Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə53/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
57
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
inqilobiy davrda esa, xavf-hatar ikki xissa ortadi. Lekin bu narsa, jasur olimlarni to‘xtatib qola olmadi. 1793 yilda Dyunkerkdagi qo‘gng‘iroq
minorasidan boshlab, J.B. Dalamberning Barselona tomonga uchburchakli ulug‘vor yurishi boshlandi. Ayni vaqtniong o‘zida, unga qarama-qarshi yo‘nalishda, Barselonadan Dyunkerkka tomon P.Mishen ham yo‘lga chiqdi. Rejaga ko‘ra, olimlar Farangiston janubidagi Rodez shahrida uchrashishlari kerak edi. Delamberning yo‘li ancha hatarli
bo‘lib, u bir necha marta, josuslik va ayg‘oqchilikda ayblanib, inqilobiy kayfiyatdagi kishilar tomonidan hibsga olindi. Ularda hibs uchun vaj juda oddiy, shunday notinch zamonda, g‘alati asboblar bilan shaharning
minoralariga chiqib-tushayotgan kimsa, ayg‘oqchi bo‘lmay yana kim bo‘lishi mumkin?! Har safar olim, Fanlar Akademiyasi topshirig‘iga ko‘ra, Yerning meridianini o‘lchayotganligini tushuntirishga urinar edi. - «Hech qanday akademiya yo‘q! Bundan buyon biz hammamiz teg huquqlimiz, sen biz bilan ketasan!!!» - deb olimni
ishlariga halaqait berardi mast holdagi inqilobchi.
Shunga qaramay, ko‘p hollarda, olimlar bu kabilarda haqiqiy ma’noda bir bosh baland bo‘lib, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishar edi. Ular, uzoq 7 yil davomida, tomlarda, minoralarda, cherkov va qasrlar qubbalarida o‘lchash va hisoblashlar olib borib, Dyunkerk va Barselona orasidagi masofani o‘lchab chiqishdi. Bu haqiqiy jasorat namunasi edi. Endilikda
faqat bir metrning uzunligini hisoblab chiqish qolgan edi xolos. Dalamber va Mishenning mashaqqatli mehnatlarining samarasi o‘laroq tayyorlangan metr etaloni, ya’ni, Yer meridiani chorak qismining qirq
milliondan bir ulishi (aslida, ish boshida Mishen tomonidan yo‘l qo‘yilgan ayrim xatoliklar tufayli bu biroz boshqacha hisob bo‘lib chiqdi), sof platina metalidan tayyorlanib, Farang Milliy Arxiviga topshirildi.
Bu orada mamlakatda siyosiy va ijtimoiy ahvol battar yomonlashdi. Og‘ir iqtisodiy sharoitda narh-navo juda ko‘tarilib ketdi va xalqning g‘azabi yanada qaynab borardi. 10 avgust 1792 yil sanasida, ocharchilik va notinchliklarda sillasi qurigan olomon yana bir katta qo‘zg‘olonga qalqidi. Tyuilri qal’asi qamal bilan qo‘lga olindi va qirol Lyudovik XVI, Farangiston dushmanlari bilan aloqa qilganlikda ayblanib, Tampl qamoqxonasiga tashlandi. Ushbu to‘polonlarni, Tyuilri qal’asi yaqinida hayrat bilan kuzatib turgan 23 yoshli past bo‘yli bekorchi ofitser, qirol qal’asini taqdir aynan uning uchun bo‘shatib berayotganligini hayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. U shuningdek, bir necha yildan keyin, aynan uning imzosi bilan tasdiqlanadigan metr tizimi, keyinchalik siz bilan biz qabul qiladigan Xalqaro Birliklar Tizimining poydevori bo‘lib xizmat qilishini ham o‘ylamagani tayin. Nima bo‘lganda ham, qaramog‘ida 7 nafar opa-uka va singillari hamda, onasi bilan birga, Tulon shahriga harbiy xizmatga qabul qilishlarini so‘rab borgan va anchayin tasodifiy ravishda, artilleriya qo‘mondonligiga tayinlangan, o‘zining birinchi va hayotidagi eng mashhur jangini esa, 1793 yilning 17 dekabrida zafar quchgan ushbu past bo‘yli chapaqay odam – Napaleon Bonpart edi.
1792 yil dekabrida Lyudovik XVI ustidan sud mahkamasi boshlandi va 1793 yil yanvarida u qatl etildi. Avgustda Yakobinchilar diktaturasi o‘rnatildi, oktyabrda esa, qirolichia Mariya- Antuanetta ustidan sud mahkamasi o‘tkazildi va u ham qatl etildi. Shundoq ham ichki notinchliklar bilan qiynalib turgan Farangiston, tashqi dushmanlar zrbalarini ham qaytarishga majbur bo‘layotgan edi. Bunday og‘ir sharoitda, o‘lchovlar va birliklar tizimini isloh qilish haqida gap bo‘lishi ortiqchadek tuyulardi go‘yo. Boshlab qo‘yilgan katta maqsadlarni ko‘zlagan ishlar to‘xtab qoldi. 1793 yilning avgustida, Fanlar Akademiyasining o‘zini ham tugatish haqida hukumat qarori paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan, barcha farang olimlari, harakatdagi armiyani qo‘llab quvvatlash, texnik qurollantirish ishlari uchun safarbarlikka jalb
Dalamber bajargan triangulyatsiya chizmalari
va hisoblashlari. ©Fransiya Fanalar akademiyasi arxivi; ©Marcus du Sautoy.
Pier Mishen (1744-1804)
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə