Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə42/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
47
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
burchakni ifodalash bo‘yicha istisno mavjuddir. Lekin, burchakni ifodalash
uchun ham, gradusning o‘nli ulushlaridan foydalanish maqsadga
muvofiqroqdir. Masalan, xaritashunoslik, navigatsiya, astronomiya va juda
kichik burchaklar bilan ishlovchi boshqa sohalardan tashqari, boshqa o‘rinlarda, 22º 12o‘rniga, 22.12º ni qo‘llash qulayroq bo‘lar edi.
5.3.4 Son ifodalarining yozilishi va o‘nli kasr markeri.
O‘nli kasr shklida ifodalangan qiymatning, butun son qismi va uning ajralmas qismi bo‘lmish kasr qismining orasini ajratib turuvchi belgi, o‘nli kasr markeri deyiladi. 22-O‘TXK qaroriga ko‘ra, (2003, Rezolyutsiya 10), «o‘nli kasr markeri, satr chizig‘idagi nuqta yoki, vergul bo‘lishi lozim». O‘nli kasr markeri, butun matn davomida bir xil belgida ifodalangan bo‘lishi kerak (ya’ni, ayrim o‘rinlarda nuqta va boshqa joylarda verguldan foydalanish mumkin emas). Agar sonli ifoda ‒1 va +1 orasidagi qiymat bo‘lsa, o‘nli kasr markeridan avval doimo nol (0) yoziladi.
9-O‘TXK (1948, Rezolyutsiya 7) va 22-O‘TXK (2003, Rezolyutsiya 10) lar qaroriga ko‘ra, ko‘pxonali sonlarni, kichik o‘lchamli oraliq joy tashlash orqali, har biri uchta sondan iborat kichik guruhlar ko‘rinishida yozishga ruxsat etiladi. Bunday ko‘pxonali sonlar guruhchalarga ajratilganda, guruhchalar orasini nuqta bilan ham vergul bilan ham ajartib yozish mumkin emas. Lekin, o‘nli kasr markeridan so‘ng, kasr qimida faqat to‘rtta son qolgan bo‘lsa, bunday sonni oxirida bir dona raqam qoilb ketadigan qilib guruhchalarga ajratish tavsiya etilmaydi. Sonlarni bu tarzda guruhchalarga ajratish yoki, ajratmaslik amaliyoti ixtiyoriy bo‘lib, muhandisilik chizmalari, moliyaviy hisobotlar, hamda kompyuter dasturlari uchun yozilgan skriptlar kabi muayyan maxsus hujjatlarda unga odatda rioya qilinmaydi.
Sonlarni jadvallarda yozishda, yozish qoidasi bitta ustun ichida bir xil bo‘lishi shart1.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə