X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə40/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

SHARtlI REFlEKS


Avvalo shuni bilish lozimki, bosh chanog‘ining ayrim jarohat- lari xotiraning maʼlum dara- jada buzilishiga olib keladi.
Masalan, baxtsiz hodisa tufayli odam eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. U
musiqiy ohangni yoki qo‘shiqni eslab qolol- maydi, shu bilan bir vaqtda esa uning ko‘rish va hid bilish sezgilari o‘zgarmay qolaveradi. Bir vaqtda miyaning bir qismi eshitish xotirasi uchun, boshqalari esa ko‘rish va ho- kazo xotiralari uchun javob beradi, degan taxmin tug‘ildi va bu ilmiy tasdig‘ini top- di. Keyinchalik miyaning zakovat, harakat- chanlik va hokazo uchun javob beruvchi qism-
larini aniq cheklashga muvaffaq bo‘lindi.
Shuni taʼkidlash lozimki, xotiralarning yuzaga kelishi tegishli hududda aloqalar o‘r- natilishi bilan izohlanadi.
Masalan, tasvirlar haqidagi xotiralar hu- dudidagi nitronlarning qaysidir tartibda birikishi funksiyasi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, hududlar orasidagi aloqalar hali yuzaga kelishi mumkin – bu shartli refleks fenomenini izohlaydi. Siz shartsiz refleks nimaligini bila- siz: ehtiyotsizlikdan issiq likopchaga tegib ketasiz. Shu zahoti qo‘lingiz sizning iro- dangizga bog‘liq bo‘lmagan holda bu kuydiruv-
chi jismdan chetga tortiladi.
Shunday qilib, reflekslar hissiy qo‘zg‘a- lishga qarshi harakat reaksiyalaridir. Ukolni tuyish, igna ukol qilingan qismi- ning harakatlanishini keltirib chiqaradi. Bu reflekslar miya hududlari va mushakla- rining asab tolalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langanliklari bilan izohlanadi.
Olimlar shunday tajriba o‘tkazdilar: it- ning jag‘ida ajratib chiqarilgan so‘laklar- ni o‘lchovchi fistula mustahkamlab qo‘yilgan-
di. Keyin u har kuni harakatlarning shun- day ketma-ketligini amalga oshirgandi: u hushtak chalar va bir necha soniyadan so‘ng it- ning oldiga bir parcha go‘sht solingan likop- ni qo‘yardi. Bu esa jonivorda so‘lak ajralib chiqishiga sabab bo‘lardi. Bunday tajriba
15 kun takrorlanganidan so‘ng it hushtak chalar, ammo uning oldiga go‘sht qo‘yilmasdi. Bunda xuddi ilgari bo‘lganidek, itdan so‘lak ajralganini qayd etishdi.
Bu voqeada hushtak ovozi «shartlashtiril- gan qo‘zg‘atuvchi» so‘lakning ajralishi esa
«shartli refleks» deb atalgandi. Olimlar tajribani davom ettiradi va shartli ref- lekslarni insonda ham paydo qilish juda oson ekanligini taʼkidlashdi.
Odamdagi shartli refleksga oddiy mi- sol: uning ko‘z oldida yorug‘ lampani yoqadilar va bir vaqtning o‘zida tovonini pat bilan qitiqladilar. Oyoq nariroqqa suriladi. Bu bir necha marta takrorlangan, lampochkaning yorug‘ nuri oyoqni qitiqlamasdan avval suri- lishini keltirib chiqaradi.
Shirin va mazali taomning hidi sezilganda so‘lak va oshqozon sharbatining ajralib chiqi- shi ham shartli refleks bilan izohlanadi.
Agar har kuni biror ovoz sizni stolda dasturxonni tuzab qo‘yilganidan ogohlanti- radigan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan bu tovush sizda o‘z-o‘zidan ochlik hissini uyg‘otadigan bo‘lib qoladi.
Endi shartli refleksni bizni qiziqtiruv- chi sohada qo‘llashga misolni keltiramiz: agar siz til o‘rganayotgan bo‘lsangiz, til bilan har
kuni bir vaqtda, bir joyda va bir xil holat- da (kresloga o‘tirib, stulga suyanib va hokazo) shug‘ullaning. Muntazam ravishda shunday qila borib, shartli refleksni shakllantirasiz: buning samarasi til bilan shug‘ullanishga eng qulay holat bo‘ladi. Sizning diqqatin- giz yaxshigina himoyalangan, eslab qolish bo‘- yicha harakatlaringiz kam, lekin eslab qolish esa ancha mustahkam bo‘ladi. Biz shartli ref- leksdan foydalanishga keyingi darslarda hali qaytamiz. Shunda siz miyaning turli sha- roitlarda samarali ishlashga bog‘langanligi- ning to‘liq mohiyatini tushunib olasiz.


Bir hafta avval nima bilan shug‘ullangan- ligingizni eslang. Agar bu mashqni chorshan- ba kuni bajarsangiz, siz o‘tgan chorshanba kuni nima qilganligingizni maksimal im- koniyat darajasida to‘liq tiklashga harakat qilishingiz kerak.


«Miya gigiyenasi»da sanab o‘tilgan qoidani eslang. Ularni yozing.

Hamid Olimjon qalamiga mansub sheʼr- ni eslang. Uni xotirangiz bo‘yicha tiklang.


Agar nimanidir yoddan chiqargan bo‘lsangiz, sheʼrni bir necha marta o‘qing va keyin uni yoddan takrorlang.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə