X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


KUMUlyatIV tAKRORlASH USUlI



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə52/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

KUMUlyatIV tAKRORlASH USUlI


Biz eslab qolish jarayonida takrorlash samarali usul ekanligini oldin ham taʼkid- lagan edik. Birgina shu usulni qo‘llab ko‘p narsalarni eslab qolish mumkin. Ammo un- dan tartibli va asta-sekinlik bilan foyda- lanish kerak.


Masalan: siz dostonni yoki teatr pyesasining bir parchasini yodlashni xohlayapsiz. Buning uchun siz quyidagi tarzda ish tutishingiz kerak.

Har kuni 5 yoki 10 sheʼriy qatorni yod- lang (o‘zingizning sheʼrlarni o‘zlashtirish- ga bo‘lgan qobiliyatingizdan kyelib chiqib) va oldingi kuni yodlaganingizni takrorlang. Shundan so‘ng 100 misrani yoddan biladigan bo‘lasiz. Shu vaqtdan boshlab 10 qator yodlash bilan birga ikki kunda bir marta avvalgi matnni 50 qatordan qayta o‘qing. Keyin 150 qatorni qatʼiy eslab qolganingizdan so‘ng matnni 50 qatordan har uch kunda bir marta- dan qayta o‘qing va hokazo. Bir necha oydan so‘ng siz yuzlab qatorni ortiqcha harakatlar- siz eslab qoladigan bo‘lasiz. Asosiy qiyin- chilikni asta-sekinlik va tartibga rioya qi- lish tashkil qiladi.


Takrorlash usuli maktab fanla- rini o‘rganishda o‘quvchilar tomoni- dan, afsuski, noto‘g‘ri ishlatiladi.
Bunda ko‘pchilik holatlarda ular usul- ning «takrorlash» qisminigina qo‘llaydi-


lar va uning «kumulya- tiv» qismini inkor etadilar. Ular qay- sidir mavzuni bir kungagina yodlab ola- dilar, keyin mate- rial takrorlanmagach esdan chiqib ketadi. Shuning uchun o‘quvchi- lar imtihonlardan avval amalda hamma narsani qaytadan es- lab olishga majbur-
dirlar. Agar o‘quvchi doimiy takrorlashni amaliyotga kiritsa, material xotirada to‘- liq saqlanib qoladi.
Kumulyativ takrorlash usulini tarixiy sanalarni eslab qolish uchun (har kuni 2-3 sanani yodlang) qo‘llash mumkin. Keyinchalik biz sanalarni eslab qolishning mnemotex- nik usullarini ko‘rib chiqamiz. Hozir esa kumulyativ takrorlash sanalarni eslab qo- lishdan tashqari katta miqdordagi mate- matik, fizik, kimyoviy formulalarni eslab qolish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, bu usuldan chet tilini o‘r- ganishda lug‘at zaxirasini to‘ldirish uchun (yaʼni so‘zlarni qisqa gaplar tarkibida tak- rorlash maqsadga muvofiqdir) foydalanish mumkin. Uni abituriyentlar imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llashlari mumkin: yig‘ma jadvallar yoki materialning qisqacha bayoni tuziladi. Oldingilarini 10–15 tadan yakuniy qismlarga bo‘lib takrorlash bilan
kuniga 2-3 tadan qisqa yakunni eslab qola- dilar.
Takrorlashlar ko‘p vaqtni olayot- gandek tuyulishi mumkin. Aslida esa ular vaqtni tejaydi. Chunki agar siz unutmagan bo‘lsangiz, takrorlash od- diy o‘qish bo‘lib, u juda tez o‘tadi.
Har kuni takrorlash ko‘pchilik uchun juda malol keladigan ish. Ammo bunda ko‘p narsa nima o‘rganilayotganiga bog‘liqdir. talaba- larning bir qismi takrorlashning quyidagi ritmini qo‘llaydilar:

  • Ertalabki maʼruza, undan so‘ng kons- pektlarni yuzaki o‘qish;

  • Shu oqshomning o‘zida birinchi takrorlash;

  • Ikkinchi takrorlash 2-3 kundan keyin;

  • Uchinchi takrorlash bir haftadan so‘ng;

  • To‘rtinchi takrorlash 3-5 hafta o‘tgach;

  • Beshinchi takrorlash 4-6 oydan keyin.

takrorlashning hamma uchun optimal bo‘lgan ritmi mavjud emas. Hamma o‘z ritmini o‘zi bel- gilaydi. O‘z ritmini aniqlashga umumiy qoi- da: hech narsani unutmaslik uchun takrorlashni yetarli darajada tez-tez qilish lozim. Biroq quvvatni bekorga sarflamaslik uchun uni had- dan ziyod tez ham qilmaslik kerak.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə