari yanada rivojlanti- rildi va bu usul haqiqatan ham ajoyib nati- jalarni bermoqda. O‘z-o‘zini ishontirishning u qo‘llaniladigan hamma sohalardagi bayonini berish bizning vazifamizga kirmaydi. O‘z-o‘zi- ni ishontirishning xotirani rivojlantirish uchun qo‘llanilishi bilan kifoyalanamiz.
O‘z-o‘zini ishontirish texnikasi siz erish- moqchi bo‘lgan narsaning mazmunini o‘z ichiga olgan bir genning o‘zini takrorlashdan (ket- ma-ketiga 20 martagacha) iboratdir.
Kun davomida o‘z-o‘zini ishontirish bo‘yi- cha uchta seans o‘tkazish mumkin:

  • ertalab, uyqudan turgandan so‘ng;

  • peshinda;

  • kechqurun, uyqudan avval.

Bu oddiy mashq ong ostida asta-sekin tak- rorlayotgan gapimizdagi g‘oyani mustahkam- laydi (bu jarayonni autogen mashqi yoki auto- trening deyish ham ataydilar). Ong osti sohasida, o‘z navbatida g‘oyani amalga oshi- rish jarayoniga qo‘shiladi.
Xotirani rivojlantirish uchun o‘z-o‘zini ishontirish iboralariga misol:

  • men xotiram yaxshilanayotganini sezyapman;

  • men xotiramga borgan sari ko‘p ishoni- shim mumkinligini his qilyapman.

Yanada ko‘proq natijalarga erishish uchun inson o‘zini ko‘proq ishontirish kerak:

  • men o‘qiganlarimni borgan sari yaxshiroq eslab qolyapman;

    • mening ismlarni yodlashga bo‘lgan xoti- ram kundan-kunga yaxshilanmoqda.

O‘zingiz tanlagan gapni diqqatni beixti- yor gap maʼnosiga jamlab, yigirma marta- gacha takrorlang. Agar bir necha marta tak- rorlaganingizdan so‘ng diqqatingiz boshqa maʼ- noga ko‘chadigan bo‘lsa, bundan o‘ng‘aysizlanmang, gapni takrorlashni davom ettiravering.
O‘z-o‘zini ishontirish seansi samarali bo‘li- shi uchun, o‘zingizdagi kichkinagina asabiylik (tanglik)ni ham bartaraf etishingiz lozim. tinchroq joyga borib o‘tiring yoki yonboshlang. Hamma mushaklarni bo‘sh qo‘ying, ko‘zingizni yuming. Keyin gapingizni takrorlay boshlang.
Gap tanlaganingizda quyidagi qoidalarga rioya qiling:

  1. Iborangiz sodda va bitta gapdan ibo- rat bo‘lishi kerak. «Meni murakkab savol bi- lan noqulay holatga solmoqchi bo‘lganlarga nisbatan menda doim javob tayyor bo‘ladi, chunki mening xotiram aʼlo darajada» kabi gaplarni ishlatmang.

  2. Gap ijobiy maʼnoga ega bo‘lishi lozim.

«Menda ingliz tilini o‘rganishimda muammo yo‘q» deb aytmang. Gapni quyidagi tarzda tu- zing: «Men ingliz tilini borgan sari oson- roq, qiynalmasdan o‘rganyapman».

  1. Gap haddan tashqari umumiy bo‘lmasligi kerak: «Mening aqliy qobiliyatim kun sayin yaxshilanyapti», demang.

Gaplarni o‘zingizning aniq muammolarin- gizni hisobga olib tanlang. Masalan:

    • «Men xotiramga ishonishim uchun asoslar bor!»

  • «Kun sayin mening eʼtiborliligim yaxshi- lanmoqda!»

  • «Qonunlarni eslab qolishim kundan-kun- ga yaxshilanmoqda!»

  • «Tibbiyotni qancha ko‘p bilib olsam, xoti- ram shunchalik ishonchli bo‘ladi» va hokazolar. Gap haddan tashqari qatʼiy bo‘lmasligi lozim.


Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə