Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə62/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
66
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
bosib o‘tilgan masofa uzunligi va ho kazo. Bunday kattaliklar uchun matndan ham yaqqol ko‘rinib turganidek, umumiy bir fizik kattalik, ya’ni uzunlik doimiy yondosh tarzda ishtirok etmoqda va ularning aniqlovchi formulalarida doimiy ravishda hoziru-nozir bo‘moqda. Mazkur turkum fizik kattaliklar uchun eng umumiy ko‘paytuvchi bo‘lgan uzunlik o‘lchov birligini, birliklar tizimi uchun asosiy birlik sifatida tanlab olish, qulaylik nuqtai nazaridan eng to‘g‘ri va keyingi hisob-kitoblarni soddalashtiradigan qaror bo‘lib xizmat qiladi.
Shunga o‘xshash yana bir necha kattaliklar mavjudki, ular boshqa ko‘plab kattalikarni ifodalashda, formulalar yoki isbotlar takibida muqarrar ishtirok etadi. Xususan, vaqt fizik kattaligi ham shundaylardan biridir. Chunonchi, tezlikda, tezlanishda, chastota va ho kazolarda, vaqt fizik kattaligi ishitokisiz mohiyatni ochib berishning iloji yo‘q.
Aynan shunday fizik kattaliklarni asosiy kattaliklar sifatida qabul qilish va ular uchun etalonlar tayyorlash eng oqilona yo‘ldir. Zero ular orqali qolgan barcha kattaliklarni ham algebraik ifodalarning turli kombinatsiyalari bilan, hosilaviy kattaliklar sifatida keltirib chiqarish, oson va sodda tarzda amalga oshiriladi.
Aytish lozimki, «asosiy» fizik kattaliklarni va ularning birliklarining qat’iy sonini
belgilovchi hech qanday fizik yoki, matematik fundamental qonuniyat mavjud emas. Muayyan birliklarni «asosiy» birliklar sifatida tanlab (saralab) olish qoidalari, istisnosiz tarzda faqat va faqat amaliy qulayliklar nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
1832 yilda o‘zining mutlaq tizimini tuzib chiqar ekan, Gauss, asosiy kattaliklar sifatida uzunlik, vaqt va og‘irlik fizik kattaliklarini va asosiy birliklar sifatida esa, mos ravishda millimetr, milligramm va soniyalarni tanlashni ma’qul topgan. Yana bir bora ta’kidlaymizki, bunday saralov, (shuningdek, uning nomidagi - «mutlaq» so‘zining o‘zi ham) hech bir istisnosiz, faqat muallifning ixtiyoriy tanlovi asosida bo‘lib, u biror bir nazariya bilan mustahkamlanmagadir. Masalan, SI da ham, avvalboshdan 6 ta asosiy birlik mavjud edi.
yettinchi birlik – mol keyinchalik qo‘shilgan bo‘lib, endilikda «SI ning ajoyib yettiligi!» deb hitob qilinmoqda. Vaholanki, ular soni yanada ortishi ham mumkin.
Asosiy birliklar tanlab olingach, endi oldimizda, hosilaviy birliklarni keltirib chiqarish masalasi ko‘dalang bo‘ladi. Bunda ayon bo‘ladiki, hosilaviy birliklar, asosiy birliklardan faqat bilvosita – matematik formulalar vositasidagina keltirib chiqarilishi mumkindir. Biror bir fizik
kattalikni ifodalovchi formulalar esa juda ko‘p sonda, hattoki cheksiz bo‘lishi ehtimol...
Masalan, asosiy birlik sifatida metrni tanlab olib, uning yordamida boshqa bir hosilaviy birlik – yuza va maydon fizik kattaliklari uchun metr kvadratni keltirib chiqardik. Xo‘sh, innankeyinchi?! – Undan keyin bizning qarshimizda, juda xilma-xil yuza va maydonni birliklari turkumiga nisbatan umumiy qo‘llash mumkin bo‘lgan, yagona o‘lchov birligini tashkillash uchun juda boy tanlov paydo bo‘ladi. Bu birlikni, uchburchak uchun ham, kvadrat yoki, to‘g‘ri to‘rtburchak uchun ham, muntazam olti burchak, muntazam o‘n yetti burchak, doira va ho kazo, xullas, istalgan geometrik shaklning yuzasi uchun qo‘llasa bo‘ladi. Bilamizki, hozirda deyarli butun dunyoda, yuzani ifodalash uchun tomonlari 1 metrga teng kvadratning yuzasi qabul qilingan. Falon davlatning egallagan maydoni haqida gaporilganda, uning falon ming kvadrat kilometr ekanini eshitamiz. Aslida esa, maydon va yuza birligi uchun, kvadrat metrdan boshqa, yana istalgan biror geometrik shaklni ham qabul qilishimiz mumkin edi. Xususan, agar, yuza birligi uchun teng tomonli uchburchakning yuzasini qo‘llashga qaror qilgan bo‘lganimizda, dehqonlar dala maydonlarini, quruvchilar qurilish maydonini, duradgorlar mebel yuzasini aynan «teng tomonli uchburchak metr» birligida ifodalashga majbur bo‘lgan, vaqt o‘tishi bilan esa, ko‘nikib ketgan bo‘lardilar. Nafaqat, yuqoridagi soha vakillari, balki, butun jamiyat
shunday yo‘ldan ketgan bo‘lar edi. Yuzani «teng tomonli uchburchak metr»da qanday ifodalaydi deysizmi? Juda oddiy. Teng tomonli uchburchakning bir tomonining uzunligini kvadratga ko‘tarish lozim bo‘ladi. Uchburchak metrni, bizga yaxshi tanish bo‘lgan kvadrat metrga aylantirish uchun esa, ildiz ostidagi uchning to‘rtga nisbatiga teng bo‘lgan ko‘paytuvchi kerak bo‘ladi. Ko‘rib turibsizki, uchburchak metrda, ko‘paytuvchining qiymati va oraliq hisoblashlar murakkabroq bo‘lib, amaliy qo‘llash nuqtai nazaridan ancha noqulayroqdir.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə