Xalqaro Nordik Universiteti 3-mmt-23-guruh 1-kurs talabasi Xudayberganova Nasiba Polvanonnaning



Yüklə 20,48 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü20,48 Kb.
#160604
1   2   3   4   5   6
Xudoyberganova Nasiba maktabgacha ta\'lim asoslari

O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:  jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;  ijtimoiy-hissiy rivojlanish;  nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;  bilish jarayonining rivojlanishi;  ijodiy rivojlanish
Maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishda bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, bo‘sh vaqtlardan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, bolalar uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Buning uchun innovatsion usullardan biri bo’lgan “Keys-stadi” texnalogiyasidan maktabgacha ta’lim tashkilotida ham foydalanish bolalarni faol ta’lim olishga undaydi. Bu usulni qo‘llash orqali tarbiyachi bolani berilgan savolga to‘g‘ri javob berishga o‘rgatadi. Bolalarga ko‘proq kitob o‘qib berish yoki kitob sovg‘a qilish ularni so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda xotirasi va tafakkurini o‘stiradi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2019-yil 20-martdagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi 5 muhim tashabbusning 4-chisi “Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish”ni MTTdan boshlash zarurligini ta’kidlash lozim. Tarbiyachilar vazifasi bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan va ularning ijodiga keng erkinlik beradigan ta’lim imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib qoladi. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikdagi ishlari ham muhim sanaladi.
Bunda:  ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;  ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;  ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;  ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish lozim. Xo‘sh, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning tayyorgarligi qanday bo‘lishi kerak? degan muhim savol yuzaga keladi. Bolalarni maktabga muvoffaqiyatli o‘qishi uchun ularni fanlar bo‘yicha mazmunli tayyorgarligi muhim emas. Chunki uni haddan ziyod yuklatish o‘qishga bo‘lgan xohishni susayishiga olib keladi. Asosiysi, uni psixologik jihatdan maktabga tayyorgarligi, bilishga qiziqishi, o‘zini nazorat qila olish malakalarini, kommunikativ va ijodiy qobilyatlarini, nutqini, xotirasini, diqqatini, tafakkurini rivojlanishining ma’lum darajasini shakllantirishdir.
Ko‘rib turibmizki, bolalarni maktabga tayyorlash katta yoki tayyorlov guruhlarida emas, balki bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan kunidanoq boshlanishi lozim. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, uni oldinroq ham boshlash mumkin. Chunki bolaning diqqati, qiziquvchan va ba’zi bir topshiriqlarni mustaqil qilishi qiyin bo‘lganidek, uni qisqa muddat ichida birgalikda qandaydir vazifalarni yechishga kelishishga o‘rgatish ham mushkul bir vazifadir. Bu borada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining savodxonligi muhim sanaladi. Shuni ta’kidlash lozimki tarbiyachi rivojlanmasa, maktabgacha ta’lim rivojlanmaydi. Tarbiyachining rivojlanishi esa, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, ta’lim-tarbiyani uyg‘unlashtirgan holda yangiliklar yarata olish, xalq pedagogikasini chuqur bilishi bilan xorij tajribasi yangiliklarini o‘zlashtirib, o‘z faoliyatini boyitib borishi va ularni amaliyotda qo‘llay olishi bilan ahamiyatlidir. Maktabgacha ta’lim boshlang‘ich ta’limning poydevori sanaladi. Poydevor mustahkam bo‘lsa imorat uzoq yillar qad ko‘tarib turadi. Shunday ekan kelajagimiz davomchisi bo‘lgan yosh avlodga har tomonlama komil inson qilib, ta’lim- tarbiya berish bugungi kun pedagogining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglamog‘imiz zarur.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishida amalga oshiriladigan vazifalarning huquqiy asosi sifatida "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni xizmat qiladi. Bunda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotlari hamda tarbiyachi pedagoglar, ota-onalarning huquq va majburiyatlari mustahkamlangan. Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishning mavjud shart-sharoitlari va imkoniyatlari, kamchiliklari o'rganilgan hamda 2030 yilgacha bu jarayonda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek birinchi prezidentimiz Islom Karimov hamda amaldagi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma'ruzalari ham bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini o'rganishda metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Bu borada mamlakatimiz mustaqilligining me'mori Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida shunday yozadi;-"Odamzot uchun bir umr zarur bo'ladigan tabiiy ko'nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o'ziga xos va o'ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o'zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo'lishi yoki ega bo'lmasligi, kerak bo'lsa, dunyoqarashi - bularning barchasi avvalo uning tug'ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog'liq ekanini hayot tajribasi ko'p misollarda tasdiqlab beradi.
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay boshlaydi, uning beg'ubor ongi bamisoli bosma qog'oz singari oiladagi, yon-atrofdagi barcha voqea-hodisalarni, ularning zamiridagi taassurotlarni o'ziga shimib-singdirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati, o'zini o'rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi"

Yüklə 20,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə