Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə56/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
60
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
Lirik chekinish, yoxud, «Metr» so‘zini kim o‘ylab topgan?
1657 yilda golland olimi Xristian Gyuygens o‘zi ixtiro qilgan matematik mayatnikli soatlarga patent oldi. Madaniylashgan Ovro‘paning barcha ziyolilari va olimlarning e’tibori mazkur asbobga qaratildi. Butun boshli ilmiy anjumanlarda, ekspeditsiya va tadqiqotlarda Gyuygensning mayatnikli soatlari asosiy ishtirokchilardan biriga aylandi. Ushbu soatlarda o‘ziga xos noyob bir jihat mavjud bo‘lib, ular mayatnik uzunligining berilgan muayyan qiymatga nisbatan har qanday kichik og‘ishlarini ham yig‘indi tarzida o‘z ko‘rsatkichlarida namoyon qilib berar edi. Ayanan shu xossaga asoslanib, Danyalik astronom Olaf Remer1 va fransuz Pikar, tebranish davri bir soniyaga teng bo‘lgan soat mayatnigining uzunligini, o‘lchovlar uchun etalon sifatida qabul qilishni taklif etdilar. Ularning g‘oyasiga ko‘ra, agar mayatnikli soatning yurishini bir necha kecha-kunduz davomida kuzatib borilsa, ularning haqiqiy tabiiy vaqtdan qanchalik orqada yoki oldinda borayotganligiga qarab, muayyan mayatnikning uzunligini, aniq soniya mayatnigi uzunligiga nisbatan qisqaligi yoki uzunroqligini bilib olsa bo‘ladi. Tegishli tuzatishlarni kiritish orqali, aniq soniya mayatnigi uzunliginiga teng bo‘lgan biror etalon yasab olib, undan Yer yuzining istalgan nuqtasida universial uzunlik o‘lchov birligi sifatida foydalanish mumkin bo‘lar edi. G‘oya anchayin zukkolik bilan keltirilgan edi, lekin... Mana shu «lekin», Pikar va Remerlarning ishini beliga tepdi. Gap shundaki, 1676 yilda, Parijda mahalliy astronomik vaqt uchun uchun katta aniqlikda to‘g‘ri yuradigan mayatnikli soat, Farangistonnig Janubiy Amerikdagi mustamlaka mulk- yerining ma’muriy markazi bo‘lmish Kayennada, sezilarli ravishda sekin yuriayotgani va tabiiy kecha-kunduzdan orqada qolayotganligini xabar qilindi. Gyugens bu anomaliyani, oson va sodda tushuntirib berdi: soat mayatningining tebranish davri, u turgan hududning joylashgan geografik kengligiga bog‘liq edi. Bu esa, soniyali mayatnikning etalon xossasi haqidagi g‘oyalarni shubha ostiga qo‘ydi va masalani battar chigallashtridi. Yakunda, soniya mayatnigi uzunligining etalon xossasi haqidagi ilhombahsh g‘oyalarning hammasi puchga chiqdi. Biroq, ushbu jarayon va uning ichida kechgan muhokamalar izsiz ketmadi. Gyugens mayatnikli soatlari va Remer hamda Pikarning takliflari siz va bizga kundalik turmshimizdagi juda yaxshi tanish o‘lchov birligining nomi – metrni meros qoldirdi.
Biz yuoqrida, soniya mayatnigi uzunligini, uzunlik o‘lchov birligi uchun etalon sifatida qabul qilishni Olaf Remer va Jan Pikar taklif etishgan degan edik. Aslida ular bu g‘oyani boshqalardan olgan bo‘lishsa kerak. Chunki, soniya mayatnigining uzunligini etalon sifatida qabul qilish haqidagi ilk fikrlar muallifi aslida, Polshadagi Krakov universiteti o‘qituvchisi Stanislav Pudlovskiy (1597-1645) bo‘lgan. Biroq yosh Pudlovskiyning erta vafoti munosabati bilan, uning g‘oyalari bir muddat qog‘ozda qolib ketgan edi. Ularni bir necha yillardan so‘ng, shogirdi Tit Burattini (1615-1682) qayta jonlantirgan. Aynan Burattini, o‘zining 1675 yilda Vilno2 shahrida nashr etilgan ilmiy risolasida, soniya mayatnigi etaloniga asoslangan uzunlik o‘lchov birligi uchun metr atamasini taklif etgan. U qadimgi yunon tilidagi μέτροn (metron – o‘lchash, o‘lchagich ma’nolarida) va lotincha metrum so‘zlaridan kelib chiqib ushbu taklifni o‘rtaga tashlagan edi. Shu tarzda uzunlik o‘lchov birligi uchun yangi atama yuzaga keldi va ommalashib ketdi. Uning o‘lcham qiymati hozirda siz va biz ko‘nikib qolgan va oz vaqtida inqilobiy farang jamiyatining olimlari tomonidan qabul qilgan metrdan tubdan farq qilsa ham, harholda, bu narsa mazkur atamani, o‘sha zamonlardayoq yangicha uzunlik o‘lchov birligi uchun ham tadbiq etilishiga hech qanday to‘sqinlik qilmagan. Farang tili etimologik lug‘atlarida ham, metr so‘zi, farang tiliga yuqorida qayd etilgan usulda, ya’ni, qadimgi yunon va lotin tillari orqali, XVII asrda kirib kelgani izohlanadi.
1 U Yupiter yo‘ldoshlarining Yerdagi kuztuvchiga ko‘rinish vaqtining kechikishini tushuntirish asnosida, tarixda ilk bor yorug‘lik tezligining nisbatan aniq qiymatini hisoblab chiqqan olimdir.
2 Hozirgi Vilnyus shahri, Estoniya davlati poytaxti.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə