Xalqaro birliklar tizimi – si


Fizik kattalikning qiymatini ifodalashda, noaniqlik ko‘rsatkichining yozilishi (taqribiy qiymatlar)



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə43/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

5.3.5 Fizik kattalikning qiymatini ifodalashda, noaniqlik ko‘rsatkichining yozilishi (taqribiy qiymatlar).
Fizik kattalikning taxminiy qiymati bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik ko‘rsatkichlarini, O‘lchashlarda Noaniqlikning Ifodalash Ma’lumotnomasi2 [ISO, 1995] ga kora ifodalash zarur. x kattalik bilan bog‘liq noaniqlik standarti (ya’ni, standart og‘ish kattaligi, zahira koefitsienti k=1), u(x) tarzida ifodalanadi. Noaniqlikni tushintirishning qulay usuli quyidagi misolda keltirilgan:
mn = 1.67492728 (29) × 10–27 kg.
Bunda mn fizik kattalikning (ayni misolda, neytron massasining) belgisi; son ifodasi so‘ngi qismidagi qavs ichida yozilgan raqam esa, mn ning taxminiy qiymati bilan o‘zaro kombinatsiayalangan, standart noaniqlik qiymatidir. Mazkur holat uchun standart noaniqlik qiymati: u(mn) = 0.00000029 × 10−27 kg ga teng. 1 (bir) dan farqli bo‘lgan har qanday qiymatdagi noaniqlik ko‘rsatkichi, albatta yozib ko‘rsatilishi shart.
1 Ya'ni, bir ustun ichidagi barcha sonlar, bir xil shrift va o‘lchamda yozilishi maqsadga muvofiqdir.
2 Guide to the Expression of Uncertainty in Measurement.
To‘g‘ri:
L=10.234 m;
noto‘g‘ri:
L=10 m 23.4 sm.
To‘g‘ri:
‒0.234;
noto‘g‘ri:
– .234;
To‘g‘ri:
43 279.168 29
noto‘g‘ri:
43, 279.168,29
To‘g‘ri:
3279.16 83
noto‘g‘ri:
3 279.168 3
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
48
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
5.3.6 Fizik kattalikning belgilarini, qiymatlarini va son
amallarini
ifodalarini bo‘lish va ko‘paytirish.
Fizik kattalikning belgilari bilan ko‘paytirish yoki bo‘lish bajarishda, quyidagi usullardan istalganini qo‘llash mumkin:
𝑎𝑏; 𝑎 𝑏; 𝑎 ∙ 𝑏; 𝑎 × 𝑏;
𝑎
𝑏
; 𝑎⁄𝑏 ;
𝑎 𝑏−1
Fizik kattaliklaring son qiymatlari ko‘paytirilayotganda, ko‘paytirish belgisi sifatida, satr yarmi balandligidagi nuqta (∙) ishlatilmaydi, ko‘paytirishda, faqat
× belgisidan, hamda/yoki, qavslardan foydalanish zarur. Agar faqat sonlar ishtirokida ko‘paytirish bajarilayotgan bo‘lsa, faqat × belgisidan foydalaniladi.
Bo‘lish amalini kasrlr orqali ifodalashda, kasrlardagi ikkiyoqlama ma’no hosil bo‘lishini oldini olish va ammalar borasida ixtilof yuzaga kelmasligi uchun, qavslarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə