Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə55/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
59
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
o‘sha zamonlarning harbiy taktikasi, aniq bir front chizig‘i yoki, hududlarni yalpi bosib olish kabilarni ko‘zlamas edi. Urushlar, alohida-alohida janglardan iborat bo‘lib, ularning yakuniga ko‘ra tomonlar ma’lum diplomatik kelishuvlar, sulh, yarashuv va ho kazo shunga o‘xshashlarni imzolar edilar. Shu sababli ham olimlar jamoasida, 1791 yildan boshlangan ishlarni uzilishlar va betartibliklar bilan bo‘lsada, harholda to‘xtatib qo‘ymasdan, davom ettirib turish imkoni doim mavjud bo‘lgan.
90 yilga etalon.
Va nihoyat kutilgan kun yetib keldi. 1798 yilning kuzida, Dalamber va Mishenning o‘lchashlari natijalari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, metr, ya’ni, Yer meridianining Dyunkerk va Barselona shaharlaridan o‘tgan 9º 40´ qismiga ko‘ra hisoblab chiqilgan va Yerning shimoliy qutbidan ekvatorgacha bo‘lgan chorak meridian uzunligining 10 milliondan bir qismiing uzunligi – 3 fut va 11,269 chiziq1 bo‘lib chiqdi. Hukumat vaqtinchalik nisbat berib amalga kiritgan muvaqat metr esa, 3 fut va 11,44 chiziq bo‘lgan.
Bu vaqtda, Farangistonda Direktoriya hukumati qaror topgan bo;lib (1795 yildan e’tiboran)
davlati tashqi ishlar vaziri lavozimiga, siz bilan bizga yaxshi tanish bo‘lgan ayyor Taleyran tayinlangan edi. 1798 yilga kelib, hukumat, mamlakatda monarxiyani tiklashga bo‘lgan urinishlarning barchasiga kuchli zarba bera olgan va farang davlati tashqi dushmanlarini aksariyatidan qudratliroq bo‘lib olgan edi. Davlat boshqaruvu monarxiyaga asoslangan aksariyat qo‘shni davlatlar Farangistonda qirol hokimiyatining tiklanishi uchun tarafdor edilar. Ular yangi farang hukumati bilan urush holatida bo‘lib, inqilobiy hukumatdan kelayotgan har qanday taklifni, ayniqsa, o‘lchov birliklari borasida yakdillika erishish haqidagi g‘oyalarni butunlay rad etishardi. Tashqi ishlar vaziri Taleyran, vaziyatdan ustomonlik bilan foydalandi: u Fransiyaning yangi hukumatiga hayrihoh bo‘lgan ayrim davlatlar va ko‘plab boshqa betaraf mamlakatlar a’zolari ishtirokida o‘ziga xos qurultoy chaqirib, o‘lchov birliklarining yagona standartlashtirilga xalqaro tizimini tashkil etish ishlariga jalb qilishga qaror qildi. 1798 sentyabr oyida, Parijda bir necha mamlakat delegatlari ishtirokida xalqaro kongress o‘tkazildi. Uning yakuniy qaroriga ko‘ra, 1799 yilning 25 may kuni yangi o‘lchov birliklarining etalonlari haqidagi rasmiy qaror e’lon qilindi. 1799 yil davomida mexanik Lenuar tomonidan metrning eni 25 sm va qalinligi taxminan 4 mm bo‘lgan chizg‘ich shaklidagi platina etalonini tayyorladi. Bu orada, 0.001 kub metr distillangan suvning eng maksimal zichlikka erishgan holatidagi (taqriban 4 ºC) og‘irligining o‘lchash va uning asosida, kilogrammning ham platina etalonini tayyorlash ishlari bajarildi. 1799 yilning dekabrida mazkur ikki etalon Farangiston Milliy Arxiviga topshirildi.
1799 yilning 10 noyabr kuni, qo‘shinlar qo‘mondoni sifatida Misr va Suriya yurishidan qaytib kelgan boyagi past bo‘yli kimsa – Napoleon Bonapart Direktoriya hukumatini to‘ntarib yubordi va Farangistonda o‘zining yakkahokimligini e’lon qildi. 25 dekabr kuni esa Napaleon o‘zining diktaturasini tasdiqlaydigan yangi konstitutsiyani amalga joriy etdi. Uning hukumat tepasiga keliganidan so‘ng chiqargan eng dastlabki buyruq va qarorlari ichida, yangicha umumiy standart birliklar tizimini amaliyotga tezroq tadbiq etish va eskilaridan tezroq qutulishga qaratilganlari ham bor edi. Chunonchi, 1799 yil 10 dekabr sanasi bilan imzolangan farmonda u muvaqqat metrdan uzil-kesil voz kechish, va Milliy Arxivda saqlanayotgan yangi, aniq o‘lchovli asos etalonlarga ega tabiiy metrni va kilogrammni amaliyot uchun joriy etish haqida tasdiq mavju edi. Napaleon Arxivda saqlanayotgan metr va kilogrammlarga ham o‘ziga xos yangi nomlar «Arxiv metri» va «Arxiv kilogrami» atamalarini biriktirdi. Mazkur etalonlar, keyingi 90 yil davomida butun dunyoda bo‘lmasa-da, harholda, Farangiston va unga hamkor davlatlar uchun beminnat xizmat qilib berdi. To‘g‘ri, Unda hozircha faqat ikkita birlik – metr hamda kilogramm mavjud edi xolos. Lekin bu insoniyat uchun tarixiy muhim qadamlarning ibtidosi edi...
1 Bu o‘rindagi chiziq so‘zi eski fransuz o‘lchov birligidagi chiziq ma’nosida.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə