Xalqaro birliklar tizimi – si


-jadval. SI tarkibiga kirmaydigan boshqa birliklar



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə35/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

8-jadval. SI tarkibiga kirmaydigan boshqa birliklar.

Kattalik

Birlik nomi

Birlik belgisi

SI dagi qiymati(a)

Bosim

bar(a)

bar

1 bar = 0.1 MPa = 100 kPa = 105 Pa

mm Hg* ustuni(b)

mm Hg

1 mmHg ≈ 133.322 Pa

Uzunlik

angsterm(c)

Å

1 Å = 0.1 nm = 100 pm = 10−10 m

Masofa

dengiz mili(d)

M

M = 1852 m

Maydon, yuza

barn(e)

b

1 b = 100 fm2 = (10−12 cm)2 = 10−28 m2

Tezlik

uzel(f)

uz (kn)

1 uz = (1852/3600) m/s

neper(g) bel(h.i)
detsibel(h,i)

Np

Logarfmik nisbatni
ifodalovchi kattaliklar.

B

[neper, bel va detsibellarning son
qiymatlari haqida, (j) izohiga qarang]

dB

(a) Bar va uning belgisi, 9-O‘TXK ning 7-Rezolyutsiyasiga kiritilgan (1948; CR 70). 1982 yildan buyon, bar, termodinamik ma’lumotlarni jadval tarzida ifodalashda, standart bosimni ko‘rsatish uchun qo‘llanib kelinmoqda. 1982 yilgacha, standart bosim sifatida, qiymati: 1.01325 bar yoki, 101325 Pa bo‘lgan standart atmosfera bosimi ishlatilgan.

(b) Millimetr simob ustuni birligi, ayrim davlatlarda, inson qon bosimini o‘lchash uchun qo‘llanadigan qonuniy o‘lchov birligi hisoblanadi.

(c) Angstrem – rentgenografik kristallografiyada hamda, struktura kimyosi sohalarida keng qo‘lanadi, chunki barcha kimyoviy bog‘lanishlar 1-3 angstrem masofalarda bo‘ladi. shunga qaramay, bu borada, O‘TXQ da ham, O‘TXK da ham hech qanday rasmiy tasdiqlar qabul qilingan emas.
* Simob ustuni. Hg – simobning kimyoviy formulasi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Xalqaro birliklar tizimi – SI
41
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .

(d) Dengiz mili – dengiz va havo navigatsiyasida masofani ifodalash uchun maxsus
qo‘llaniladigan masofa birligi. Dengiz mili uchun xalqaro kelishilgan qiymatni, 1929 yilda Monakoda o‘tkazilgan Birinchi Ekstraordinar Xalqaro Gidrografiya Konferensiyasida, «xalqaro dengiz mili» nomi ostida tasdiqlangan. Hozircha hech qanday xalqaro miqyosdagi kelishuvlar yo‘qligi sababli, dengiz mili uchun M, NM, va Nm belgilarining barchasi uchrab turibdi. Jadvalda ulardan faqat M belgisi keltirildi. Ushbu birlikning avvaldan tanlangani va hozirgacha foydalanishda davom etib kelinayotganligining sababi shundaki, Yer sirtidagi 1 dengiz mili masofasi, Yer markaziga nisbatan 1 minut burchak ostida yoy chizadi va u orqali, geografik kenglik hamda geografik uzunlik o‘lchamlarini, burchak minuti bilan ifodalash qulayroqdir.

(e) Barn – yadro fizikasida, ko‘ndalang kesim yuzasini ifodalash uchu qo‘llanadigan birlik.

(f) Uzel – soatiga bir dengiz mili tarzidagi tezlik sifatida qabul qilingan. Bu borada hech qanday xalqaro kelishuvlar mavjud emas. Biroq uz (kn)* belgisi ko‘p qo‘llanadi.

(g) LA=n Np ifoda, (bu yerda n – biror son), ln(A2/A1)=n dan keltirib chiqariladi. LA=1 bo‘lganida, A2/A1=e bo‘ladi. bunda A belgisi, sinusoida signalning amplitudasini ifodalash uchun, LA esa neper logarifmik amplituda nisbatini, yoki, neper siganl darajasi amplitudalar farqini ifodalash uchun qo‘llanilgan.

(h) LX=m dB = (m/10) B ifoda, (bu yerda m – biror son), lg(X/X0)=m/10 dan keltirib chiqariladi. LX=1 B bo‘lganda, X/X0=10; hamda, LX=1 dB bo‘lganda, X/X0=101/10 bo‘ladi; agar X - o‘rta kvadratik signalni yoki, daraja ko‘rsatkichli signal qiymatini ifodalasa, LX qiymat, X0 ga nisbatan quvvat qiymati deb ataladi.

(i) Mazkur birliklardan foydalanganda, fizik kattalikninig tabiatiga va har qanday ma’lumot- axborotning qiymatiga alohida e’tibor bilan yondoshish lozim. Ushbu birliklar SI tarkibiga kirmaydi, biroq O‘TXQ ularning SI bilan birgalikda qo‘llash uchun ruxsat bergan.

(j) Neper, bel va detsibellarning son qiymatlariga (o‘z navbatida, bel va detsibelning neperga nisbatlari) juda kamdan-kam hollarda murojaat qilinadi. Ular logarifmik kattalikning qaysi yo‘l bilan aniqlanganligiga bog‘liqdir.

9-jadaval, 8-jadvaldan faqat shunisi bilan farqlanadiki, unda, nisbatan eskirgan SGS (soniya-gramm-santimetr) sistemasi birliklari, hamda, SGS- elektr birliklari birgalikda keltirilgan. Mexanika sohasida, SGS tizimi uch asosiy kattalik – soniya, gramm va santimetrlarga tayanar edi. SGS ning elektrga ttaluqli birliklari ham, aynan ushbu uch birliklardan, tegishli tenglamalarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilingan bo‘lib, u, SI dagi hosil qilish uslubidan farq qilgan. Hosilaviy birliklarni keltirib chiqarishda, o‘zaro muvofiqlashtirilmagan turli usullaridan foydalanilgani oqibatda, SGS-ES (elektrostatika), SGS-EM (elektromagnetizm) va SGS-Gauss tizimlarining yuzaga kelishiga olib keldi. Doimo shu narsa tan olinib kelinmoqdaki, fizikaning muayyan sohalarida, xususan, mumtoz relyatvistik elektrodinamikada, SGS-Gauss tizimining o‘ziga xos afzalliklari mavjuddir (9-O‘TXK, 1948, Rezolyutsiya 6). 9-jadvalda, mazkur SGS tizimi birliklari va SI birliklari o‘rtasidagi munosabatlarni, hamda, maxsus nomga ega SGS birliklarini o‘z ichiga oladi. 8-jadvalda bo‘lgani singari, ushbu birliklarning ayrimlari uchun ham SI ning old qo‘shimchalrini tadbiq etish mumkin (masalan, millidina, mdin; milligauss, mG; va boshqalar).
* Uzelning xalqaro nomi knot bo‘lib, xalqaro miqyosadagi belgisi kn shaklida ifodalanadi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə