Xalqaro birliklar tizimi – si



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə38/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

To‘g‘ri: nm; noto‘g‘ri: nmkm
To‘g‘ri:
75 sm uzunlik;
noto‘g‘ri:
75 sm. uzunlik
To‘g‘ri: L=75 sm;
noto‘g‘ri: L=75 sm lar
To‘g‘ri: Kulon taqsim kilogramm; noto‘g‘ri:
kulon taqsim kg.
Ko‘paytma va bo‘linmalar bilan ifodalanayotganda, birliklar uchun ham, Ko‘paytmalarga
misollar: N m; N∙m Kasrlarga misollar:
𝑚
𝑠
; m/s; m∙s‒1
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
44
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
sifatida nuqta o‘rniga joy tashlab ketilgan bo‘lsa, biror birlikning belgisini, o‘zidan keyingi boshqa birlik uchun old qo‘shimch sifatida adashtirib yuborish ehtimoli mavjud bo‘ladi. Bo‘linmalarni esa, surat va mahraj o‘rtasidagi gorizontal chiziq, yoki, chapga qiyalagan chiziqcha-slesh (/), yoki, manfiy daraja ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Ko‘p sonli birliklarning o‘zaro
kombinatsiyalarini yozishda, masalan, qavslar va manfiy daraja
ko‘rsatkichlaridan foydalanishda, ifodalarning ikkiyoqlama ma’no kasb etadigan shaklga kelib qolmasligini ta’minlash zarur. Ayniqsa, kasrlardan
foydalanishda bir ifoda davomida bittadan ortiq taqsimlashlarni, hamda, ko‘paytmalarni qavslarsiz yozish mumkin emas.
Birliklarning belgilari va nomlari masalan, sek (shuningdek, s va, soniya uchun); kv. mm (shuningdek mm2; va millimetr kvadrat uchun); sm-kub (shuningdek, sm3 va kub-santimetr) kabilar uchun abbreviaturalarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi. SI birliklari va boshqa birliklar uchun, ushbu risolaning yuqoridagi bo‘limlarida keltirib o‘tilgan belgilardan foydalanish majburiydir. Shu
tarzda, ikkiyoqlama mujmal ma’noli holatlar hamda, anglashilmovchiliklar yuzaga kelishining oldi olinadi.
5.2 Birliklarning nomlari.
Birliklarning nomlarini, odatda, tik harflar bilan yoziladi va ular ot so‘z
turkumiga mansub bo‘ladi. O‘zbek tilida, birliklarning nomlari, so‘z boshida,
yoki sarlavhada qo‘llanilgan holatlardan tashqari boshqa barcha holatlarda
(garchi, uning belgisi, atoqli otga mansub, katta harf bilan yoziladigan belgi
bo‘lsa ham), kichik harflar bilan yoziladi. Ushbu qoidaga muvofiq, ºC belgisi
bilan yoziladigan birlik nomi uchun, imlo qoidasi «Selsiy gradusi» (birlik nomi -
«gradus» kichik g harfi bilan, turlanuvchi ot Selsiy esa, katta S harfi bilan
yoziladi, chunki, Selsiy – atoqli otdir) tarzida bo‘ladi.
Aksariyat hollarda, fizik kattaliklarning qiymatlari, son va belgilarning o‘zi orqali ifodalanish bilan cheklanadi; biroq, to‘liq mufassal tushuntirish talab etiladigan ayrim holatlar uchun, fizik kattalik qiymati va uning birliklarining nomi so‘zma-so‘z to‘liq keltirilishi mumkin.
Birlik nomi bilan o‘nli karrali va ulushli qiymatning old qo‘shimchasi birgalikda kelsa, birlik va old qo‘shimcha nomi, hech qanday oraliq bo‘sh joy tashlamasdan va defis belgisi (-) qo‘yilmasdan, o‘zaro birlashtirib yoziladi. Old qo‘shimcha va birlik nomining o‘zaro kombinatsiaylari – alohida mavzu. Bu haqida, 3-bobning 3.1 bo‘limiga murojaat eting.
Xalqaro hujjatlarda (farang va ingliz tillarida), hosilaviy birlik, alohida birliklarning ko‘paytmasidan keltirib chiqarilgan bo‘lsa, birliklarni aralashtirib yubormaslik uchun, ular orasi bo‘sh joy qoldirilgan tarzda ham, yoki, defis bilan ham yozilishi mumkin.
Xalqaro hujjatlarda ham, shuningdek, o‘zbek tilida1 ham, «kvadrat» hamda, «kub» daraja ko‘rsatkichlari, birliklarning ikkinchi va uchinchi darajaga ko‘tarilishini ifodalaydi va daraja ko‘rsatkichi, birlikdan keyin yoziladi. Yuza, sirt, maydon va hajm birliklari uchun, «kvadrat» hamda, «kub» so‘zlarining o‘zini ishlatilaveradi. Agar birlik, yuza yoki hajmni ifodalamasa, uning ikkinchi va uchunchi daraja ko‘rsatkichlari uchun «kvadratda» yoki, «ikkinchi darajada»; hamda, «kubda» yoki, «uchinchi darajada» shaklidagi ifodalar ishlatilishi lozim.
1 O‘zbek tilida birliklarning yozilishi imlo qoidalari haqida, ilovada batafsil to‘xtalamiz.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə