Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə51/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
55
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
«Qonun fuqarolarni o‘z savdolarida va hisob-kitoblarida yangicha o‘lchovlar va birliklardan foydalanish orqali, hozirdanoq [ya’ni, yagona o‘lchov birliklari tizimi haqidagi qonun rasman qabul qilinmasdan, avval] respublikaning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi uchun o‘z fidoyiliklarini isbotlashga taklif qiladi...». Qirollikdan qutulib, yangicha zamonga qadam qo‘ygan jamiyatning inqilobiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan nashrlari shu kabi da’vatlar bilan to‘lib toshgan edi. Mug‘ombir Taleyranning taklifi nihoyatda o‘z vaqtida berilgan bo‘lib chiqdi.
Parij meridiani
Nemislar II jahon urushida mutlaq so‘zsiz taslim bo‘lish haqidagi aktga imzo chekishudan roppa rosa 155 yil avval, ya’ni, 1790 yilning 8 may kuni Farang Milliy Ta’sis Hay’ati o‘lchovlarni isloh qilish haqidagi Dekret qabul qildi va uni qirol tasdiqladi. Dekret matni asosan Taleyran tomonidan tahrir qilingan bo‘lib, u o‘z mazmuniga ko‘ra, Taleyranning loyihasi hamda, Fanlar Akademiyasiga tegishli tayyorgarchilik ishlarini olib borish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalardan iborat edi. Notinch inqilob zamoni bo‘lishiga qaramay, Fanlar Akademiyasi va uning olimlari tezkorlik bilan ishchi guruh tashkil qilib, amaliy harakatlarni boshlab yuborishdi. Eng obro‘li olimlarni o‘z tarkibiga qamragan bir necha nufuzli hay’atlar tashkil qilindi. Ish eng avval va eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘lchov – uzunlik va masofa o‘lchovini standartlashtirishdan boshlandi.
Mashhur matematik olim J.-L Lagranj (1736-1813) boshchilik qilgan akademiya hay’ati, barcha o‘lchovlar uchun, shu jumladan vaqt birligi – kun uchun ham, o‘nli sanoq sistemasi va uning karrali va ulushli qiymatlariga asoslangan birliklar tizimini qabul qilishni taklif etdi.
Boshqa bir buyuk matematik P.-S.Laplas boshchiligidagi va tarkibida G.Monj, J.A. Kondorse, J.Sh.Borda va Lagranjning o‘zi ham bo‘lgan ikkinchi bir hay’at esa, uzunlik uchun o‘lchov birligi sifatida, Yer meridianining qirq milliondan bir qismini asos qilib olishni taklif qildi. Qoyil qolish kerakki, faranglar uzoqni ko‘zlab ish boshlashgan: agar faqat farang xalqiga xos biror unsur asosida o‘lchov birligi tanlab olinsa, boshqa millatlar, xususan, xalqaro siyosat maydonida raqobatchi bo‘lgan ingliz va ispanlar uni qabul qilmasliklari aniq edi. Agar, xech
qaysi millat e’tiroz bildira olmaydigan, barcha insoniyat uchun umumiy bo‘lgan qandaydir global va tabiiy, o‘zgarmas asosga tayanib ish tutilsa, bu borada muammolar bo‘lmasligi, yoki, kamroq bo‘lishi mumkin... Albatta, keyinchalik bunday yondoshuv, ya’ni, Yer meridiani uzunligiga asoslanib metrni aniqlash usuli o‘z dolzarbligini yo‘qotdi, bu usul ancha besamar va xatolik darajasi nisbatan katta bo‘lib chiqdi. Biroq, 1790 yilda, yuqorida sanab o‘tilgan fidoyi olimlar ishitirokidagi hay’at, metrni aynan Yer meridianiga asoslanib aniqlash joizligi borasida qat’iy qarorga kelib bo‘lgandi. Shu tarzda olimlar, xalqaro siyosatdan bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga erishgan edilar.
Farang Fanlar Akademiyasining bu borada bergan hisobotida shunday yozilgan:
«Olimlarning takliflarida, o‘nli sanoq sistemasiga asoslanish kerakligidan bo‘lak boshqa hech qanday tasodifiy narsa yo‘q va hech qanday mutlaqo milliy yoki, mahalliy o‘lchov ham yo‘q! Agar, ushbu ishlarning qanday bajarilgani haqidagi barcha hujjat dalillar yo‘q bo‘lib ketsayu, ularning faqat mahsuliy natijalari saqlanib qolgan taqdirda, ularni qaysi millat o‘ylab topganligi va ularni amalga oshirganligi haqida hech qanday belgi topib bo‘lmaydi.»
Shu tarzda, Farangistonda boshlangan o‘lchov birliklarining yagona tizimini joriy etishga qaratilgan harakatlar, farang xalqi milliy ichki miqyosidan chiqib ketdi va jarayonga haqiqiy tarixiy ahamiyat bag‘ishladi. Milliy Kengashda bu borada o‘ziga xos shior paydo bo‘ldi:
«Barcha zamonlar va barcha xalqlar uchun!». Mavzuga oid bahs va muhokamalarda esa, mazkur yangi tizim uchun, uning dastlabki va asosiy birligi – metrdan kelib chiqib metr tizimi nomi o‘rnashib qoldi.
Ta’kidlash joizki, metrning haqiqiy o‘lchashlarga asoslangan, tabiiy aniqlanishi jarayoniga, farang olimlari katta ahamiyat va e’tibor qaratishgan. Balki, Yer meridianining aniq o‘lchangan
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə