X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


CHEMpIOnlAR qO‘llAgAn USUl



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə59/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

CHEMpIOnlAR qO‘llAgAn USUl


  1. O‘zingizga: «buni eslab qol!» deng

Masalan, agar sizga notanish odamni ta- nishtirgan bo‘lsalar, ichingizda uning ismi- ni ayting va miyangizga uni eslab qolishni buyuring. Shu tarzda siz bu axborotni ongsiz ravishda ancha muhim maqomga o‘tkazasiz.
  1. Motivatsiyani toping


Ismini eslab qolishingiz kerak bo‘lgan odamning kelajakda sizga qaysi ishda foy- dasi tegib qolishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring. Motivatsiyani izlash miyaning ishini rag‘batlantiradi va ismni eslab qo- lish ham oson kechadi.
  1. Assotsiatsiyalang


Buning mohiyati shundaki, eslab qolini- shi kerak bo‘lgan axborot birliklari yaxshi tanish bo‘lgan xonada, qatʼiy belgilangan tartibda xayolan joylashtiriladi. Keyincha- lik zarur axborotni qayta tiklash uchun bu xonani eslashning o‘zi yetarli bo‘ladi.
  1. Chet tillarini o‘rganing


Bu yo‘l nafaqat xotirani rivojlantira- di, balki assotsiativ fikrlashni kuchayti- radi. Xorijiy so‘zlarnigina emas, ilgari doimiy eslatishni talab qiladigan fakt va voqealarni eslab qolish yengillashadi.
  1. telefon raqamlarini eslab qoling


Boshlanishiga o‘zingiz ko‘p aloqa qiladigan odamlarning telefon raqamlari yodlab oling. So‘ngra unchalik muhim bo‘lmagan odamlarning telefon raqamlarini eslab qolishga kiri- shing. Raqamga qarang va ko‘zlaringizni chet- ga oling. Raqamlarni ichingizda takrorlang. Raqam xotirangizda uzil-kesil qolgunicha bu ishni takrorlang. Keyinchalik kerak bo‘lmagan telefon raqamlari zarur bo‘lmaganidan yod- dan ko‘tarilib ketadi va bu normal holatdir. Muhimi – xotirada axborotni juda bo‘lmagan- da bir hafta ushlab turish.
  1. «Kubiklar» o‘yiniga asoslangan usul


Bu usul xotirani va eʼtiborni rivojlan- tiradi. Uning yordamida o‘quvchilarni, shax- matchilarni va maxsus xizmat xodimlari- ni mashq qildiradilar. Mohiyati: o‘lchami va rangi bir xil toshlardan 10 tasi sotib olinadi (o‘yin toshlari nazarda tutilyapti). Boshlanishi uchun 3 tasi olinadi. Qo‘lda (yoki qo‘ldan boshqa joyda) silkitiladi. Stol ustidaga qo‘yiladi. Qo‘l soniyaning bir bo‘lagi davomida ko‘tariladi va u toshlar- ni siz uchala toshni ko‘radigan qilib yopadi. Keyin qaysi raqamlar chiqqani holda ku- biklarning taxminiy joylashuvi aytiladi. Asta-sekin toshlar soni ortib, uni 10 taga
yetkazishga harakat qilinadi. O‘ynash oson- lashganidan keyin toshlarning bir qismi o‘lchami va rangi boshqalariga almashtirila- di. Vaqt o‘tishi bilan narsalarni almashti- rish kerak. Masalan, bu ishni guruh bilan qilishga urinib ko‘rish lozim. Mashqni har kuni 15 daqiqadan takrorlash lozim.

  1. Yüklə 6,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə