Xalqaro Nordik Universiteti 3-mmt-23-guruh 1-kurs talabasi Xudayberganova Nasiba Polvanonnaning



Yüklə 20,48 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü20,48 Kb.
#160604
  1   2   3   4   5   6
Xudoyberganova Nasiba maktabgacha ta\'lim asoslari


Xalqaro Nordik
Universiteti 3-MMT-23-guruh

1-kurs talabasi
Xudayberganova Nasiba
Polvanonnaning
“Maktabgacha ta’lim asoslari “
fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga
ta’lim berishda kompetentsiyaviy
yondashuv.
Reja:
1.Kompetentsiya haqida tushuncha .
2.Bola rivojlanish sohalarining kompetentsiyalari.
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal
qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan
muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga
tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga hos
xususiyatdir.
Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli tushuncha bo’lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo‘lishi lozimligini talab etadi. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib o‘ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy rivojlantiruvchi o‘yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta’lim mazmunini oshiradi
Kompetensiya (lotincha “competo” so‘zidan olingan bo‘lib, “erishaman, muvofiqman, mos kelaman” ma’nolarini beradi) — kishi egallagan muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar majmuasini anglatadi.

Yüklə 20,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə