Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə34/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI

8- va 9-jadvallarda, SI tarkibiga kirmaydigan birliklarning, turli xil maqsadlarda
maxsus tor doiralar tomonidan tomonidan qo‘llanadigan turlari keltirilgan. Yuqorida ko‘p marta sanab o‘tilgan afzalliklarga ko‘ra, amaliyotda SI tizimi birliklaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lsa ham, biroq, ushbu jadvalda keltirilgan boshqa birliklardan foydalanuvchilar, o‘z muddaolari yo‘lida yengillik va qulayliklar taqdim etishi tufayli, mazkur o‘zga tizim birliklaridan foydalanishni ma’qul ko‘radilar. SI tizimi, fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari uchun xalqaro tan olingan yetakchi tizim bo‘lganligi sababidan, quyidagi 8- va 9-jadvallarda keltirilgan birliklardan foydalanuvchilar, mazkur birliklar orqali ifodalangan qiymat va natijalarni, albatta SI birliklaridagi nisbatlari bilan ham keltirib o‘tishlari zarurdir.
8-jadval, neper, bel, detsibel singari logarifmik birliklarni ham o‘z ichiga oladi. Ular, o‘lchamsiz kattaliklar bo‘lib, o‘z xossalariga ko‘ra, boshqa turdagi o‘lchamsiz kattaliklardan farq qiladi. Ba’zi olimlar, ularni hatto birlik sifatida e’tirof etishni ham yoqlamaydilar. Bunday birliklar, tegishli fizik kattalikning logarifmik nisbatlari haqida axborot berish maqsadida ishlatiladi. Neper, np; - fizik kattaliklarning, natural logarifmlarga ln=loge asoslangan son qiymatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bel va detsibell, B va dB; 1-detsibel=(1/10) B; - fizik kattaliklarning, o‘nli logarifmlarga lg=log10 asoslangan son qiymatlarini ifodalash uchun qo‘llanadi. Ushbu birliklarning keltirib chiqarish yo‘llari, quyiroqda, (g) va (h) izohlar orqali bayon qilingan. Mazkur birliklarning son qiymatlari juda kamdan-kam hollarda zarur bo‘ladi. Neper, bel va detsibel birliklari, O‘TXQ tomonidan SI birliklari bilan birga ishlatish uchun qabul qilingan bo‘lib, biroq, ular SI birliklari sifatida tasdiqlanmagan.
8-jadvaldagi birliklardan faqat ikkitasi, aynan esa, bar va bell uchun (bel uchun detsibel tariqasida) SI ning old qo‘shimchalari tadbiq etiladi. Jadvalda detsibel yaqqol ajratib ko‘rsatilgan, chunki, bel birligining o‘zi juda kam hollarda ishlatiladi.

40

w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə