Xalqaro birliklar tizimi – si


-jadval. SI Xalqaro Birliklar Tizimi bilan birgalikda qo‘llashga ruxsat etilgan, SI tarkibiga kirmaydigan birliklar



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə31/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

6-jadval. SI Xalqaro Birliklar Tizimi bilan birgalikda qo‘llashga ruxsat etilgan, SI tarkibiga kirmaydigan birliklar.

Kattalik

Birlik nomi

Birlik belgisi

SI dagi qiymati

Vaqt

daqiqa

Daq

1 daq=60 soniya

soat(a)

Soat

1 soat = 60 daqiqa = 3600 soniya

kun

K

1 kun = 24 soat = 86 400 soniya

Yassi burchak

gradus(b,c)

º

1 º = (π /180)rad

minut

´

1´ = (1/60)º = (π /10800) rad

sekund(d)

´´

1´´ = (1/60)´ = (π / 648 000) rad

Maydon

gektar(e)

ga

1 ga = 1 gm2 = 104 m2

Hajm

litr(f)

L,l

1 L = 1 l = 1 dm3 = 103 sm 3 = 10‒3 m3

Massa

tonna(g)

t

1 t = 103 kg

(a) Mazkur birlikning belgisi 9-O‘TXKning 7-Rezolyutsiyasida tasdiqlangan (1948, CR, 70)

(b) ISO 31, minut va sekunddan ko‘ra, o‘nli kasrlardan foydalanishni tavsiya etadi. Lekin, navigatsiyada munitdan foydalanishning o‘z afzalliklari bor, xususan, Yer sirtining bir minut kengligi va taxminan 1 dengiz mili masofasi o‘zaro tengdir.

(c) Gon (yoki, gonning muqobili bo‘lgan - grad) yassi burchakning gradusda ifodalangan muqobul nomi bo‘lib, (π/200)rad ga teng. Ya’ni, to‘g‘ri burchak 100 gon ga teng bo‘ladi. gonning eng asosiy amaliy ahamiyati shundaki, Yerning qutblaridan ekvatorgacha bo‘lgan masofa, taxminan 10 000 km ni tashkil qiladi, Yer sirtida har 1 km, Yer markaziga nisbatan 1 sentigon burchak ostida yoy hosil qiladi. Lekin, gon birligidan amalda kamdan kam foydalaniladi.

(d) Astronomiyada, kichik burchaklarga nisbatan, ´´ yoki milliarksekund tarzida belgilanadigan arksekund (ya’ni, yassi burchak sekundi), mikroarksekund, (mkas); pikoarksekund, (pas) lar ham keng qo‘llanadi. Bunda arksekund, yassi burchak sekundining muqobilidir.

(e) Gektar birligi va ga belgisi, O‘TXQ tomonidan 1879 yilda qabul qilingan (PV, 1879, 41). Gektar asosan yer maydoni o‘lchovlari uchun qo‘llanadi.

(f) Litr uchun kichik harfli l belgisi O‘TXQ tomonidan 1879 yilda tasdiqlangan edi (PV 1879, 41). Uning uchun muqobil belgi, katta L harfi, 16-O‘TXQ tomonidan (1979, Rezolyutsiya 6, CR 101 va Metrologia, 1980, 16, 56-57), shaklan o‘xshash bo‘lgan, kichik l (el) harfi va 1 (bir) raqamlarini matnlarda chalkashtirib yuborilishini oldini olish maqsadida qabul qilingan.

(g) Tonna va uning belgisi t, O‘TXQ tomonidan 1879 yilda tasdiqlangan (PV 1879, 41). Ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarda, ushbu birlik «metr tonnasi» deb yuritiladi1.
1 Ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarning aksariyatida, xususan, Britaniya va AQSHda bir biridan farq qiluvchi «qisqa» va «uzun» tonnalar ham mavjud. Ularning SI ga nisbatan qiymati, turli davlatlarda ham turlichadir. Bu haqida, ilovada batafsil o‘qiysiz.
www.Orbita.Uz kutubxonasi


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə