Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə54/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
58
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
etildilar. Kimyogarlar, fiziklar va matematiklar – Bertolle, Monj, Perre, Lagranj va boshqalar, mudofaa ishlariga jalb etildi. Lagranj ballistik nazariya hisob-kitoblari bilan shug‘ullangan bo‘lsa, Bertolle portlovchi moddalarni tayyorlash texnologiyasini, Monj esa, zambarak quyush va to‘p tayyolash usullari bo‘yicha shug‘ullanishdi. Bunday sharoitda esa, o‘lchovlarni standartlashtirish masalalari o‘z-o‘zida chekkada qolib ketar edi. Biroq, zamonning o‘zi taqozo qilib turgan, yagona birliklar tizimini ishlab chiqish loyihasiga bunday munosabat yaramas ekanligini ko‘pchilik fahmlar edi. Ba’zi jur’atliroq olimlarning tashabbuslari bilan, bu borada hech bo‘lmasa vaqtinchalik biror tizim ishlab chiqish va joriy etish masalasi ko‘rib chiqila boshladi.
Muvaqqat variant
Avvaliga vaqtinchalik variant ustida ishlash uchun, birinchi hay’at a’zolaridan iborat muvaqqat hay’atni chaqirishdi. Biroq, tez orada, o‘sha muvaqqat hay’at ham tarqtib yuborildi va eskilardan faqat Lagraj qoldirilib, mutlaqo yangi hay’at tuzildi. Albatta yangi hay’atning ilmiy darajasi avvalgilardan ancha past edi. Uning yagona vazifasi, amaliyot uchun qulay bo‘lgan birliklar tizimini imkon qadar tezkorlik bilan ishlab chiqish va taklif kiritish bo‘lgan. Haqiqatan ham, juda tezkorlik bilan, Qonunchilik Kengashi a’zosi, harbiy muhandis, kapitan Klod Antuan Dyuvernua (1763-1832) boshchiligida ishlab chiqilgan yangi o‘lchov birliklari tizimi, kengashga taklif qilindi va hech qanday jiddiy muhokamalarsiz tasdiqlandi. Qanchalik tezkor va «muvaqqat» tamg‘asi bilan chiqarilgan bo‘lmasin, Dyuvernua varianti anchayin yashovchan bo‘lib chiqdi va uning ayrim elementlari bizning zamonamizga ham yetib kelgan. Umuman olgan, ishning tig‘iz ravishda, shoshilinch olib borilganligini, bu borada qabul qilingan buyruq va farmoyishlar mohiyatidan ham fahmlash qiyin emas. Zamonning tahlikli kayfiyatining asabiy ritmini o‘zida ifoda etgan ketma-ket va bir biriga zid qonun hujjatlari oqimida, bu kabi muhim hodisalar, ya’ni, yagona birliklar standartlari tizimini aholining barcha
qatlamalari orasiga, kundalik turmushga singdirish ham oson yumush bo‘lmasligi aniq edi.
Hukumat tomonidan Lagranjga, hay’atning qanday mutaxassislarga ehtiyoji mavjud ekanligi va yangicha birliklar tizimini tezroq hayotga tadbiq etish uchun qancha mablag‘ zarurligi haqida axborot berish haqida ko‘rsatma berildi. Biroq, tez orada, hukumat Lagranjning hisobotini ham kutib o‘tirmasdan, Yer meridianining mavjud homaki o‘lchovlari asosida keltirib chiqarilgan metr birligini, muvaqqat foydalanish uchun joriy etishni maqsadga muvofiq deb topdi.
1795 yilning 7-aprel kuni, Farang inqilobiy hukumatining, bir metrni Parij meridiani chorak qismining 10 milliondan bir ulushiga teng ekanligini tasdiqlovchi va mazkur birlikning butun Farangiston bo‘ylab, uzunlik va masofa o‘lchovlari uchun umumiy yagona o‘lchov birligi sifatida joriy etilishi haqidagi qonun e’lon qilindi.
Mavjud homaki o‘lchov natijalari (bu vaqtda Dalamber va Mishenning hisob-kitoblariga hali yakuniga yetmagan edi) asosida platinadan tayyorlangan yagona metr etaloni, inqilobiy muhit uchun xos tarzdagi tezkor-tig‘izkorlik bilan, ko‘p miqdorda nusxalandi va tarqatila boshlandi. Shuni aytish kerakki, platinadan tayyorlangan etalonga taqqoslash orqali olinadigan nusxa metrlarning barchasi latundan tayyorlangan edi.
1795 yil 7-apreldagi qonun matnida, mazkur etalonning amal qilishi muddati vaqtincha ekanligi, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha, 1791 yilda tuzilgan hay’atning ishi davom ettrilishi va yakuniy natijani keyinroq umumlashtirilishi haqida aniq uqtirish berib o‘tilgan.
Haqiqatan ham, hay’at ishi 1795 yildan keyin ham, ya’ni amalda vaqtinchalik bo‘lsa ham harholda yagona o‘lchov birligi – metr tasdiqlanganidan so‘ng ham davom etdi. chunki, bu borada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p va aniqlanishi shart bo‘lganmavhum qiymatlar bisyor edi. Hay’atning 1795-1798 yillar orasidagi faoliyati unchalik ham samarali bo‘lmagan. Sababi bu vaqtlarda butun Ovro‘pa urush iskanjasida bo‘lib, ba’zan uning komiga olimlar ham tushib qolishar, notinchliklar ishni izchil olib borishga halaqit berar edi. Lekin,
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə