Xalqaro birliklar tizimi – si



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə39/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Nomi
Belgi
joul
J
gers
Hz
metr m
soniya s
amper A
vatt Vt
ms, millisekund; m s; hamda,
metr karra soniya
To‘g‘ri: m∙kg/(s3∙A); m∙kg∙s‒3∙A‒1
noto‘g‘ri: m∙kg/s3/A m∙kg/s3∙A
2.6 m/s;
2.6 metr taqsim soniya;
Soniyasiga
2.6 metr.
To‘g‘ri: milligarmm, kilopaskal;
noto‘g‘ri: milli-gramm, kilo-paskal
paskal soniya; yoki,
paskal-soniya
Metr taqsim soniya kvadrat;
kvadrat santimetr;
kub millimetr; amper taqsim kvadrat metr;
kilogramm taqsim kub metr.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
45
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
O‘zbek tili va ingliz tillarida, maydon va hajm birliklari uchun daraja ko‘rsatkichlari, birlik belgisidan oldin ham keyin ham qo‘yilishi mumkin.
5.3 Fizik kattaliklarning qiymatlarini ifodalash borasidagi imloviy va uslubiy qoidalar.
5.3.1 Fizik kattaliklarning qiymati va uning son ifodasi, hisoblashlarda kattaliklarni qo‘llash.
Fizik kattaliklarning qiymatlari, sonlar hamda, belgilar orqali ifodalanadi va sonning belgiga ko‘paytmasi, mazkur kattalikning tegishli birlikda ifodalangan son qiymati bo‘ladi. fizik kattalikning son qiymati, uning uchun qanday birlik tanlanganligiga bog‘liqdir. Ya’niki, muayyan fizik kattalikning qiymati, tanlangan birlikka bog‘liq emas, biroq, ushbu qiymatning son ifodasi, turli birliklarda har xil bo‘lishi mumkin.
Fizik kattaliklarni ifodalovchi belgilar – kursiv shriftda yoziladigan yagona belgilar turkumi bo‘lib, ular, quyi va yuqori indekslar, yoki, qavslar orqali qo‘shimcha axborotlar bilan ta’minlanishi mumkin. Misol uchun, C – issiqlik sig‘imi uchun tavsiya etilgan belgi bo‘lib; Cm - Molyar issiqlik sig‘imini; Cm, p -
o‘zgarmas bosim ostidagi molyar issiqlik sig‘imini; Cm,V esa – o‘zgarmas hajmdagi Molyar issiqlik sig‘imini ifodalaydi.
Fizik kattaliklar uchun tavsiya etilgan nom va belgilar, ISO 31 Birliklar
va belgilar; IUPAP SUNAMCO Red Book, Belgilar, Fizik Nomenklatura va birliklar; hamda, IUPAC Green Book, Fizik kimyo kattaliklari, birliklari va belgilari singari manbalarda batafsil keltirilgan. Shunga qaramay, o‘ranitlgan qoida bo‘yicha yozilishi va ishlatilishi majburiy bo‘lgan, birliklarning belgilaridan farqli ravishda, bunday manbalarda kattaliklar uchun keltrilgan belgilar – tavsiya maqomidadir (ya’ni ulardan foydalanish yoki foydalanmaslik ixtiyoriy). Ayrim hollarda, muallif, aynan bir belgining, ikki xul turli fizik kattaliklar uchun qo‘llash oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan chalkashliklarni oldini olish maqsadida, muayyan bir fizik kattalik uchun, o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgi tanlashi mumkin. Bunday hollarda, ishlatilayotgan belgining qaysi fizik kattalikka tegishli ekanligi va uning mohiyati, aniq va alohida ravishda bayon qilib o‘tilshi shart. Lekin, bunday tarzda ifodalangan fizik kattalik nomi ham, uning belgisi ham, alohida turdagi, maxsus birlikni qo‘llshni nazarda tutmasligi kerak.
Birliklarning belgilari – matematika ifoda tarzida qabul qilinadi. Fizik kattalik qiymatining son ifodasi uchun ham, shuningdek, uning birligining belgisi uchun ham, algebraning odatiy qoidalari tadbiq etilishi mumkin. Bunday jarayonni, kattalikni hisoblash, yoki, fizik kattalik algebrasi tarzida tavsiflanadi. Masalan, T=293 K ifoda, shunga teng muqobil variantda, T/K=293 shaklida ham yozilishi mumkin. Odatda, qulaylik bo‘lishi uchun, fizik kattalikning xos nisbatlarini hamda, uning belgisini jadvallarning bosh satrida joylashtiriladi va bunday jadvalda, muayyan fizik kattalikning son qiymatlari oddiy raqamlar bilan ifodalanadi. Misol uchun, bug‘ bosimi va haroratlarining nisbatlarini, hamda ularning o‘zaro natural logarifmini ifodalovchi jadval quyidagi kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə