Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə52/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
56
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
1/40000000 qismiga teng o‘lchov asbobini o‘z qo‘li bilan tutish, olimlar uchun qandaydir ramziy ma’no kasb etuvchi muhim yutuq sifatida qaralgandir.
Akademik hisobotning o‘lchovlar va birliklar haqidagi ilovasi Milliy Ta’sis Majlisi tomonidan 1791 yilning 26 mart kuni tasdiqlandi. Taleyran majlisda qilgan chiqishida, o‘lchash amaliyotlariga mutaxassislarni jalb etish uchun, zudlik bilan Angliya Qirollik Jamiyatiga murojaat qilishni taklif etdi. Biroq uning bu fikrini hech kim ma’qullamadi va inqilobiy Farangistonning yakka o‘zi metrning tabiiy qiymatini keltirib chiqarishga, ya’ni, Yer meridianining uzunligini aniqlashga kirishdi.
Geodeziya mutaxassislari avval boshdanoq, Yer meridianining, Parij orqali o‘tuvchi va shumolda Dyunkerk, janubda esa Barselona shaharlarini tutashtiruvchi, kenglik bo‘yicha 9º 40’ lik qismining uzunligini o‘lchashni taklif qilishgan edi. Qator sabablarga ko‘ra, aynan ushbu kesma eng maqbul tanlov bo‘lib chiqqan: avvalo, mazkur shaharlaring joylashgan kengligini, yulduzlarga qarab katta aniqlikda bilib olsa bo‘ladi; qolaversa, Dyunkerk ham Barselona ham deyarli dengiz sathida joylashgan shaharlar bo‘lib, bu esa o‘lchash natijalariga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritish ishlarini istisno qiluvchi ijobiy faktor edi. Faqat bu ikki shahar o‘rtasidagi
masofani katta aniqlik bilan o‘lcab chiqish qolgan edi xolos. U tahminan ming kilometr masofani tashkil etardi va bunday ulkan miqyosdagi o‘lchash ishlarini, qandaydir chizg‘ich yoki, qadam o‘lchagich kabi asboblar bilan bajarib bo‘lamydi albatta.
Bunday masofalarni geodeziya mutaxassislari triangulyatsiya usuli bilan o‘lchashadi. Triangulyatsiya uslubining mohiyati shundaki, bunda avvalo o‘lchash ishlarining boshlanish joyida, faqat ikkita nuqta orasidagi 5-7 km masofadagi kesmani bevosita aylanib turuvchi gardishli tasmasimon masofa o‘lchash asbobi (ruletka) orqali imkon qadar katta aniqlikda o‘lchab, qayd qilib olinadi. Bu o‘lchov natijasi asosiy o‘lcham hisoblanadi va u butun o‘lchanadigan masofa uchun tayanch o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Asos o‘lchovi belgilab
olingach, masofaning har ikki tomonida o‘rnatilgan teodolitlar (katta aniqlikka ega gradus shkalasiga ega bo‘lgan kichikroq teleskop) yordamida, asosiy o‘lcham chizig‘idan, masofaning
ikkinchi uchi yo‘nalishida 5-7 km uzoqlikda joylashgan biror balandlik nuqta tanlanadi. Bunday nuqta sifatida, istalgan balandlikning tepasi – minora ustimi, tabiiy qir, adir yoki tog‘ tepasimi, hullas, peyzajdan yaqqol ajralib chiqqan va ustiga chiqsa bo‘ladigan biror joy
tanlanadi. Keyin esa, mazkur uchinchi nuqtaning ustidan turib, teodolit yordamida avvalgi ikki asosiy nuqta yo‘nalishida burchal o‘lchanadi. Dastlabki ikki nuqta orasidagi masofa va uchinchi nuqtadan ushbu masofa yo‘nalishidagi uchburchakning burchagini bilgan holda, maktab geometriya kursida bo‘lgani kabi, uchburchaklarni yechish usuli bilan, uchburchakning qolgan ikkala tomonini ham aniq hisoblab chiqish mumkin bo‘ladi. Shunday tarzda, bitta eng boshidagi uchburchakning tomonlarini aniq belgilab olinsa, keyingi uchburchaklarning ham ketma-ket ulab borish va ma’lum miqyos-masshtabda qog‘ozga tushirib davom
ettirish orqali, butun boshli minglab kilometrlar masofani ham katta aniqlikda o‘lchab chiqish mumkin.
olimlari, yuqorida aytilganidek, uchburchaklar bilan
Farang qadamlab masofani
chiqish orqali, Dyunkerkdan Barselonagacha bo‘lgan o‘lchab chiqishga kirishdilar. Bunday olamshumul va
mashaqqatli ishning rahbarligi, masofaning bir tomonidan (Dyunkerkdan boshlab) J.B. Dalamber va ikkinchi tominidan (Barselonadan) P.F. Mishenlarga topshirildi. Tarkibida malakali
geodezist va astronomlar bo‘lgan ishchi guruhlar, manzillari tomon 1792 yilning 25 iyul kuni yo‘lga chiqishdi.
Umuman olganda bunday jarayonlar, ko‘p yillik mashaqqatli mehnat va hisob-kitoblarda sabr toqatli bo‘lishni talab etadi. O‘lchash ishlarida, ko‘zda tutilmagan qadaydir tabiiy va juz’iy muammolar yuzaga kelishi, tushunadigan va tushunmaydigan kimsalarning halaqitlari paydo bo‘lishi mumkin. Bunday ishlar tinchlik va hotirjamlik hukm surgan odatiy sharoitlarda ham amaliy jihatdan juda murakkabdir. Yangicha g‘oyalar va anglashilmovchiliklarga to‘la
Jan Batis Dalamber (1749-1822)
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə