Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə50/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
54
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
saqlanib turdi. Bu hodisalarning barchasi Versalda sodir bo‘layotgan edi. Tahlikali hodisalar rivojini butun Parij havotir bilan kuzatib borar edi. Afkor ommaning hayrihohligi, tabiiyki, qirolga bo‘ysunishdan bosh tortgan Milliy Ta’sis Majlisi tarafida bo‘lgan.
12 iyul kuni qirol harbiy qo‘shinlarni Parijga yig‘a boshladi. Bu esa xalqning noroziligining battar kuchayishiga sabab bo‘ldi. 14 iyul kuni, qo‘zg‘olon bilan qalqigan olomon, mahbuslar saqlanuvchi qal’a-qamoqxona Bastiliyani qamal qilishga kirishdi va shturm bilan uni egallab oldi. O‘shandan buyon, Bastiliyaning egallanish kuni – Fransiyada milliy bayram sifatida nishonlanadi.
Qirol o‘z mag‘lubiyatini tan oldi va 17 iyul kuni, Milliy Ta’sis Majlisi qurshovida Parijga qaytishga majbur bo‘ldi. Milliy Ta’sis Maslisi o‘ta faol, lekin, anchayin ziddiyatli, o‘zaro nomuvofiq qarorlar chiqara boshladi. 1790 yilning 19 iyun kuni, Milliy Ta’sis Majlisi, Fransiyada zodagonlarning unvon me’rosi huquqini bekor qildi va mamlakatni, bir biri bilan deyarli teng maydonlarga ega bo‘lgan 83 ta kichik departamentlarga bo‘lib, ma’muriy-hududiy islohotlar o‘tkazdi.
Milliy Ta’sis Majlisida, episkop Sharl Morris Taleyran-Perigor (1754-1838) tez-tez va faol
qatnashgan. Uning eng birinchi va eng kutilmagan va mashhur taklifi, cherkovning mulk huquqini keskin cheklash haqida bo‘lgan. Albatta, katolik ruhoniysidan bunday chorlovni eshitish ancha tushunarsiz va g‘alati tuyuladi. Biroq, o‘zining keyingi chiqishlarida Taleyran bu boradagi fikrini bir necha marta o‘zgartirib, ikkiyoqlama chigalliklarga ham sabab bo‘lgan (umuman olganda, Taleyran shaxsi va uning mug‘obirliklari tufayli, uning ismi ancha vaqtgacha ikkiyuzlamachi, o‘z so‘zida turmaydigan subutsiz kimsalarga nisbatan qo‘llanadigan iboraga ham aylangan).
Taleyranning Milliy Ta’sis Majlisidagi keyingi shov shuvli nutqi, o‘lchov birliklarining metr tizimini joriy qilish haqida bo‘ldi. Asosiy birlik sifatida, Yer meridiani uzunligining biror
qismiga tenglashtirib olinishi mo‘ljallangan metr qabul qilinishi ko‘zda tutilgan edi. O‘sha vaqtlardayoq mazkur kattalik (ya’ni, Yer meridiani uzunligi) nisbatan katta aniqlik bilan
ma’lum bo‘lib, tajribalar asosida, ushbu taklifning amalga joriy etilishi, ko‘plab ehtiyojlar talabini qondirishi mumkin edi. metrning o‘ndan bir qismiga teng o‘lchamdagi kub – hajm birligi bo‘lmish litrni berishi ko‘zda tutilgan edi. Litrning vazni esa, yana bir boshqa birlik –
kilogrammga teng bo‘lishi maqsad qilindi. Shu tarzda, bo‘lajak xalqaro birliklar tizimi uchun o‘ziga xos poydevor yuzaga kela boshladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, butun farang davlati hududi bo‘ylab o‘lchovlar va birliklarning yagona standart asosida unifikatsiyalanishi, oddiy xalq vakillarining istaklari bilan juda uyg‘un edi. Ommaning norozilik kayfiyati energiyasidan uddaburonlik bilan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanib qolishga uringan hiylagar ruhoniy-siyosatchi, Angliya Qirollik Ilmiy Jamiyatiga, o‘zaro teng vakolatli qo‘shma ha’yat tuzish orqali, umumiy standartlashtirilgan o‘lchovlar va birliklar tizimini tashkillash haqidagi taklif bilan chiqadi. Bu taklif, aslida siyosiy muddaoni ko‘zlagan bo‘lib, Taleyran shu yo‘l bilan qirol Lyudovik XVI ni qutqarmoqchi bo‘lgan. Shunga qaramay,
1790 yilga kelib, asosan Fransiya va Angliya davlatlari o‘rtasida va boshqa ayrim Yevropa mamalakatlari hayrihohligida, umumiy qabul qilinishi lozim bo‘lgan birliklar tizimining dastlabki talqinlari paydo bo‘ldi. Bu sohada o‘z nuqtai nazarini, mashhur diplomat va siyosatchi Benjamin Franklin ham bildirgani ma’lum. U ham, barcha mamlakatlarda tushunarli va
umumiy bo‘ladigan qulay birliklar tizimining tadbiq etilishi xalqaro savdo va siyosiy munosabatlarda ijobiy samara beradi deb hisoblagan. Tegishli loyihalar Britaniya Qirolligida ham tayyorlana boshladi. Shunga qaramay, yangicha turdagi, unifikatsiyalangan yagona standartga tayanuvchi o‘lchov birliklarini amaliyotda samarali joriy etish uchun qulay ijtimoiy shart-sharoit, inqilob girdobidagi Fransiya mamlakatidagina yuzaga keldi. O‘sha zamon Parij gazetalaridan biri shunday yozgan edi: «Teng huquqlilikka asoslangan jamiyat qurmoqchi bo‘lgan va qanday qilib bo‘lmasin, mustabid zamonni esdan chiqarmoqchi bo‘layotgan o‘rtoqlar, feodal qullik zamonini odoimiy yodda saqlashga sabab bo‘layotgan eskicha son- sanoqsiz chigal va chalkash o‘lchov birliklariga qanday qilib chidab turishlari mumkin?...».
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə