Xalqaro Nordik Universiteti 3-mmt-23-guruh 1-kurs talabasi Xudayberganova Nasiba Polvanonnaning


Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qo‘llanila boshlandi



Yüklə 20,48 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü20,48 Kb.
#160604
1   2   3   4   5   6
Xudoyberganova Nasiba maktabgacha ta\'lim asoslari

Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qo‘llanila boshlandi.
Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan mutaxassisning ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yilgan talabdir. U davlat ixtiyorida bo‘lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo‘lib, u o‘quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan ta’limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladi.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim – o‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish imkoniyatidir.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta’limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab o‘qituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir.
Bugungi kunda dunyo ta’limini yangilashning asosiy yo‘nalishi ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko‘ra olish, unda tizimli faoliyat ko‘rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.

Yüklə 20,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə