Xalqaro birliklar tizimi – si


O‘lchamsiz kattaliklar va o‘lchamligi birga teng bo‘lgan kattaliklarni ifodalash



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə44/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

5.3.7 O‘lchamsiz kattaliklar va o‘lchamligi birga teng bo‘lgan kattaliklarni ifodalash.
2.2.3 bo‘limda muhokama qilingnidek, o‘lchamsiz kattaliklar va bir o‘lchamli kattaliklar uchun, o‘lchov birligining belgisi sifatida bir (1) raqami qo‘llanadi. Bunday fizik kattaliklarning qiymatlari, faqat sonlar bilan ifodalanadi. Ya’ni, «bir» birlik va uning muqobili sifatida 1 raqamini, matnlarda yozmasdan ketiladi; bunday birlikka ega fizik kattaliklar uchun birlikning maxsus nomi ham belgisi ham biriktirilgan emas, faqat quyidagi ayrim hollar uchun istisno mavjud: yassi burchak o‘lchov birligi uchun maxsus nom radian va uning belgisi rad biriktirilgan; huddi shuningdek, fazoviy burchak o‘lchov birligi uchun, maxsus nom steradian va belgisi sr biriktirilgan. Shuningdek, ayrim logarifmik nisbatlarni ifodalovchi kattaliklar uchun ham maxsus nom va belgilar biriktirilgan: bel uchun B; detsibel uchun dB; hamda, neper uchun Np (4.1 bolim, 8-jadvalg qarang).
1 (bir) birlik bilan yoki, «bir» so‘zi ifodalanadigan kattaliklarni qiymatlarini yozishda, SI ning old qo‘shichalarini qo‘llashga ruxsat etilmaydi, biroq, o‘ta kichik va o‘ta katta qiymatlarni ifodalashda, ularning 10 ning darajalariga ko‘paytmalari shaklida yoziladi.
Xalqaro umume’tirof etilgan foiz belgisi «%», matematik ifodalarda 0.01 raqamining ramzi sifatida, erkin qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, u, o‘lchamsiz kattaliklaring qiymatlarini ifodalashda ham ishlatilishi o‘rinlidir. Ushbu belgi ishlatilganda, son ifodasi (raqam) va % belgisi orasida, bitta harf sig‘adigan bo‘sh joy qoldirib yoziladi. O‘lchamsiz kattaliklarning qiymatlarini ifodalashda,
«foiz» so‘zidan ko‘ra, «%» belgisini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Matnlarda uchraydigan % belgisining asosiy mohiyati, «yuzdan bir qismi» ma’nosini beradi.
«Massa ulushidan foiz hisobida», «hajm ulushidan foiz hisobida»,
«modda miqdoridan foiz hisobida» kabi iboralarni qo‘llash mumkin emas; fizik kattalik haqidagi har qanday qo‘shimcha axborot, kattalik belgisi yoki nomiga biriktirilishi lozim.
Misollar: F=ma,
Kuch, massa va tezlanishning ko‘paytmasiga teng.
(53 m/s) × 10.2 s
yoki,
(53 m/s)(10.2 s)

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə