X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


xOtIRAngIznI VAyROn qIlMAng



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə35/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

xOtIRAngIznI VAyROn qIlMAng


Xotiraning yaxshi ishlashiga yordam beruvchi psixomatik aʼzo- lar yaxshi holatda bo‘lganida va bunday holat moʻtadil saqlan- ganida xotirani mustahkamlash mashqlari natija beradi.
tamaki chekishdan saqlaning. U xotira- ni buzadi. to‘g‘ri, xotirasini mashq qildi- ruvchi kashanda bu borada xotirasini mashq qildirmaydigan, chekmaydigan odamga qara- ganda ko‘proq imkoniyat (qobiliyat)larga ega. Ammo hamma odamlarni bir xil sharoitlar- da, deb oladigan bo‘lsak, shuni tan olish ke- rakki, tamaki xotirani yomonlashtiradi. Maxsus so‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, agar oliygohni bitirganlarni o‘qish natija- lari, bilim saviyalari bo‘yicha pasayib boruv- chi qatorga saflaydigan bo‘lsak, garchi tama- kining diqqatni jamlash va eʼtiborni ko‘ta- rishga tez o‘tuvchi samarasi maʼlum bo‘lsa-da, unda har bir keyingi 20 talikda chekuvchilar,
oldingisiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
Bundan kelib chiqadigan uchinchi qoida:

chekmaslik!


Agar xotirangizning butun fazilatlari, shu jumladan, moslashuvchanligini saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, spirtli ichimliklar ichishdan saqlaning. Bunday ichimliklar- ni isteʼmol qilish xotiraning sustlashi- shiga olib kelishi hozirgi kunda isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Yana shuni ham taʼkidlab o‘tish kerakki, hatto eng yengil, tasodifiy tarzda spirt- li ichimlik isteʼmol qilinsa, xotiraning qayd qilish darajasi shunchalik sustlashib boraveradi. Mast holatda ro‘y bergan voqea- larni xotirada tiklash juda qiyin ekanli- gini hamma biladi.
Sharob bilan «sug‘orilgan» oddiy- gina tushlik eslab qolish qobiliya­ tini bir necha soatga pasaytirib yuboradi.
Agar sizga nimanidir o‘rganish, mashg‘ulot- larda yoki konferensiyada qatnashish zarur bo‘lsa, har qanday spirtli ichimlik, hatto sha- rob yoki pivo ichishdan ham tiyilmoq zarurdir.
Ayrim dori­darmonlarni isteʼ- mol qilish ham xotiraning maʼlum vaqtga yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar shifokor ko‘rsatmasiga binoan do- rilarni ichishingiz kerak bo‘lsa, ularning kimyoviy tarkibi haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqing.
Xulosa qilamiz: miya gigiyenasining beshta qoidasini unutmang:

  1. Qonga ko‘proq kislorod bering

  2. To‘yib uxlang

  3. Chekmang

  4. Spirtli ichimliklardan saqlaning

  5. Ayrim dorilardan ehtiyot bo‘ling.

20 so‘zdan iborat ro‘yxatni taxminan qu- yidagicha tuzing:


Kostryulka, stul, baraban, tikonli qa- yiq, sovun, banan, gilam, harf, avtomobil, daryo, tiqin, qurol, sandal, to‘g‘nog‘ich, sumka, pat, rasm, guldon, arqon, medal.
Bu ro‘yxatni o‘qing va uni bir yarim daqiqa davomida o‘rganing. So‘zlarni tartib bilan aytishga urinib ko‘ring. Xato qilgan holat- larda, aniq eslab qolgan so‘zlaringizning hammasini qaytadan aytib chiqing.
Agar siz 18 tadan 20 tagacha so‘zni eslab qolgan bo‘lsangiz – natija aʼlo darajada. 15 tadan 17 tagacha so‘z yodingizda qolgan bo‘l- sa, bu ham yaxshi. Bu raqam 10 tadan 14 taga- chani tashkil qilsa – baho o‘rtacha, bu sizning o‘z xotirangizdan foydalana bilmasligin- gizning dalolatidir.
Katakchaga erishgan natijalaringizni kiriting.
Bu bilan keyin erishadigan natijalarga solishtirish imkoniga ega bo‘lasiz.


Endi sintezga bag‘ishlangan juda oddiy mashq. Uning mohiyati siz o‘tkazgan kunni to‘- liq tasavvur qilish uchun kechagi kuningizda daqiqama-daqiqa nima ishlar bilan band bo‘l- ganingizning bayonidan iboratdir. Agar xoti- rangizda «bo‘shliq» paydo bo‘lsa, boshqa narsa bilan shug‘ullaning, chorak yoki yarim soat o‘t- gach, yana bir marta eslashga urinib ko‘ring.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə