Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə58/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
62
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
tadqiqot va ho kazolarda o‘zining afzalliklarini isbotlashi, bir so‘z bilan aytganda, davr chig‘iriqlaridan iborat sinovlarni topshirishi kerak edi.
Biz, XXI asr odamlari hozirda ushbu tizimning qanday muhim afzalliklarga ega ekanligini juda yaxshi bilamiz. Maqolda aytilganidek, tog‘ning haqiqiy haybati olisdan bilinadi. Biroq XIX asrning ilk choragida, Dalamber, Lagranj, Laplas, Lavuaze kabi buyuk olimlarning xizmatlari, jon fidoliklari1 evaziga yuzaga kelgan metr tizimi, yo‘q bo‘lib ketish ostonasiga kelib qoldi. Avvalo unga Yevropadagi aksar davlatlar, metr tizimini Napaleon tuzumining hosili sifatida qarab, undan ko‘rgan jabrlari uchun ham qabul qilishni o‘zlariga ep ko‘rmas edilar. Bu ularning antinapaleon sanksiyalarining bir qismi bo‘lgan. Qolaversa, o‘sha zamonning obro‘-e’tiborli olimlari ichida mazkur yangi tizimga nisbatan o‘zaro munozaralar, tortishuvlar davomiy bo‘lib, ishonchsizlik, tanqidiy yondoshuvlar ham ko‘p uchrab turar edi. Masalan, mashhur olim, geometriya inqilobchilaridan biri Lobachevskiy, o‘z ilmiy ishlarida yangi metr tizimining afzalliklarini munosib baholab, birliklar va natijalarni ifodalashda mazkur tizimdan foydalanishni boshlab yuborgan edi. Biroq, Peterburga Fanlar Akademiyasi bosh kotibi Fuss, zudlik bilan Lobachevskiyni tanqid qilib chiqib, uni «Farang o‘lchovlaridan
foydalanish»da aybladi va qattiq qoraladi. Salbiy munosabatdagi olim va tadqiqotchilar ichida, metr tizimini Laplas, o‘zining ilmiy ishlari uchun Yerning aniq tavsiflari zarurligidan, mazkur tizimni, chunonchi metrni aniqlash bahonasida, Parij meridiani uzunligini bilib olish maqsadida o‘ylab topgan hiylasi edi deb baholaganlar ham topilgan. Bu esa, Laplasga nisbata tuxmatdan boshqa narsa emas. Chunki, Yer meridianining o‘lchash orqali metrni aniqlash ishlari, Lapalasning ilmiy ishlaridan ancha avval, 1792 yilda boshlangan edi. Etalon metrning ilk namunasini esa, taxminiy hisob-kitoblarga tayanib, muvaqqat shart bilan 1795 yilda yasalgan bo‘lsa, Laplasning geodeziyaga oid ishlari bundan 10 yil o‘tib, Napaleon rahnamoligida bajarilgan edi.
Shuningdek, metr tizimning qabul qilinishidan keyingi dastlabki vaqtlarda uning ommalashuviga jiddiy to‘g‘anoq bo‘lgan omillarda yana biri, u haqidagi risolalar, qo‘llanma va
axborot vositalarining yo‘qligi yoki juda kamligi edi. Metr tizimi haqida nashrga tayyorlangan risolalarni ham ko‘p muharrirlar va noshirlar bosib chiqarishdan bosh tortishgan. Masalan, taniqli olmon astronomi I.E.Bode, o‘z muharrirligidagi «Berlin astronomiya solnomasi»da,
metr tizimi haqida axborotni bosib chiqarilishidan bosh tortib, o‘zining inkor etish sababini
«monarxiya boshqaruvidagi mamlakatda yashayotganligidan va yozayotganligidan faxrlanishi» bilan izohlagan.
Metr tizimining mualliflari va uning jiddiy tarafdorlari orasidan ham mazkur tizimning afzalliklari va mohiyatini targ‘ib qilishga bel bog‘lovchilar topilmagan. Yangi tizimning eng ashaddiy tarafdorlari ham, uning o‘z mantiqiy mukammalligi va qulayligi tufayli, targ‘ibot- tashviqot qilinishiga hojat bo‘lamydi deb hisoblashgan. Qisqasini ayganda, metr tizimi haqiqatan ham, dunyoga kelganidan so‘ng dastlabki yillardayoq, himoyasiz g‘arib ahvolga tushib qolgan edi. Uni na mualliflarining o‘zi, na olimlar va ziyolilar va na hokimiyat vakillari qo‘llab quvvatlashmadi. Metr tizimi hech kimning ko‘magisiz, o‘zining afzalliklarini isbotlashga majbur bo‘ldi. Hozirda ko‘rib turibmizki, u buni uddasidan chiqdi va dunyodagi eng keng tarqalgan, yagona standart asosida unifikatsiaylangan o‘lchov birliklari tizimi nomiga musharraf bo‘ldi.
U buni qanday uddaladi?...
1 Lavuazega, 1 dm3 sof suvning og‘irligini aniqlash va uni kilogramm etasloni uchun tavsiya etish vazifalari yuklangan edi. Biroq, inqilobiy kayfiyatdagi, ayrim johil olomon vakillaridan iborat to‘da, uning qirol zamonidagi soliq yig‘imi xizmati uchun matematik hisob-kitoblarda qilgan arzimas ko‘magini ro‘kach qilib, boshini tanasidan judo qilishgan.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə