54
Osonlik va samaradorlikni baholash
PISA 2018 o‘qish savodxonligini baholash dasturida o‘quvchilar sodda matnlarni
o‘qib tushunishlari uchun oson va samarador usul sifatida izohlangan rovon o‘qish
ko‘nikmasi baholanadi. Bu esa o‘quvchilarning, ayniqsa o‘qish
savodxonligi past
darajada bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlari va ko‘nikmalari o‘rtasidagi tafavvutlarni
aniqlash va tushunishda muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Past darajada
o‘qish savodxonligiga ega o‘quvchilar sodda yoki murakkab matnli, yuqori saviyada
tuzilgan o‘qib tushuniish topshiriqlarini bajarishga qiynaladi. Bu fikr ham yosh
ham o‘spirin yoshdagi o‘quvchilarga taaluqli (Rasinski va boshqalar, 2005[100];
Scammaka va boshqalar, 2007[101]).
PISA 2018 tadqiqotlarida baholash va kompyuter yordamida test topshiriqlarini
o‘tkazish 15 yoshli o‘quvchilar o‘qib tushunishga oid
berilgan matnlarni oson va
samarali o‘qishlarini baholash imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek,
o‘quvchilarning sekin o‘qishlari ularning yomon o‘qishlarini ko‘rsatadigan
belgi bo‘lmagani bois, o‘quvchining birlamchi o‘qish tarzining (tezligining)
avtomatlashmaganligi (o‘qish jarayonining g‘ayriihtiyoriyligi) yuqori saviyadagi
o‘qish samaradorligiga nisbatan yetarli bo‘lmasdan, ular o‘zlari o‘qigan ma’lumotni
yaxshi tushunmasligiga olib keladigan dalil bo‘ladi (Rayner va boshqalar, 2001[102]).
Shunday ekan, PISA o‘qib tushunishga oid topshiriqlarda juda past darajadagi
samaradorlikni yaxshiroq tasvirlash va talqin etish uchun osonlik va samaradorlik
ko‘rsatkichiga ega bo‘lish muhimdir. Talab kam bo‘ladigan sharoitlarda o‘qish
tezligini ko‘rsatib beruvchi asosiy ko‘rsatkich ham o‘quvchilar katta hajmli matnlar
yoki murakkabroq savollar bilan ishlaganda qanchalik o‘qish tezliklarini yoki
strategik jarayonlarni nazorat qila olishlarini tadqiq etish kabi boshqa maqsadlarda
qo‘llanilishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, hozirda internetda har qanday matnlarni topish
imkoniyati mavjud bo‘lganligi bois, XXI asr yoshlarining nafaqat qobiliyatli
o‘quvchi bo‘lishlarini, balki samarali o‘quvchi bo‘lishlarini taqozo etadi (OECD,
2011[103]). Oson, samarali yoki rovon o‘qish ko‘nikmasini aniqladigan, harakatga
keltiradigan va baholaydigan usullar ko‘p bo‘lishi bilan birga,
ovoz chiqarmasdan
o‘qishga mo‘ljallangan topshiriqlardan foydalanishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul
to‘g‘rilik va tezlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. O‘quvchi ovoz chiqarmasdan o‘qiganida
og‘zaki o‘qish rovonligi mezonlari o‘quvchining ifodali va she’riy vazn qoidalariga
ko‘ra to‘g‘ri o‘qishlarini baholashda ishlatiladi, ammo, baxtga qarshi, PISA
tadqiqotlari doirasida amal qiladigan barcha tillarda rovon o‘qish ko‘nikmasini
joriy etish va baholashning hozirda imkoni yo‘q. Bundan tashqari, bunday rovon
o‘qish ko‘nikmasini tekshiradigan mezonlar o‘quvchilarning ovoz chiqarmasdan
55
to‘g‘ri va tez o‘qishlariga ta’sir ko‘rsatish yoki ko‘rsatmasligi isbotlanmagan (Eason
va boshqalar, 2013[104]; Kuhn, Shuanenflugel va Meisinger, 2010[105]).
Shunday
ekan, ovoz chiqarmasdan o‘qishga oid topshiriqlaridan PISA tadqiqotlarida
foydalanish mumkin.
PISA o‘qish savodxonligini baholash dasturida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past
darajada bo‘lgan 15 yoshli o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni yaxshiroq
tushunish uchun ularning oson va samarali o‘qish ko‘nikmalarini baholash uchun
baholash jarayonlarining boshlanishiga yaqin muayyan topshiriqlar o‘tkaziladi.
Mazkur topshiriq bo‘yicha o‘quvchilarning to‘plagan natijalari shkalaga solinadi
va asosiy o‘zlashtirish shkalasidan ajratilgan holda izohlanadi. Yuqorida ta’kidlab
o‘tilganidek, yetarli darajada bo‘lmagan o‘qish savodxonligi birlamchi fundamental
bilim va ko‘nikmalarni past darajada ekanini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, baholash
dasturi tilidan boshqa, mahalliy tilda so‘zlashmaydigan test topshiruvchilarning
o‘qish tezligi nisbatan past darajada bo‘lishi va murakkab topshiriqlarni bajarish
uchun yetarli vaqt berilgan taqdirda avval o‘zlashtirilgan
bilimlari yoki strategik
yondashuvlari bois, topshiriqlarni yuqori saviyada bajarishlari ham mumkin.
Shunday ekan, sekin o‘qiydigan, ammo tajribali o‘quvchilarga qaraganda
yetarli darajada fundamental bilimga ega bo‘lmagan o‘quvchilarni farqlashga
ko‘maklashuvchi yaqqol ko‘rsatkichlar sifatida o‘qish ko‘rsatkichining afzal
tomonlaridan foydalanish ma’qul bo‘lgan bo‘lardi.
Bundan tashqari, bir qancha boshqa omillardan biri sifatida, oson va samarali
o‘qish ko‘nikmasini baholash o‘quvchilarni turli guruhlarga ajratishda qo‘llanilishi
mumkin (“Moslashtirilgan testlarning ko‘rib chiqilishi” nomli bo‘limga qarang).
Shunga qaramasdan, avvalgi paragrafda keltirib o‘tilgan sabablardan kelib chiqib,
o‘quvchilarning o‘qish darajalarini ko‘rsatib beradigan yagona ko‘rsatkich
asosiy
mezon bo‘la olmaydi.
Boshqa tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning oson va samarali o‘qish
ko‘rsatkichlari sifatida samarali tarzda qo‘llanilib kelingan topshiriqlardan birida
o‘quvchilardan biror gapni o‘qishni va gapning o‘ziga xos mantiqiy ketma-ketligi
yoki umumiy bilimga tayanib, uning haqiqatga yaqinligi muhokama qilinadi. Ushbu
mezon ham o‘quvchilarning matnni to‘g‘ri tushunishi va uni o‘qish va unga doir
tuzilgan savollarga javob berishga e’tibor qaratadi. Mazkur topshiriq rovon o‘qish
bo‘yicha Voodkok Jonson qo‘shimcha testlari (Uodkok, Makgru va Mater, 2001[62])
va Ovoz chiqarmasdan o‘qish samaradorligi va o‘qib tushunish testida qo‘llanilgan
(TOSREC) (Vagner va boshqalar, 2010[60]). Shuningdek, bu topshiriq PIAAC
o‘qish bo‘yicha topshiriqlar to‘plamida ham ishlatilgan (OECD, 2013[13]; Sabatini
va Brus, 2009[106]). Ayni shunday topshiriq Avstriya
PISA baholash dasturida
ham ishlatilgan bo‘lib, yakuniy test natijasi bilan yuqori darajada o‘xshashlikka (r =
64) ega bo‘lgan (Landerl va Reiter, 2002[107]). B Ilovadagi 1-testda PIAAC o‘qish
56
bo‘yicha topshiriqlar to‘plamidan olingan test namunasi ko‘rsatilgan.
PISA 2018 tadqiqotlarida o‘qish savodvonligi bo‘yicha tuzilgan murakkab
testlardan olingan ma’lumotlar o‘quvchilarning rovon o‘qish ko‘nikmasini
baholashda ishlatilmaydi. Rovon o‘qish topshiriqlariga ilova qilingan chizmalar
va ko‘rsatmalar atayin rovon o‘qish tuzilmasiga (modeliga) qaratilgan. Shuning
uchun, o‘quvchilar savollarga javob berayotganda strategik yoki shu kabi usullardan
foydalanmasliklari uchun topshiriqlar tarkibidagi matnlar qisqa va sodda bo‘lishi
kerak. Bundan tashqari, o‘quvchi matnni o‘qishga sarflaydigan vaqtini qaror qilishga
sarflamasligi uchun topshiriq shartlari o‘quvchidan kam mulohaza yurtishni
talab etadi. Topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning rovon o‘qish ko‘nikmasini
baholash imkoniyati shuncha kam bo‘ladi. Shunday bo‘lsada,
mazkur sikl doirasida
qayd etib boruvchi fayllar (log fayllar) gap tartibida berilgan samaradorlik
topshiriqlari bilan aynan o‘xshash bo‘lgan yangi PISA topshiriqlar to‘plamida
ko‘rsatkichlar mavjudligini tekshirish uchun tahlil qilinishi tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: