Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə59/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
63
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
Napaleondan keyingi Yevropa.
«Nortumberlend» nomli ingliz kemasi, Napaleon Bonapartni olis va kimsasiz Avliyo Yelena oroliga olib borib tashladi. U Yaratgan o‘zi uchun bergan yana 6 yillik umri davomida, o‘z xotiralarini, esdaliklarini va vasiyatlarini qog‘ozga tushirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bechora sobiq Birinchi Konsul, Armiya Qo‘mondoni va Farangiston Imperatori Napaleon Bonapart, umrining so‘nggi yillarini kimsasiz orolda yolg‘izlikda o‘tkazdi. Hikoyalarga ko‘ra, unga sodiq shaxslardan biri, orolda Napaleon uchun qoldirib ketilgan shaxmat donalarining birining ichiga, oroldan qochish yo‘li va xaritani yashrib, uni sobiq imperatorning o‘zi qachondir topib olishi umidi bilan tashlab ketgan ekan. Napaleon esa xaritani topa olmagan.
Shu tarzda, insoniyat tarixidagi yana bir shavkatli qahramon moziy sahifalariga muhrlandi va uning shonli davri o‘z intihosiga yetdi...
...1791 yildagi Farang inqilobi asnosida boshlangan chorak asrlik Napaleon davrining, Ovro‘pa uchun eng muhim mantiqiy yakunlaridan biri, ko‘hna qit’a fuqarolarining ongi va tafakkuridagi yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Mazkur davr mobaynida, qit’a mamlakatlarida, ziyolilar va olimlarga va umuman ilm-fanga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Butun avvalgi XVIII-asr davomida kuzatilgan, ilm-fan va olimlarning jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rnining o‘sib borishi tendensiyasi, inqilobdan keyingi Napaleon davriga kelib, «sifat sakrashi»ni amalga oshirdi. Endilikda, ilm-fan va uning egalari bo‘lmish olim va ziyolilar, haqiqiy ma’noda davlat va jamiyat hayotining qudratli vakillariga aylandilar. Avvallari mutlaqo faqat siyosat bilan mashg‘ul bo‘lgan davlat rahbariyati vakillarining o‘zlari ham, endilikda ilm-fanga katta e’tibor berib, uning potensialiga ichki va tashqi siyosatda samarali foydalanish, mamlakat taraqqiyotini yanada jadallashtirish, eng muhimi esa, xalqnining kundalik turmush farovonligini orttirish manbai sifatida qaray boshladilar. Albatta, XVIII asr ikkinchi yarmida Angliyada yuz bergan sanoat inqilobi shubhasiz ravishda ishlab chiqarish va savdo-sotiq hajmlarining keskin ortishi va jamiyatning yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Biroq, bu sanoat inqilobi nuqtai nazaridan qaraganda, butun dunyo miqyosida, jumladan Ovro‘paning o‘zida ham odamlarning turmush tarzi hali hamon nisbatan sekinlik bilan, past sur’atlarda rivojlanar edi. Napaleon zamonidan boshlab esa, davlat va jamiyat ishlarida, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va fan-texnika sohalarida, joriy masalalarga va strategik maqsadlarga, ilmiy asoslangan chuqur yondoshuv bilan qarash hodisasi kurtak ochdi va taraqqiy eta boshladi. Davlat siyosatida va mamlakat hayotida olimlarning roli ortdi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə