Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə48/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
53
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
bug‘doy dalasining haqiqiy o‘lchami esa hech qachon o‘zgarmagan. O‘lchovlar borasidagi chigalliklardan va umumiylik yo‘qligidan noinsof zodagonlar juda ustalik bilan foydalanib qolishgan. O‘sha davrlarda Farang Imperiyasining deyarli har bir shahar va qishlog‘i, boshqalarnikidan tafovutlarga ega bo‘lgan o‘z mahalliy o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan bo‘ib, inqilob arafasida, farang jamiyati bo‘ylab 250000 dan ziyod turli o‘lchov birliklari muomalada bo‘lganligi ma’lum. Birgina og‘irlik o‘lchov turlari bo‘yicha, butun Farangiston bo‘ylab 100 xildan ortiq birliklar qayd etilgan ekan. Zodagon va savdogarlarning qallobliklaridan tashqari ham bunday chigallikning boshqa katta zararlari ko‘p edi, chunonchi, navigatsiya xaritalari kemalarni adashtirib riflarga boshlab borar, bir shaharda loyihalangan uy rejalari esa, boshqa shahar uchun yaroqsiz bo‘lib chiqaverar edi.
Bu boradi birinchi bo‘lib alamzada dehqonlar oyoqa turishdi. Yer maydoni borasida ko‘p marta laqqa tushgan dehqonlar, navbatdagi qallobliklardan so‘ng sabr kosalari to‘lib, mazkur sohada tartib o‘rnatishni talab qila boshlashgan. 1880-1890 yillar oralig‘ida alanga olgan farang inqilobi vaqtidagi xalqning qirol va hukumatga qo‘ygan talabnomalari orasida, ayniqsa yer maydoniga tegishli o‘lchov birliklarini tartibga solish va yagona tizimga keltirsh bo‘yicha qat’iy shartlar mavjud bo‘lgan.
Umuman olganda, qaralayotgan davr, ya’ni, XVIII asrga kelib, insoniyat yuksak sanoat inqilobi, jarayonlariga guvoh bo‘ldi. Xalqaro munosabatlar va tovar moddiy boyliklari ishlab chiqarish miqyosi shu darajaga ko‘tarildiki, endilikda ko‘p sonli mahalliy va milliy o‘lchov birliklari orasidagi chigalliklar va o‘girish mashaqqatlari, butun dunyoda yagona standartga keltirilgan xalqaro birliklar tizimini qabul qilish lozimligini dolzarb masalaga aylantirdi. Biroq chin ma’nodagi universial birliklar tizimining dunoga kelishiga, sanoat inqilobi emas, balki, haqiqiy siyosiy inqilob otalik qilgan...

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə