Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari (motivatsiyalari)



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari (motivatsiyalari), 
o‘qish amaliyoti va o‘qish strategiyalaridan habardorligi
PISA 2000 tadqiqotlari o‘tkazilganidan buyon o‘qish savodxonligi qamrov 
doirasi (o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan munosabatlari kabi) qiziquvchanlik 
xususiyatlari va o‘qish amaliyotining (masalan, 2.1-rasmida berilgan o‘quvchi 
omillari) ahamiyatli tomonlari yoritib o‘tilgan bo‘lib, bunga muvofiq, o‘quvchi 
so‘rovnomasida ayni shu jihatlarni baholash maqsadida shkalalar va topshiriqlar 
ishlab chiqilgan. Shuni e’tiborga olish lozimki, o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan 
qiziqishlari va o‘qish strategiyalari matn turi va matn mundarijasidan kelib chiqib 
o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun, o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari 
va o‘qish strategiyalarini tekshiruvchi so‘rovnoma topshiriqlarida o‘quvchilar 
o‘zlari kundalik hayotlarida uchratishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar beriladi. Mazkur 
vaziyatlar real hayotiy vaziyatlarga mos bo‘lishi bilan birgalikda, muayyan va aniq 
vaziyatlarga tegishli topshiriqlar berilgan javob natijalarining topshiriqqa dahldor 
bo‘lmagan omillar hisobiga pasayishini oldini oladi.
O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ichki motivatsiyasi va qiziqishlari
“Binobarin, 
motivatsiya
(rag‘bat) (o‘quvchining) o‘qish kabi alohida faoliyat 
turiga nisbatan maqsadlari, ishonchi va e’tiborini ifodalasa, (shu faoliyat turi bilan) 
shug‘ullanish kutilgan natijaga erishish uchun sarflanadigan vaqt, sayi-harakat va 
qat’iyatni ifoda qiladi” (Klauda va Gutrie, 2015,s.240[108]). Bir necha tadqiqotlar 
natijasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning o‘qish bilan bandligi, motivatsiyasi va 
o‘qish amaliyoti o‘qish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq (Beker, Makelvani va 


57
Kortenbruk, 2010[109]; Gutri va boshqalar, 1999[110]; Klauda va Gutri, 2015[108]; 
Mol va Bas, 2011[111]; Morgan va Fuchs, 2007[112]; Pfost, Dorfler va Artelt, 
2013[113]; Schaffner, Philipp va Schiefele, 2016[114]; Schiefele va boshqalar
2012[115]).
PISA 2000 tadqiqotlarida o‘qish bilan bandlik hatto ijtimoiy va iqtisodiy mavqeyi 
bilan bog‘liq bo‘lganidan ko‘ra (o‘qishga nisbatan qiziqish, ichki ishtiyoq, o‘qish 
tarsi yoki o‘qishga nisbatan qiziqishning bo‘lmasligi kabilar) o‘qish qobiliyati bilan 
chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlangan (OECD, 2002[116]; 2010[117]). Boshqa 
tadqiqotlarda o‘qish savodxonligi (avvalroq hosil qilingan o‘qish ko‘nikmasini 
hisobga olmaganda) boshqa o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlarga qaraganda ko‘proq o‘qish 
ko‘nikmasini hosil qilishi ko‘rsatib o‘tilgan (Gutri va Uigfild, 2000[118]). Bundan 
tashqari, savodxonlikni belgilovchi xususiyatlardan biri hisoblangan qat’iyat ham 
o‘quvchilarning maktabdan tashqari samarali o‘rganish va yutuqlarga erishishlari 
bilan bog‘liqdir (Heckman va Kautz, 2012[119]). Shunday ekan, motivatsiya 
(rag‘bat) va shug‘ullanish (bandlik) o‘quvchining o‘qish qobiliyatini yaxshilaydigan 
va o‘quvchilar bilimi orasidagi tafavvutni kamaytiradigan eng kuchli va ishonarli 
quroldir. O‘qish savodxonligi asosiy faoliyat turi hisoblangan avvalgi PISA 
tadqiqotlarida tadqiq etilgan muhim rag‘batlantiruvchi vosita o‘quvchilarning 
o‘qishga qiziqishlari va ichki ishtiyoqlari (motivatsiyalari) hisoblangan. 
O‘quvchilarning o‘qishga qiziqishlari va ichki ishtiyoqlarini nazorat qiladigan 
shkalada ham o‘quvchilar orasida o‘zaro raqobatlatni kamayishiga, ularning 
o‘qishga nisbatan qiziqishlarini susayishiga olib keladigan va yutuqqa erishishlariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omil sifatida o‘qishdan o‘zini olib qochish deb ta’riflangan 
(Klauda va Gutri, 2015[108]; Legault, Green Demers va Pelletier, 2006[120]). PISA 
2018 tadqiqotlari uchun matematika va tabiiy fanlar bilan bir qatorda ikkita boshqa 
rag‘batlantiruvchi omil PISA so‘rovnomasida tadqiq etiladi. Bularga o‘quvchining 
ichki imkoniyati, ya’ni ma’lum topshiriqlarni bajarishda insonning ichki qobiliyati 
hamda o‘z-o‘zini baholash, ya’ni insonning sohaviy bilimlarga oid ichki qobiliyati 
kiradi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə