Xalqaro moliya-kredit



Yüklə 64,7 Kb.
səhifə1/5
tarix24.05.2023
ölçüsü64,7 Kb.
#112677
  1   2   3   4   5
Nurmuxammatova Marjona kurs ishi 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

XALQARO MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI


Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari nazariyasi” FANIDAN




KURS ISHI

Mavzu: “JORIY (SPOT) VALYUTA OPERATSIYALARI, ULARNING MOHIYATI VA AMALGA OSHIRISH TARTIBI”




Bajardi: Nurmuxammatova Marjona
“Moliya” fakulteti, Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari yo‘nalishi,
MXVKM-70/22-guruh talabasi.
Ilmiy rahbar: Katta o’qituvchi Mirzayev.M

TOSHKENT-2023



REJA:
Kirish.
Asosiy qism.
1. JORIY (SPOT) valyuta operatsiyalari, ularning mohiyati va amalga oshirish tartibi.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Spot ayirboshlash kursi - bu ma'lum bir vaqtda bir valyuta boshqa valyutaga sotiladigan joriy miqdor. Bu savdogar boshqa valyutani sotib olish uchun to'laydigan ochiq bozor narxidir. Umuman olganda, spot ayirboshlash kurslari global valyuta bozori tomonidan tartibga solinadi, bu erda tashkilotlar, mamlakatlar va valyuta savdogarlari moliyaviy operatsiyalar va investitsiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradilar. Valyuta dunyo bo'ylab eng keng likvid bozor bo'lib, har kuni trillionlab valyutalar muomalada bo'ladi.
Jahon valyuta bozorida eng ko'p sotiladigan valyutalar AQSh dollari, Britaniya funti, Kanada dollari, evro va yapon iyenasidir. Biroq, savdo jarayoni deyarli butun dunyo bo'ylab transmilliy korporatsiyalar, to'siq fondlari, davlat institutlari, investitsiya fondlari va sug'urta firmalari o'rtasida amalga oshiriladi. Tranzaksiya faoliyati kreditlar, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar, import va eksportni moliyalashtirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xaiqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo'yildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining me’yoriy darajadan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g ‘risida”gi farmoni1 bilan milliy valyutani xorijiy valyutalarga konvertirlash muammosi hal etildi.

2019-yil 22-oktyabr kuni Prezidentimiz “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.


Qonunning maqsadi valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Jumladan, Qonun Oʻzbekiston Respublikasining valyutaga oid yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda valyutani tartibga soluvchi davlat organi – Markaziy bank belgilangan. Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida:
* valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
* valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalaydi va tartibga soladi;
* banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining limitlarini belgilaydi;
* umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq valyuta operatsiyalarining va tashqi sektorning statistikasini tayyorlaydi hamda eʼlon qiladi;
* rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibini belgilaydi, shu jumladan, valyutani nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda belgilaydi;
* Oʻzbekiston Respublikasi banklari uchun valyuta operatsiyalari hisobi va hisoboti shakllarini hamda ularni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
* tashqi sektor statistikasini tuzish uchun barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilishi majburiy boʻlgan valyuta operatsiyalarining hisobi va hisoboti shakllarini belgilaydi;
* Oʻzbekiston Respublikasi banklarining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishga doir faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradi.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida valyuta operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Bundan tashqari, Qonunda Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish belgilanib, bu faqat Oʻzbekiston Respublikasi banklari orqali amalga oshiriladi.2
Qonunda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi banklarining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan. Qayd etilganidek, jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Oʻz navbatida jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish yuz million soʻm ekvivalentdan ortiq boʻlmagan summada amalga oshiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi banklari bundan mustasno.2021-yilning 15-fevralidan boshlab, ichki valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta oldi-sotdi savdolari bo‘yicha quyidagilar joriy etildi:

  • O‘zbekiston respublika valyuta birjasida savdo sessiyalari amaldagi “fiksing” usulidan “koll auksion” va ikki tomonlama uzluksiz auksion “metching” savdo usullariga o‘tkazilishi;

  • Valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha savdo sessiyalarining soat 10:00 dan 15:00 gacha “Onlayn platforma” orqali amalga oshirilishi;

  • Valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha hisob-kitoblarning hozirda mavjud T+0 (bugungi ish kuni) shaklidan T+1 (keyingi ish kuni) shakliga o‘tkazilishi;

  • Tijorat banklarining valyuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan ishtirok etish amaliyotidan voz kechgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan valyuta operatsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta pozitsiyasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, Markaziy bankning valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish,O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun chet el valyutalarining so‘mga nisbatan rasmiy kurslari kunlik belgilanadi va har bank ish kuni soat 16:00 da Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Shu bilan birga, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qarorda valyuta bozorini rivojlantirishning keyingi bosqichlarida valyuta operatsiyalari bo‘yicha savdo ishtirokchilarining umume’tirof etilgan eng namunali amaliyotlarni o‘z ichiga olgan “Etika kodeksi”ning qabul qilinishi hamda tijorat banklarining “market-meykerlar” sifatida ishtirokini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga beriladigan imtiyoz va majburiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi “Market-meykerlik faoliyati to‘g‘risida"gi me’yoriy hujjat ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.3
Muxtasar qilib aytganda, mazkur Qonun mamlakatimizda valyutani tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligini taʼminlash, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining noqonuniy aralashuviga yoʻl qoʻymaslik, valyutani tartibga solish va nazorat qilish tizimining birligi, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda bozor mexanizmlariga asoslanish kabi iqtisodiyotdagi dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan.
JORIY (SPOT) valyuta operatsiyalari, ularning mohiyati va amalga oshirish tartibi
Spot operatsiyalari spot bitimi tuzilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalaridir.
Spot yuqori riskli valyuta operatsiyasi hiosoblanadi va uning yuqori riskliligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
1. Spot operatsiyasini amalga oshirish vaqti juda qisqa bo’lganligi sababli unda sug’urta elementlarini qo’llab bo’lmaydi.
2. Spot operatsiyasining 90 foizga yaqin qismi 5 ta xalqaro zaxira valyutalarda amalga oshiriladi va ularning barchasi erkin suzish rejimiga ega.
3. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi ayrim omillarni prognoz qilish imkonini yo’qligi.
Spot operatsiyalari spot kurslar asosida amalga oshiriladi.Spot kurs deganda spot bitimi tuzilayotgan paytda belgilab qo’yiladigan valyuta kursi tushuniladi va bu kurs ikki ish kuni mobaynida o’zgarmasdan qoladi.
Spot kursini aniqlashning birja usuli va birjadan tashqari usuli mavjud.
Taraqqiy etgan davlatlarda va qator o’tish iqtisodiyoti mamlakattlarida, birja usulida spot kurs valyuta birjalarining savdo zallarida dilerlar, maklerlarning ochiq savdo qilishlari natijasida aniqlanadi. Shunisi xarakterliki, AQSH dollari, yevro, Angliya funt sterling va Shveytsariya frankining kursi verguldan keyin to’rttagacha birlikda aniqlanadi.
Valyuta birjalarining savdo zallarida valyuta savdosi faqat oxirgi ikkita raqam bilan amalga oshiriladi. Hech qaysi diller ikkita raqamdan oldinda turgan raqamlarni hech qachon aytmaydi.
Har bir spot bitimi bo’yicha alohida spot kurs aniqlanadi. Tijorat bankining har bir dileriga valyutalarni sotib olish va sotish bo’yicha limit belgilanadi. Diler o’sha limit doirasida valyutalarni spot sharti bo’yicha sotib olish va sotishni amalga oshiradi.
Valyuta birjasida komputer dasturi spot operatsiyalaridagi talab va taklifga qarab milliy valyutaning oldi-sotdi qilinayotgan yetakchi xorijiy valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursini aniqlaydi.Masalan, London vaqti bilan soat 11.00da Buyuk Britaniya funt sterlingining, Frank-furt-na Maybe shahrida esa soat 13.00da yevroning yetakchi xorijiy valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursi aniqlanadi va butun dunyoga e’lon qilinadi.4
Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining aniqlanishi fiksing deb ataladi.
Bugungi kunda respublikamizda tijorat banlari valyuta operatsiyalarini rivojlantirish borasida bir qator muammolar mavjud bo’lib, ular:

  1. Xorijiy valyutalarga bo’lgan barqaror talabning yuzaga kelmaganligi bu holatda Respublika valyuta birjasida AQSH dollarini sotib olishga talab uzluksiz ortib borayotganligi ko’riladi. Buning natijasida esa so’mning AQSH dollariga nisbatan almashinuv kursi to’xtovsiz pasayib bormoqda.

  2. Mamalakatda joriy valyuta bozorining likvidligini taʼminlash imkoniyati yuzaga kelmagan. Buning natijasida Oʻzbekiston banklari tomonidan muddatli valyuta operasiyalari deyarli amalga oshirilmaydi.

  3. Korxona va tashkilotlarning joriy valyuta hisob varaqalarini yuritish tartibi haddan ziyod rasmiylashtirilgan va bitimlarning obʼektiga qarab yoʻnaltirilgan. Natijada korxonalar faqat belgilangan tovarlarni xarid qilish uchungina toʻlovni amalga oshirish xuquqiga ega. Bu tovarlarni xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida hamda mijozga xizmat koʻrsatuvchi bankda albatta qayd etilishi kerak.

  4. Tijorat «spot»kurslarining bozor bahosini shakllantirishda ayrim muammolarni mavjudligi. Bu joriy savdo operatsiyalarini, banklarning depozit ssuda operatsiyalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladi, chunki bunda kursning keskin va favqulotda oʻzgarish xavfi saqlanib qoladi. Xalqaro hisob-kitob operatsiyalari toʻlov nisbatan yuqori darajada kafolatlangan hisob-kitob shakllarida amalga oshipilmoqda. Oʻzbekictonda xujjatlashtipilgan akkpeditiv bilan xujjatlashtirilgan inkassadan asosiy hisob-kitob shakli sifatida foydalanilmoqda.

Hozirgi paytda valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy omil - bu valyutaning ichki va tashqi erkin ayrboshlanishidir. Valyutani erkin ayrboshlashning yoʻqligi, Markaziy bank tomonidan qatʼiy belgilangan almashtirish kurslarining oʻrnatilishini valyuta operatsiyalariga boʻlgan qiziqishni sezilarli darajada soʻndiradi. Ichki ayrboshlashdagi cheklovlar birinchi navbatda mahalliy banklarga valyuta tushumlarini va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdan kelishi mumkin boʻlgan foydadan mahrum qiladi. Tashqi valyuta ayrboshlashishning erkin emasligi birinchi navbatda chet eldagi sarmoyadorlarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga boʻlgan qiziqishni ancha sustlashtirgan. Buning natijasida xorijiy sarmoyalar natijasida kelib tushishi mumkin boʻlgan valyuta tushumlarining ancha qismidan mahrum boʻlganmiz.
Kapitallar xarakati boʻyicha cheklov ham investitsiya jarayonlarini ancha susaytirdi. Oʻzbekiston Pespublikasida qonuniy toʻlov vositasi Oʻzbekiston soʻmi boʻlgani uchun, barcha investitsion proektlar, qarzlar, kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank orqali amalga oshiriladi. Bu esavalyutani Markaziy bank oʻrnatgan narxlarda sotishni koʻzda tutadi va albatta bunday holat korxona (firma)larning zarar koʻrishiga olib keladi. Natijada kapitallarning respublikaga oqimi juda past va bu ham oʻz navbatda oltin- valyuta rezervlarini oshishga yordam bermaydi. Oltin valyuta rezervlarining past darajada boʻlishi esa, oʻz navbatida, konvertasiyani ochib yuborishga xalaqit beradi, chunki xukumat ochiq konvertasiya sharoitida oʻzining barcha oltin-valyuta zahiralaridan ajralib qolishdan qo’rqadi.
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri bu mamlakatdagi “Monitar-oltin” siyosati.
Ma’lumki, Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi intervensiyalari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinning sotib olinishi natijasida iqtisodiyotga chiqarilgan pul mablag‘larini sterilizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Yuzaga kelgan “ortiqcha” likvidlikning kamaytirilishi inflyatsiya bosimining keskin o‘sishi hamda makroiqtisodiy nomutanosibliklarning oldini olish bo‘yicha zaruriy choradir. Aks holda, pul massasi sotib olingan monetar oltin qiymatida qo‘shimcha ravishda o‘sib boradi.
Ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zahiralarining “neytralligi” tamoyiliga asoslanadi.
Olti-valyuta zahiralarining “neytralligi” tamoyili yil davomida Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida sotilgan valyuta mablag‘larining sof hajmi ushbu davrda sotib olingan monetar oltin qiymati doirasida bo‘lishini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, Markaziy bank ichki valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirishda pul massasining keskin o‘sishining oldini olish vazifalaridan kelib chiqib, mavjud oltin-valyuta zahiralarini ishlatish yoki ularni ko‘paytirishni ko‘zlamaydi.
Bunday yondashuv o‘zgaruvchan almashuv kursi rejimiga mos bo‘lib, Markaziy bankning ichki valyuta bozorida ishtirok etmasligi yoki minimal darajada ishtirokini nazarda tutadi.2019-yil davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilardan monetar oltin sotib olinishi natijasida 36,6 trln. so‘m pul mablag‘lari emissiya qilingan (qo‘shimcha chiqarilgan) bo‘lib, ushbu yuzaga kelgan “ortiqcha” likvidlikni bartaraf etish maqsadida Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida 33,6 trln. so‘m ekvivalentidagi xorijiy valyuta sotildi. Agarda, Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida intervensiya operatsiyalari amalga oshirilmaganda, 2019-yil davomida pul massasi 
(M2 agregati) qo‘shimcha 36,6 trln. so‘mga oshib, ushbu holat inflyatsion bosimning kuchayishi hamda so‘mning almashuv kursi oshishini yuzaga keltirar edi.
Aksariyat oltin ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda oltin eksporti asosan, Markaziy bank ishtirokisiz, korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Markaziy bankning ichki valyuta bozorida ishtirokiga zaruriyat bo‘lmasdan, oltin sotishdan tushgan tushum ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda foydalaniladi yoki ichki valyuta bozorida sotiladi.
Markaziy bank oltin-valyuta aktivlarini samarali boshqarish 
(shu jumladan, xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi vaziyatni tahlil qilish va oltin narxini prognoz qilish) va oltin-valyuta zahiralarida xorijiy valyutadagi likvidlikni ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, monetar oltinni sotish operatsiyalarini amalga oshiradi.
Bunda, tashqi bozorda sotilgan monetar oltin hajmi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan hajmdan farq qilishi mumkin.
Shu bilan birga, monetar oltin eksportidan tushgan xorijiy valyutadagi tushum hajmi Markaziy bankning ichki valyuta bozorida sotilgan xorijiy valyuta, ya’ni valyuta intervensiyasi hajmiga mos kelmasligi mumkin.
Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi faoliyati va uning valyuta operatsiyalarining almashuv kursiga ta’sirini baholashning bilvosita ko‘rsatkichlaridan biri yil davomida oltin-valyuta zahiralari hajmining o‘zgarishidir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil davomida Markaziy bank oltin-valyuta zahiralari 237 mln. dollarga (narxlar o‘zgarishi hisobga olinmagan holda) oshib, ushbu davrda milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 13,9 foizga qadrsizlandi. Bu o‘z navbatida, Markaziy bank valyuta kursining fundamental o‘zgarishida zaxira aktivlaridan foydalanmaganligini ko‘rsatadi. Milliy valyuta almashuv kursining dinamikasi, ichki valyuta bozorida talab va taklif darajasini belgilaydigan tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta’sirida shakllandi5.
Lekin asosiy muammo - bu import hajmining yuqoriligi va eksport tarkibining optimal emasligidir. Respublikamiz millionlab AQSh dollarlarini asbob uskuna, yangi texnologiyalar, nou-xau, bundan tashqari mashinalarni xarid qilishga sarflaydi. Bu sarflarni qoplash uchun yetarli darajada valyuta tushumlari boʻlishi lozim. Mijozlar bilan amalaga oshiriladigan valyuta operasiyalarida ham bir qator muammolar mavjud. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida banklar tomonidan faqatgina hujjatlashtirilgan akkreditiv va inkassadan usullarida foydalanish. Boshqa hisob-kitob usullari Oʻzbekiston amaliyotida qoʻllanilishi chegaralangan. Xalqaro amaliyotda bank oʻtkazmasi, akkreditivning boshqa shakllari, chek va veksellardan ham foydalaniladi. Bu usullarning joriy etilishi valyuta operatsiyalarini takomillashtir ishgaxizmat qilgan boʻlar edi. Chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalarida ham ularni hisobga olish boʻyicha baʼzi muammolar mavjud. Jumladan valyutani birjadan sotib olish jarayonining uzoq davom etishi, kurs farqini yuzaga kelishi oqibatida buxgalteriya hisobida qayta baholash ishlarini qiyinlashishiga olib keladi. Valyuta konversion boʻlimlarida valyuta sotish va sotib olish operatsiyalari ham toʻla shakllanmagan. Bunga sabab: valyutalarni bir xilligi –faqat AQSh dollari, valyuta sotish va sotib olishdagi cheklovlar, qora bozor va bank kursi orasidagi farqlar hisoblanadi. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” tardiqlandi (joriy yilning 31 avgust kuni Adliya vazirligida 3281-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi). Ushbu Qoidalarga muvofiq, valyutani tartibga solish sohasidagi tartibotlar soddalashtirilib, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normalar bekor qilindi. Shu bilan birga, amaldagi meʼyoriy hujjatlarni unifikasiya qilish maqsadida 5 ta normativhuquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilib, ulardagi normalar xalqaro tajribagamuvofiq yagona hujjatda oʻz aksini topdi. Ushbu hujjat bilan: tijorat banklari tomonidan rezidentlar va norezidentlarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi; ichki valyuta bozorida xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish tartibi; jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibi; tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini O’zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 3 may 2023-yildan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.6
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Yüklə 64,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə