X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


AMnEzIya, AStEnIya VA siklOtOMIya



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə39/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

AMnEzIya, AStEnIya VA siklOtOMIya


Bu yerda so‘z miya va xotiraning turli xastaliklari haqida keta- yotgani yo‘q, chunki mazkur kurs
«kasalliklar»ni tuzatishga xiz- mat qilmaydi, balki sizning aq- liy qobiliyatlaringiz zaxirala- rini ishga solishga yordam beradi.
Amneziya – har bir odam o‘zini yaxshi his qilgan holda o‘z o‘tmishini eslolmaydigan, xotirasi susayganlar yoki umuman xotira maʼlum muddatga yo‘qolishi haqida eshitgan, albatta. Bunday odam o‘zi avval kim bo‘lgani, qayerda tug‘ilgani, qayerda yashagani va hoka- zolar haqida hech narsani bilmaydi. Bemor- ning baʼzida jismoniy yoki emotsional shok taʼsiri ostida o‘z xotiralarini to‘liq tiklash imkoniyati qolmaganligini isbot- laydi. Avval aytib o‘tganimizdek, bu buzil- gan xotiradir. Bunday odam nima sababdan- dir xotirasini vaqtincha yo‘qotgan bo‘ladi.
Xotiraning inkor qilib bo‘lmaydigan va hammamiz ham qachondir undan aziyat cheki- shimiz mumkin bo‘lgan boshqa xastalik ham
bor. bu asteniyadir. U aslida miyaning shun- chaki haddan tashqari horiganligi alomati. Mazkur charchoq ish qobiliyatining pasayi- shiga olib keladi. Yanada soddaroq qilib aytganda, kuchli berilgan zarba.
Asteniya, jumladan, imtihonlarga tayyor- garlik ko‘rayotgan abituriyentlarda aqliy toliqish tez-tez uchrab turadi. Asteniyada qattiq charchoq, yurak urishining tezlashi- shi, ko‘pincha hushdan ketishga olib keluvchi uyqusizlik kuzatiladi. Xastalik uncha avj olmaganida u nevralgiya, migren, ko‘ngil aynishiga sabab bo‘ladi. Asteniyada inson o‘zining odatdagi aqliy qobiliyatlarining to‘rtdan bir qismini ham ko‘rsatish imkoni- ga ega bo‘lmaydi. Mayda-chuyda natijalarga ham katta zo‘riqish bilan erishadi.
Gigiyena tamoyillariga amal qilgan holda eslab qolish usullarini qo‘llab, siz asteniya- ga chalinishdan o‘zingizni saqlab qolasiz. Chunki kam charchab, ko‘p narsani bilib olasiz va miyaning zaiflashishiga yo‘l qo‘ymay, fa- oliyatini yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berasiz.
siklotomiya miyaning haqiqiy xastali- gi bo‘lmasa-da, u haqida bir necha og‘iz aytib o‘tish lozim. Chunki juda ko‘p odamlar undan aziyat chekadi.
Siklotomiya o‘ta shodlik (eyforiya) va lanj- lik holatlarining almashishi bilan namoyon bo‘ladi. Yuksalish, kayfiyatning ko‘tarilish paytida bemor ancha yengil harakat qiladi, charchoq sezmaydi, diqqatini osongina jam- laydi, hamma narsani eslab qoladi, samara-
li ishlaydi – bularni bajarish unga umuman qiyin emas. Keyin pasayish bosqichi bosh- lanadi. Bu davrda bemorning harakatlari dahshatli tus oladi. U hech qanday ish bilan shug‘ullanmay qo‘yadi, aqliy mehnat og‘ir azobga aylanadi, diqqatni jamlash qiyinlashadi va xotirlash, esga olish azob bo‘lib qoladi.
Ayrim fikrlarga ko‘ra, ko‘tarilish va pa- sayish davrlari orasidagi farqni ajratsa bo‘ladi. Siklning davomiyligi turlicha bo‘- lib, ayrimlarda u 15 kunni, boshqalarda esa 6 oyni tashkil etishi mumkin.
Agar sizda siklotomik ekanligingiz haqidagi fikr paydo bo‘lsa, siklingizning davriyligini bilishingiz foydadan xoli bo‘lmaydi. Buning uchun faol va depressiya davrlaringizni yozib qo‘yishingiz yetarli. Balki o‘z-o‘zingizni tahlil qilish orqali siz pasayish davrlarini qisqartirib, siklin- gizni o‘zgartirishni o‘rganib olarsiz. Bu sizga muhim voqealar (xizmat lavozimingiz- ni o‘zgartirish, imtihonlar va h.k.) vaqti- da depressiya holatiga yo‘l qo‘ymasligingiz- ga yordam beradi. Buning uchun tanangizning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini oshi- rish uchun jismoniy mashqlar va sport bi- lan shug‘ullanishingiz kerak.

Sheʼr (doston)lardan birini tanlang, uning maʼnosi ongingizda aniq aks etishi kerak bo‘lgan har bir muhim so‘zda o‘zingiz-


ni to‘xtatib, sekin va diqqat bilan o‘qing. Eʼtiboringizni dostonga taalluqli bo‘lma- gan muammolarga chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymang.
Siz o‘zingizda kuchli va ishonchli xotirani shakllantirish bilan bandsiz. tez orada siz agar undan to‘g‘ri foydalanilsa, xotirangiz- dan ko‘p narsani ololishingizga amin bo‘lasiz. Biz sizga xotiradan oqilona foydalanishni, yaʼni eslab qolish usullarini o‘rgatamiz.
Yaxshi mashq qildirilgan xotiraga ega bo‘lganda siz ko‘proq hajmdagi bilimlar- ni osonroq egallay olasiz. Bu siz bir umr foydalana olishingiz mumkin bo‘lgan qiyo- si yo‘q imkoniyat bo‘ladi. Sizdan esa buning uchun faqat bir necha haftalik harakat va xohish kerak bo‘ladi, xolos. «Menga taklif qilinayotgan mashqlar men uchun foydasiz ekanligini tushundim» tarzida ifodalash mumkin bo‘lgan fikrga bo‘sh kelmang.
Hatto ular sizga ortiqchadyek ko‘ringan bo‘lsa ham taklif qilinayotgan mashqlarni bajarish mutlaqo muhimdir. Bunday hollar- da muvaffaqiyat, albatta, taʼminlanadi.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə