Xalqaro birliklar tizimi – si


Matematiklar shohi va uchburchaklarni yechish



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə60/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Matematiklar shohi va uchburchaklarni yechish.
Napaleon davri butgach, Ovro‘pa ziyolilari, ilgari misli ko‘rilmagan jiddi jahd bilan, ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish, yer-mulk hududlarini xaritaga tushirish va shu kabi ho kazo ko‘plab muhim masalalar yuzasidan uzundan uzoq ilmiy ishlarga bel bog‘ladilar. XIX asrning 10-30 yillari orasida, ayniqsa xaritashunoslik sohasi jadal rivojlana boshladi. Aynan kartografiya masalalari, g‘arib qolgan metr tizimining qayta jonlanishiga, unga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishiga turtki bo‘ldi.
Napaleon yurishlari girdobida bo‘lgan va 1800-1815 yillar urushlari oqibatlarini boshdan kechirgan ko‘plab mamlakatlar, Farangiston tajribasi asosida, o‘z hududlarining mukammal triangulyatsiyalarini bajarishga kirishdilar. Harb masalalari, jang olib borish strategiyasi, texnikasi va taktikalarida, aniq tuzilgan mukammal xaritalarning ahamiyatini o‘z achchiq tajribalarida xis qilgan hukumat vakillari, xaritashunoslikni moliyalashtirish va rag‘batlantirishda sahiylik ko‘rsata boshladilar. Aytish mumkinki, aniq va tabiiy fanlar borasida
Napaleon Bonapart 1769-1821
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
64
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
olib boriladigan fundamental tadqiqotlarning davlat tomonidan moliayalashtirilishi erasini aynan xaritashunoslik boshlab berdi.
Gamburg, Bremen va Gettingen shaharlari orasida joylashgan Gannover qirolligining hududlarini geodezik tasvirlarini tuzish ishlariga rahbarlik qilsih uchun, Gettingen universiteti professori Karl Fridrix Gauss (1777-1855) taklif qilingan edi. 1818-1832 yillar orasida, Gauss Gannover geodeziyasi ishlariga rahbarlik qilish bilan uzviy ravishda, geodeziya bo‘yicha nazariy ishlanmalar ustida ham shug‘ullangan edi. Aytish joizki, Gaussning bu boradagi ilmiy faoliyati o‘ta samarali va istiqbolli bo‘lgan. Uning aksariyat ishlanmalari va uslubiy ko‘rsatmalari, geodeziyada bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda.
Butun Ovro‘po bo‘ylab 1815 yildan boshlangan texnik geodeziya o‘lchash ishlarining mohiyati, Dalamber va Mishenlarning, Parij meridianining Dynkerk va Barselona shaharlari orasida o‘tuvchi qismining uzunligini o‘lchash ishlarida tayangan usul – triangulyatsiya (uchburchaklarni yechish) usulining aynan o‘ziga asoslangan edi.
Gaussning triangulyatsion hisoblashalarining natijasi, faranglar tomonidan bajarilgan Daniya va Gollandiyaning triangulyatsion zanjirlari orasidagi uzilish bo‘shlig‘ini to‘ldirishi
kerak edi. Dalamber boshchiligidagi ilmiy guruh, avvaliga o‘z o‘lchash natijalarini tuaz va fut birliklarida bajarishgan. O‘zlarining mashaqqatli mehnatlarining yakuniga ko‘ra, 1798 yilda metrning yakuniy, aniq haqiqiy uzunligi (yodingizda bo‘lsa u 3 fut va 11.296 chiziqqa teng bo‘lib chiqqan edi) o‘rnatilgach, undan keyingi barcha triangulyatsiya o‘lchashlari metrda ifodalanib, hisob-kitoblar ham metr bilan bajarila boshladi.
Gaussning barcha yozishmalarida va qaydnomalarida, balki, o‘sha Dalamber va undan keyingilarning triangulyatsion o‘lchashlarining mantiqiy davomi sifatida bo‘lsa kerak, harholda barcha geodezik o‘lchash natijalari aynan metr va uning ulushli va karali birliklarda ifodalangan. Olmon xalqining o‘ziga xos milliy mentaliteti (Iogann Bodening fikrini eslab
ko‘ring) va faranglarga bo‘lgan munosabatini e’tiborga olsak, Gaussning ushbu hatti- harakatlari hayratlanarlidir. Ayniqsa, undan kutilayotgan natijalar va ilmiy yutuqlar, Olmon
qirolligining faqat ichki maqsadlari uchun ko‘zlangan sharoitda!
Umuman olganda Gaussni xotirlovchilar, uning ilm-fan oldidagi buyuk xizmatlari qatorida, doimo, og‘ir-vazmin xarakteri va o‘ta mulohazali fikrlashini chuqur hurmat bilan yodga olganlar. Metr tizimining oyoqqa turishida ham aynan Gaussning yuqoridagi yozishmalari va ilmiy ishlarida uzunlik o‘lchovi sifatida aynan metr birligidan foydalanishi o‘ta muhim o‘rin tutgan deb baholash mumkin.
Shuni ta’kidlash shart va zarur deb hisoblaymizki, Gauss,
geodeziyaga oid izlanishlar bilan band bo‘lgan davrining
boshlanishiga qadar ham, o‘z zamonasining matematika olamida eng yuqori cho‘qqilarni zabt etib ulgurgan, nufuzi o‘ta baland, katta shon- shuhratga ega olim edi. Yechib bo‘lmas deb hisoblangan murakkab matematik masalalarni yechishi, ilmiy ishlaridagi tafsilotlarni bayon
qilishning mutlaqo bekamu-ko‘st uslubi, matematik mulohazalarni yuritishda, hayratlanarli darajadagi mantiqiy fikrlash qobiliyati, unga ancha yosh vaqtlaridayoq «Matematiklar shohi» unvonini ta’minlab bergan edi. Gaussning tengi yo‘q qobiliyati va iqtitorini butun ilm-fan dunyosi allaqachon tan olib bo‘lgan edi. Laplas ham, Lagranj ham va biror bir istisnosiz barcha o‘sha zamon matematiklari, uni o‘z ichlaridagi eng ilg‘or olim deb bilar edilar.
Buyuk Gaussning matematika taraqqiyoti yo‘lida qilgan barcha xizmatlarini sanab, alqab chiqishning imkoni yo‘q. Uning o‘limidan so‘ng ham, unga tegishli bo‘lgan yana ko‘p sonli ilmiy g‘oyalar, tasdiq va isbotlar, hamda, kashfiyotlar qayd etilgan ko‘plab qo‘lyozmalar va yon daftarlarni topishgan. Mazmun mohiyatiga ko‘ra ushbu qaydlarning barchasi, Gauss yashagan zamon ilmiy darajasi va muhitidan bir necha o‘n yilliklar oldinga o‘tib ketar edi. Biroq, o‘ziga xos kamtarlik va boshqa noma’lum sabablarga ko‘ra Gauss o‘z izlanishlari natijalarini ovoza qilishga hecham shoshilmagan.
Karl Fridrix Gauss
(1777-1855)
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə