Xalqaro birliklar tizimi – si



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə49/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Inqilob farzandi...
Bechora qirol Lyudovik XVI ning taxtdan ag‘darilishi asnosida kechgan farang inqilobi zamonasining noodatiy siyosiy va ijtimoiy muhiti, ichki va tashqi tub siyosiy o‘zgarishlarga uchragan Farang davlati rahnamoligida xalqaro miqyosda umume’tirof etilgan yagona o‘lchov birliklari tizimining poydevori qo‘yilishi uchun eng qulay sharoit bo‘lib chiqdi. Farang xalqining butun XVIII asr davomida yig‘ilib to‘planib kelgan ichki norozilik kayfiyati, asrning so‘nggi dekadasiga kelib alangalanib ketdi. 1789 yilning may oyida, omma orasida yetilib kelayotgan kuchli norozilik kayfiyatini tinchlantirish maqsadida, qirol Lyudovik XVI, 1614 yildan buyon ilk marta Bosh Shtatlarni chaqiruvini e’lon qildi. Bosh Shtatlar uch toifa fuqarolar
zodagonlar, ruhoniylar hamda, boshqa barchalardan iborat «uchinchi toifa» deb ataluvchi guruhlardan iborat bo‘lgan.
Bosh Shtatlar ko‘rib chiqishi va amaliy hal etilishi lozim bo‘lgan kun tartibidagi asosiy masalalardan biri – dehqonlar tomonidan qo‘yilgan talab bo‘lib, unda yirik yer egalari tomonidan qilinayotgan qallobliklarga barham berish va yer taqsimotida tartib o‘rnatish sharti qo‘yilgan edi. So‘nggi asrlar davomida Farang mamlakatida avj olgan o‘lchov birliklari borasidagi juda ko‘p xillilik va chigalliklar, yirik yer egalari uchun qirol farmonlari va hukumat qarorlarini o‘z bilganlaricha talqin qilishga va sohada istaganlaricha firib yuritishlariga imkon
berar edi. O‘lchov birliklari va vositalari borasidagi qalloblik, farag jamiyatining barcha qatlamlari orasida odatiy holga aylanib qolgan edi. Umumfarang yagona o‘lchov birliklarini joriy qilish va unga butun mamlakatda qat’iy amal qilinishini ta’minlash, qallobliklardan eng ko‘p jabr chekkan eng oddiy farang dehqon va ishchilarining qat’iy talabiga aylandi.
Bosh Shtatlarning kun tartibidagi masalalar borasidagi nuqtai nazarlari shu darajada qarama qarshi bo‘lib chiqdiki, natijada, kelishmovchiliklar tufayli, 1789 yilning 17 iyun kuni, uchinchi toifa az’olari, bir tomonlama ravishda, o‘zlarini Musatqil Milliy Masjlis deb e’lon qilib, Bosh Shtatlardan bosh olib chiqib ketdilar. Qo‘rqib ketgan qirol, 20 iyun kuni, ta’mirlash ishlarini bahona qilib, o‘z saroyini ichkaridan berkitib oldi va yopiq muzokaralar o‘tkazishga kirishdi. Qarama-qarshilik, Milliy Majlis o‘zini Milliy Ta’sis Majlisi deb e’lon qilgan 9 iyul sanasigacha
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə