X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


Maʼlum vaqt o‘tgandan so‘ng nima qilish kerakligini qanday qilib unutmasa bo‘ladi?



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə43/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

Maʼlum vaqt o‘tgandan so‘ng nima qilish kerakligini qanday qilib unutmasa bo‘ladi?
Siz 8 kundan so‘ng ota-onangizni ko‘rib ke- lish uchun poyezdda jo‘nab ketishingizni reja- lashtirdingiz, deb faraz qilaylik. Siz ular- ga sovg‘alar sotib olishni unutib qo‘ymaslik- ni istaysiz. Bu haqda unutib qo‘ymaslik uchun qanday yo‘l tutish lozim? Siz uning albatta ro‘y berishiga ishonchingiz komil bo‘lgan qan- daydir harakat (ish, voqea) va unutib qo‘yi- shingiz mumkin bo‘lgan xarid o‘rtasida bog‘la- nish (assotsiatsiya) tuzishingiz kerak.
Bu misolda siz poyezdga albatta yetib ola- siz. Ushbu chiptani sotib olishni shokolad xarid qilish bilan qanday tarzda bog‘lash (assotsiatsiyalash) mumkin? Juda oson. Siz o‘zingizni chipta sotayotgan kassa darcha- si oldida turgan va kassirdan shokoladlar
«tog‘i»ni olayotgan deb tasavvur qilishingiz


kerak. Bu ko‘rinishni siz bir lahzada ko‘z ol- dingizga keltirishingiz mumkin. Sizga shokolad- lar «tog‘i»ni uzatayotgan kassir – detalni xayo- lan ko‘rish yaxshi. Kye- yin, bir hafta o‘tgach, siz vokzalga kelib, chip- ta kassasi darchasi ol- dida paydo bo‘lganingiz-
da shunga amin bo‘lingki, sizning xayoliy ko‘z oldingizda o‘sha ko‘rgan «rasmingiz» – katta miqdordagi shokolad namoyon bo‘ladi va sizni xarid haqida eslashga majbur qiladi.
Boshqa misol: safarga elektr gitarani oli- shingiz kerak. Jomadoningiz ustida sochin- gizni olishni xohlayotganingizni tasavvur qiling. Shunda safarga chiqish uchun jomado- ningizni to‘ldirayotgan chog‘ingizda bu holat ongingizda o‘z-o‘zidan namoyon bo‘ladi.
Boshlanishida zarur tasvirni xotirada 20–30 soniya mobaynida ushlab turishga ha- rakat qiling. Keyinchalik siz bu uchun endi ancha kam vaqt ketayotganini payqaysiz. Harakatlantiruvchi tasvirlarni tanlash nisbatan afzalroqdir.

Ertaga nima qilishingiz zarurligi haqi- da o‘ylang. Keyin bu ishlarni ertaga albat-


ta ro‘y beradigan qandaydir voqealar bilan o‘zingizning odatdagi harakatlaringizga bog‘lang. Yoki rejalashtirilgan ishlarni siz albatta qaraydigan narsalar (tish cho‘tkan- giz, botinkangizning ipi, xizmat xonangiz- ning eshigi va hokazolar) bilan bog‘lashga ha- rakat qiling. Shunday yo‘l bilan siz ertaga nimani va qanday izchillikda qilishingiz kerakligini o‘z-o‘zidan eslatuvchi bog‘lanish (assotsiatsiya)larni yaratib olasiz.


Bir varaq qog‘oz oling va o‘zingizga maʼ- lum bo‘lgan syujetlardan bir qator kalit so‘zlarni yozing. Masalan: Samarqand, Amir temur, fotografiya, sabzavotlar va hokazo. Keyin tanlangan mavzular bo‘yicha nimalar yodingizda borligini varaqlarga yozishga ha- rakat qiling. Masalan, Samarqand haqida o‘ylaganda qachondir siz u yerga sayohatga bor- ganligingizni eslaysiz.

Quyida keltirilgan so‘zlar ro‘yxatini bu so‘zlarning mantiqiy miqdorini eslab qolish maqsadida 2 daqiqa mobaynida o‘qing: telefon, kaktus, pirog, xatjild, pul, ilon baliq, yozuv stoli, uy, qalam, kurtka, tugma, to‘r, paypoq, otverka, qar-


moq (baliq ovlaydigan), mushuk, kitob, fara (chiroq), guruch.
Bu so‘zlarni mashqda berilgan tartibda yoddan yozib chiqishga urinib ko‘ring. Siz buni uddalay olmaysiz. Unda bu ro‘yxatdagi so‘zlardan imkon boricha ko‘prog‘ini eslab qo- lishga harakat qiling. Siz ko‘p so‘zlarni yod- dan yoza olmaganingizning shohidi bo‘lasiz. Buning sababi esa siz so‘zlarni eslab qolish uchun yaroqsiz usuldan foydalanganingizdir. Nomlar, predmetlar va hokazolar ro‘yxa- tini timsolli bog‘lanish assotsiatsiyalar usu-
li bilan eslab qolish mumkin.
Bu qiziqarli usul oldingi darsda o‘tilgan assotsiatsiyalarni amalda qo‘llashning ajo- yib namunasidir.
Siz so‘zlarni matnda berilgan izchillik- da qanday qilib esda saqlab qolishni ista- sangiz quyidagilarni qilishingiz kerak. Birinchi so‘zdan boshlab oxirgisigacha izchil bog‘lanish assotsiasiyalarni yarating.
Bu bog‘lanishlar g‘alati, kulgili yoki ah- moqona bo‘lishi kerak, shuning uchun biz misol tariqasida ataylab har xil turdagi so‘zlar ro‘yxatini berdik. Bajarilishi lo- zim bo‘lgan yagona qoida shuki, bog‘lanish as- sotsiatsiyalarni ko‘rish va eslab qolish mum- kin qilib tasavvur etish kerak. Ongingiz (xayolingiz)da tasvirlarni juda aniq qilib yarating, chunki aynan shular sizga so‘zlarni eslab qolishingizga yordam berishi kerak. Biz yaratishingiz mumkin bo‘lgan o‘nlab bosh- qa bog‘lanish (assotsiatsiyalar)dan birgina zanjirni sizga misol qilib keltiramiz.
trubkasi kaktus bo‘lgani uchun tikanlari sanchilgan telefon solingan shlyapani ko‘z oldingizga keltiring: qo‘ng‘iroq qilayotgan janobga kaktus trubkani ushlash yoqimsiz tuyulib turibdi, buning ustiga u og‘ziga pi- rog to‘ldirib olgan holda gapirmoqda: pirog- ning ichida xatjild bor, undan kutilmagan- da pullar to‘kiladi, bank biletlaridan biri buralib, o‘ziga xos, boshqacha bir ilonbaliqqa aylanadi va omon qolish uchun mo‘risi ulkan qalamdan qilingan uyga o‘xshash alohida shakldagi stolning tagiga yashirinib oladi. Qalam xuddi raketadek start oladi, uchadi va boyagi odamimizning kurtkasiga tushadi. Kurtka esa juda qiziqarli, chunki u to‘rlar- ga to‘liq o‘ralgan, o‘rtadagi tugmasida otver- ka osilib turibdi. U uchadi va mushuk undan ovqatlanayotgan, guruch solingan likopchaga tushadi. Mushuk boshiga kitobni qo‘yadi, qo- chib ketadi va avtomobil chirog‘ining tagi- ga yashirinadi, chiroq katta qarmoqqa kuchli yorug‘lik tarqatadi.
tasavvuringizga turli xildagi bog‘lanish (assotsiatsiyalar)ni keltirishga harakat qi- ling: masalan, yozuv stolidan qalam xuddi ra- ketadek uchib chiqmoqda va sizning kurtkan- gizga qo‘nmoqda, kitobni boshiga qo‘yayotgan mushukni va hokazolarni ko‘rayapsiz.
Endi siz 20 so‘zdan iborat bo‘lgan ro‘yxat- ni osongina qayta tiklashingiz mumkin. Va siz xotirangizga joylashtirgan narsalar mustahkam o‘rnashib qoladi. Ertasi kuni siz ro‘yxatni yana qaytadan tiklay olasiz, chunki
bog‘lanish (assotsiatsiyalar) zanjirini oson- gina tiklaysiz, siz bilan birga esa bu usul- ni qo‘llamasangiz, so‘zlarning 50 foizini unutib qo‘yasiz.
Bu usul tabiiy fanlar, fizika, geografiya- ni o‘rganishda keng qo‘llanilishi mumkin. Mi- sollardan birini keltiramiz. Siz Belgiya sanoatining asosiy tarmoqlarini eslab qo- lishingiz kerak. Siz yig‘ma jadval yoki oddiy qilib aytganda, eslab qolishingiz kerak bo‘l- gan so‘zlar ro‘yxatini tuzing, keyin ko‘rsatil- gan usul vositasida ularni bog‘lanish (assotsia- siya)lar zanjiri bilan bog‘lang.
Belgiya sanoatining tarmoqlari esa quyidagilardir: metallurgiya, rux, qo‘rg‘o- shin, billur ishlab chiqarish sanoati, to‘qi- machilik, metall konstruksiyalari, kimyo, oziq-ovqat sanoati, ohak va sement ishlab chiqarish, konchilik sanoati.
Vazifani bajarishni osonlashtirish uchun siz timsollardan bog‘laysiz: metallur- giya po‘lat to‘sin bilan ifodalanadi, vitrina so‘zi qo‘rg‘oshin va oyna ishlab chiqarishni, qahvaxonadagi peshtaxta – rux ishlab chiqa- rishni, kimyoviy idish kolba kimyo sanoati- ni bildiradi.
Sosiskalar bog‘lami oziq-ovqat sanoati- ni ifodalasa, to‘qimachilik ip o‘rami ramzi bilan, ohak va sement ishlab chiqarish quri- lish, teri mahsulotlari ishlab chiqarish bo- tinka, billur ishlab chiqarish chashka, mexa- nik konstruksiyalarni ishlab chiqarish metr bilan ifodalanadi.
Ro‘yxat ham shundan kelib chiqqan holda tuziladi: daraxt, to‘sin, vitraj, qahvaxona peshtaxtasi, kolba, sosiskalar, ip kalavasi, qurilish, botinka, chashka, metr.
Biz sizga bog‘lanish (assotsiatsiya)lar zan- jirini ko‘rish imkonini taqdim etamiz.
turli mamlakatlar o‘rtasida timsollarda chigalliklar kelib chiqmasligi uchun sanoat- ning bir xil tarmog‘ini bildiruvchi so‘zlar har bir mamlakat uchun boshqa-boshqa bo‘lishi, farqlanishi kerak. Masalan, ko‘nchilik sano- ati turli mamlakatlarda qo‘lqoplar, sumkacha, belbog‘ va hokazo bilan belgilanishi mumkin. Bundan tashqari, siz bog‘lanish (assotsiatsiya)- lar zanjirining birinchi so‘zini shu mamla- kat nomi bilan bog‘lashingiz kerak.
G‘alati yoki ahmoqona bog‘lanish (assotsia- siya)lar tuzib qo‘yishdan qo‘rqmang. Muhimi, buni yana bir marta takrorlaymiz, bu tas- virlarni xayolan yaxshi tasavvur qilishdir.
Harakatlanuvchi tasvirlarni oldingi misoldan qalam, otvyorka, kitob kabi hara- katsizlari bilan aralashtirishga harakat qiling. Bu zanjirni eslab qolishni yengil- lashtiradi. Sizga «assotsiatsiyalashtirilgan tasvirlar» usuliga tez-tez murojaat qilish- ga to‘g‘ri keladi, siz 2-3 daqiqa ichida, yaʼni oddiy miyaning eslab qolishni talab qilgan vaqti oralig‘iga qaraganda ancha kam vaqt mobaynida bog‘lanish (assotsiatsiya)lar zan- jirini yaratishga muvaffaq bo‘lasiz.
Darsda keltirilgan kalit so‘zlardan foy- dalanib Belgiya sanoatining asosiy tar- moqlari ro‘yxati bo‘yicha tasvirlar bog‘lani- shi (assotsiatsiyasi)ning zanjirini tuzing. Biz bugun boshqa mashqlarni keltirmayapmiz. Chunki sizning bu bog‘lanish (assotsiatsiyalar) ning hammasida chalkashib ketishingizni istamaymiz. Ammo biz bunga yana qaytamiz.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə