Xalqaro birliklar tizimi – si


Tarixiy zaruriyatmi, yoki, nima uchun avvallari yagona xalqaro o‘lchovlar tizimi mavjud bo‘lmagan?



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə47/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Tarixiy zaruriyatmi, yoki, nima uchun avvallari yagona xalqaro o‘lchovlar tizimi mavjud bo‘lmagan?
Bizni o‘rab turgan olamni; tabiatni va unda kechayotgan jarayonlarni; inson hayot faoliyati va mehnat mahsullarini, xullas barcha-barcha narsalarni aniq o‘lcham va qiymatlar bilan ifodalashga bo‘lgan urinishlarning yuksak namunasi bo‘lmish – metr tizimi XVIII asr oxirida dunyoga keldi. Bir qarashda u, boshlanib kelayotgan ulkan sanoat yukaslishlari hamda, farang inqilobining mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Aslida esa, ungacha bo‘lgan butun tarixiy tadrijiy davr, mazkur tizimning dunyoga kelishi uchun zamin xozirlab kelayotgan edi. Fikrimcha, insoniyat, o‘z taraqqiyotining ma’lum bosqichida, aynan ushbu ko‘rinishdagi va huddi shunday talqindagi xalqaro umume’tirof etilgan mukammal o‘lchov birliklariga ehtiyoj sezishi va uni amalda joriy qilishi muqarrar edi. Tamaddun uni aylanib o‘ta olmas edi...
Agar qadimgi dunyo kishilari foydalangan o‘lchov birliklaridan boshlab, toki, metr tizimi paydo bo‘lgan davrlargacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, dunyoning turli burchaklarida, turli xalqlar tomonidan amaliyotda qo‘llanilgan o‘lchov birliklarini o‘zaro taqqoslab ko‘rilsa, ularning
aksariyati o‘zaro juda yaqin ekanligi, ba’zilari esa, mutlaqo bir xil bo‘lib chiqishini kuzatish mumkin. Yer kurrasining turli qismlarida yashovchi kishilarning turmush tarzi va odatiy ish qurollari juda o‘xshashdir, shunga muvofiq, ularni o‘lchash va chamalashda ishlatadigan birliklarining aksariyati ham o‘zaro yaqin o‘xshashliklar kasb etadi. Inson dunyoning qaysi bir chetida istiqomat qilmasin, u istaydimi yo‘qmi, boshqa xalqlar, millatlar va mamlakatlar bilan o‘zaro aloqa qilishga, oldi-sotdi, savdo munosabatlari, va ho kazolarda ishtirok etishga majbur bo‘lgan. Texnika taraqqiy etmagan uzoq asrlarda ham, savdo karvonlari deyarli barcha madaniy o‘lkalarni o‘zaro bog‘lab turgan. Xalqaro va ichki muomalada, muttasil ravishda turli mahsulotlar, tovarlar, mol-mulk va xizmatlar yuzasidan munosabatlar olib borilgan. Shu sababli ham, ayniqsa, jamiyatlardagi yetakchi nufuzli ilmiy salohiyatli kishilarga va savdogarlarga, yer yuzining istalgan qismida tushunarli va erkin qo‘llash mumkin bo‘ladigan xalqaro uniersial o‘lchov birliklarini hayotga tadbiq qilish fikri kelmagan bo‘lishi mumkin emas. Biroq, insoniyat bu boradagi amaliy harakatlarni, ancha jur’atsizlik bilan va yuqorida aytilganidek, faqatgina
XVIII asr so‘ngiga kelib boshladi. Nima uchun shuncha asrlar davomida yagona birliklar tizimi yuzaga kela olmadi?
Javob ancha jo‘n: XVIII asrgacha bo‘lgan davrlarda turli mamlakatlarda yashagan hunarmandlarning hayot tarzi va ular tayyorlagan mahsulot va tovarlarning sifatining yaxshilanishida, har xil o‘lchovlarning umumiylashtirmasdan ham, mahalliy, yoki, milliy; hattoki, oilaviy-shaxsiy foydalanishdagi o‘lchov birliklaridan kelib chiqib ish tutish kifoya qilar edi. Bu davrgacha ham, mamlakatlar va xalqlar orasida xalqaro savdo sotiq olib borilgan bo‘lsa hamki, ishlab chiqarish miqdori va xalqaro savdo hajmi, umumiy va yagona o‘lchov birliklarini joriy etish zaruriyatini yuzaga chiqaradigan darajada faol bo‘lmagan. Biroq, XVIII asr boshiga kelib, dunyoda xalqaro savdo-sanoat va kooperatsiya munosabatlari shunday shiddat oldiki, bozorlarda, bandargoh va banklarda, savdo birjalarida o‘lchov birliklarini o‘zaro o‘girish borasida bajarilayotgan uzluksiz amaliyotlarning mashaqqatlari, tez orada ishbilarmon va tadbirkor kishilar uchun aniq va ravshan bo‘lib qoldi. O‘lchov birliklarini standartlashtirish borasida biror ziyoli kishining jon koyitishi boshqa narsa, katta miqdordagi tovar va moddiy
boyliklar egasi bo‘lgan, puldor ishbilarmonning, mahsulotlar oldi-sotdisida, birliklardagi tushunmovchilik va har xillik tufayli hisob kitoblarda mashaqqatlarga uchrashi boshqa narsa. Bundan oddiy ishchilar ham ziyon ko‘rmay qolishmaydi...
Buyuk farang inqilobining yuzaga kelishi sabablaridan biri sifatida, yirik yer egalari bo‘lgan farang amaldor va boylari tomonidan, oddiy mehnatkash dehqonlarga nisbatan, yer munosabatlariga tegishli turli xil hisob-kitoblarda, shu jumladan, hosildagi ulush, yoki, yer soliqlari hisoblarida, yer maydoni o‘lchovlari bo‘yicha katta qallobliklar qilingani ta’kidlanadi. Dehqon o‘z haqini so‘rasa ozgina yer maydoni hisobidan to‘lov bergan amaldor, soliq undirishga kelganda katta yer maydoni hisobidan to‘lov talab qilavergan. Yer maydoni, aytaylik
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə