X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə42/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

tESt VA MAShq


Biz keyingi darsdan o‘rganishni boshlay- digan juda muhim mavzu – assotsiatsiyalar- ni o‘rganishdan oldin takrorlash, yodga so-


Quyidagi matnni diqqat bilan, ammo bir marta o‘qib chiqing, keyin navbatdagi sahi- faga o‘ting.
O‘qish uchun matn
Oltinchi mart kuni Shaxo-Eyeri yaqini- da qiziq voqea ro‘y berdi. Yuk ortilgan po- yezd kechqurun Paklauzga yaqinlashayotganda relslardan biri chiqib ketdi. Poyezd 34 ta vagondan tuzilgan, ularning 16 tasida so- lyarka, 18 tasida esa vino (sharob) bor edi. 40 kub metrdan hajmga ega bo‘lgan solyarka- li ikkita sisterna va sharob quyilgan 4 ta sisterna shikastlandi va sharob hamda dizel yoqilg‘isidan iborat aralashma av- toyo‘lga to‘kildi. Bu esa yog‘ olib ketayotgan 10 tonnalik yuk mashinasining yo‘l chetida- gi ariqqa (kyuvetga) tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Baxtli tasodif tufayli hech kim jiddiy jabr ko‘rmadi. Faqat yuk mashina- sining haydovchisigina bir nechta joyidan yengil jarohatlandi.
Quyidagi savollarga javob bering:

  1. Poyezd qayoqqa ketayotgan edi?

  2. Qanday vagonlar ko‘proq edi, sharobli- mi yoki solyarkali?

  3. Sharobli sisternalardan nechtasi shi- kastlandi?

  4. Nima ko‘proq to‘kildi – sharobmi yoki so- lyarkami?

  5. Vagonlarning hammasi qancha edi?

  6. Halokat sutkaning qaysi vaqtida ro‘y berdi? Natijalarni tekshiring.

Bu test diqqatni jamlash uchun mashq bo‘lib xizmat qiladi va sizga odatda shunday bo‘li- shi, biz raqamlarga berilib ketib, ko‘pincha tushunchalar va oddiy narsalarni esdan chiqa- rib, (unutib) qo‘yishimizni ko‘rsatadi.

Birinchi besh darsning turli bo‘limlari: sarlavhalari, kichik sarlavhalari, qoida- lar bayonini yozib ko‘rishga urining.




ESlAb qOlIShnIng yanA bIR tAbIIy jARAYonI


Assotsiatsiyalar tuzing, ular yaxshi xotiraning haqiqiy sirlari- dir. Unutmang, yaxshi xotira sanʼ- ati – bu o‘zimiz esda saqlab qo- lishni istagan har qanday maʼlu- motlar bilan ko‘plab va turli xil aloqalarni yaratish sanʼatidir.
Har bir assotsiatsiya fakt osib qo‘yilgan o‘ziga xos qarmoqdir. Bu qarmoq yordamida fakt tepaga ko‘tariladi.
Bundan kelib chiqadiki, assotsiatsiya bir vaqtning o‘zida xotiralarni mustahkamlash va keyin ularni qayta tiklash (chaqirish) vositasidir.
O‘tgan mavzularda biz xotira qancha ko‘p yuklansa, u shunchalik samarali bo‘lib bora- di, degan edik. Endi biz xotiramizda fakt va maʼlumotlar shunchalik ko‘p bo‘lsa, yangi fakt bilan xotirada saqlanayotgan maʼlu- motlar o‘rtasida aloqani o‘rnatish shuncha- lik oson bo‘ladi, deya olamiz.
Fransuz iqilobi haqidagi hamma maʼlu- motlarni bilib olish juda qiyin bo‘ladi.
Nimanidir eslab qolish uchun xotirada al- laqachondan beri saqlangan qaysidir fakt bilan bog‘lash (assotsiatsiyalash) kerak.
Yangi fan yoki tilni o‘rganish avvalida predmetni bundan keyin chuqurlashtirib o‘r- ganganda assotsiatsiyalar (bog‘lanishlar) ba- zasini tuzish uchun eng oddiy qo‘llanmadan boshlash juda foydali bo‘ladi.
tabiiyki, mantiqiy bog‘lanish (assotsia- siya)lar juda muhim. Biroq ularni doim ham shakllantirib bo‘lmaydi. Shuning uchun mantiqsiz, majburiy, qulog‘idan tortib keltirilgan bog‘lanish (assotsiatsiya)lardan foydalanishga mensimasdan qaramang. Ular sizning og‘iringizni yengil qilib beradi. Ushbu kurs davomida mnemotexnika bilan tanishayotgan paytda siz bunga amin bo‘lasiz. Agar siz odamning ismini imkon qadar eslab qolmoqchi bo‘lsangiz, bu odamga bog‘liq assotsiatsiyalarni ko‘proq shakllantirishga
harakat qiling. Uning tashqi ko‘rinishi- ga sinchiklab qarang, kuzating va quyidagi bog‘lanish (assotsiatsiya)ni shakllantiring: bu janob hurpaygan mo‘ylov qo‘ygan ekan. Uni sizga tanishtirayotgan paytda rafiqan- gizning dugonasi bilan ezmalanib o‘tirar- di. Janob ham xonimning do‘sti, deb faraz qiling. Ularni siz kirgan paytda turgan joylari – salonning burchagida ikkovlashib gaplashib turishgan deb ko‘z oldingizga kel- tiring. Deylik, Elbek ismi Dilbek ismiga bir oz o‘xshab ketadi, ammo haqiqatda ular jismonan bir-biridan farqlanadi, deb fa- raz qiling. Shu tarzda siz ko‘p sonli bog‘la- nish (assotsiatsiyalar)ni yaratdingiz.
Siz hatto so‘z o‘yini shaklidagi va ah- moqona deb ataluvchi assotsiatsiyalar ham tuzishingiz mumkin. Madina xola qanday- dir mevani tishlamoqda (va siz o‘z tasavvu- ringizda uni shu mevani tishlayotgan qilib tasvirlaysiz). Bu hech qanday mazmunga ega emas. Ammo taʼsirli, hatto shuni aytish mumkinki, assotsiatsiya qancha g‘alati bo‘lsa, shunchalik taʼsirli bo‘ladi.
Nima uchun siz xaritadagi Italiya yuza- sining konfiguratsiyasi (ko‘rinishi)ni, ma- salan, Vengriyanikiga qaraganda yaxshiroq eslaysiz. Chunki siz Italiyaning xaritada- gi yuzasi ko‘rinishini etik shakli bilan bog‘laysiz (assotsiatsiyalaysiz). Shu bilan bir vaqtda esa Vengriyaning yuzasi haqida hech qanday bog‘lanish (assotsiatsiya) yuzaga kel- maydi.
Siz nima haqdadir eslashga urinayotga- ningizda u bilan bog‘langan (assotsiatsiyalan- gan) g‘oyalarni yoki sharoitlarni xayolan chaqi- ring, uyg‘oting.
Qaysidir sheʼrni eslash uchun undan ol- dingi sheʼrlarni yoki undan keyingi keladi- ganlarni eslang va ularni yana aytib, eslab ko‘ring. Fotoapparatingizni qayerga qo‘y- ganingizni eslashingiz uchun undan oxirgi marta qachon foydalanganingizni, qanday ishlatganingizni eslashga harakat qiling. Keyin o‘zingizning uyga qaytayotgan va foto- apparatni dahlizga qo‘yayotgan va sal keyin- roq «men uni olib qo‘yaman» deb aytayotgandek tasavvur qiling. Shu lahzada siz uni ilib qo‘ygan joyingizni eslash uchun katta imko- niyatga ega bo‘lasiz.
Kimningdir familiyasini eslash uchun siz bu odamni oxirgi marta ko‘rgan chog‘ingiz- dagi sharoitlarni tasavvur etishga urinib ko‘ring. U aytgan so‘zlarni, qilgan harakat- larini eslang. Uchrashuvingiz vaqtidagi sha- roit va holatlarni qaytadan his qilishga urinib ko‘ring.
Agar nimanidir eslashni xohlasangiz do- imo shunday yo‘l tuting, topishni istagan narsangiz joylashgan yerni bir zumda eslash- ga urinmang, ammo u bilan bog‘liq tafsilot- lar, detallar haqida o‘ylang, bog‘lanish (asso- siatsiya)ni uyg‘oting. Butun bir avlod (guruh) dan qaysidir shoirning familiyasini esla- gan bo‘lsangiz, sizning xotirangizdan sirg‘a- lib ketayotgan boshqa familiyani yodingizga
tushirish uchun harakatlaringizni zoye ket- kazmang. Nomlari esingizga tushgan shoir- larning familiyalarini ovoz chiqarib yoki shivirlab ayting, ularni takrorlang, boshqa yozuvchilarning nomlarini ham ovoz chiqa- rib ayting. Agar bir necha daqiqadan so‘ng siz o‘zingiz istagan shoirning familiyasini eslolmasangiz, urinishlaringizni 2 daqiqa- ga to‘xtating. Boshqa biror narsa haqida o‘y- lang, undan keyin esa assotsiatsiyalar vosi- tasida eslashga harakat qilib ko‘ring.
Keyinchalik biz mnemotexnikada assotsia- siyalar o‘ynagan bosh rolni ko‘ramiz.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə