Xalqaro Nordik Universiteti 3-mmt-23-guruh 1-kurs talabasi Xudayberganova Nasiba Polvanonnaning



Yüklə 20,48 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü20,48 Kb.
#160604
1   2   3   4   5   6
Xudoyberganova Nasiba maktabgacha ta\'lim asoslari

Demak, bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishida birinchi navbatda oilaning, ota-onaning hamda uning o'rab turgan muhitning o'rni va ahamiyati katta ekan.
Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va xalqiga murojaatnomasi[6]da yangi O'zbekistonda uchinchi Renesansni barpo etishda beshta xalqa ichida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini va oilani, beshta ustun ichida esa maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalarnining hamkorlikdagi muhim mas'uliyatli vazifalariga to'xtalib o'tgan edilar.
Shu bilan birga I.V. Grosheva, L.G. Evstafeva, D.T. Maxmudova, Sh.B. Nabixanova, S.V. Pak, G.E. Djanpeisova, M.R. Isxakova[7]lar ham bu mavzu yuzasidan "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturini ishlab chiqishgan. Bu dasturda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarining har biriga alohida ilmiy-uslubiy yondoshilgan.
Bugungi kunda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishda biz 2020 yil 22 dekabrda qabul qilingan maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim standartlariga ko'ra ish yuritamiz. Bu standartga ko'ra bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari quyidagilardan iborat:
> jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;
> ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
> nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari;
> bilish jarayonining rivojlanishi;
> ijodiy rivojlanish.
"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasidagi o'quv-tarbiyaviy faoliyatyakunlanganidan so'ng 6-7yoshli bola:
o„z imkoniyatlari va yoshi bilan bog'liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko'rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg'un ravishda va maqsadli bajarishni biladi; turli hayotiy va o'quv vaziyatlarida mayda motorika ko'nikmalaridan foydalanadi;
o„z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;

Yüklə 20,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə