Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Bo‘limning nomlanishi: Fazo tadqiqoti



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Bo‘limning nomlanishi: Fazo tadqiqoti
Savol 1/5
1-matn
Fazo tadqiqotining oltin davri o‘z yakuniga yetdimi?
Skot Huffington 16-May, 201
1957 yilda Sputnik fazo kemasi fazoga olib chiqilishi bilan, fazo 
tadqiqoti o‘z oldiga hali inson qadami yetmagan joyga birinchi bo‘lib 
borish maqsadini qo‘ygandi. 1961 yilda Yuriy Gagarinning birinchi 
bo‘lib fazoga chiqishi astanavtlar va fazogirlarni rekordni buzishga 
chorlovchi qizg‘in musobaqalarga, mamlakatlar orasida chegaralarni 
kengayishiga va fazogirlarni o‘z vatanlariga shuhrat keltirishiga 
sababchi bo‘ldi. Shunga qaramasdan, 1969-yilning 22-iyulida Neil 
Ammstrongning oy yuzasi ilk bor qadam qo‘yganidan buyon fazo 
tadqiqotlarida pasayish kuzatildi.
O‘shandan beri, fazoni tadqiq etish dasturlari fazo kemalari, fazo 
stansiyalari va sun’iy yo‘ldoshlarni yaratish va harakatga keltirish 
orqali butun e’tiborlarini yer orbitasining quyi qatlamlarida 
muntazam aylanib yurishga qaratdilar. Rossiya fazo kemasi “Mir” 
hamda Amerika fazo kemasi “Sky lab” ayni maqsadlarni amalga 
oshirirgan ilk fazo stansiyalari hisoblandi, ammo ularning bir-
birlaridan mustaqil ishlashlari uchun juda katta mablag‘ talab 
etildi. Hozirda Rossiya, AQSh, Kanada va Yaponiya mamlakatlar 
o‘rtasida olib borilgan keng qamrovli xalqaro hamkorlik aloqalari 
natijasida Xalqaro Fazo Stansiyasi (ISS) yaratildi. Biroq, mazkur 
stansiya endilikda fazogirlarni Marsga olib borish kabi yanada 
kattaroq loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan edi. O‘ttiz 
yil vaqt mobaynida fazoga olib chiqilgan fazo stansiyalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda, ammo haligacha Marsga qo‘nish amalga oshirilmadi.
Bir necha yillar mobaynida, fazo tadqiqotlari g‘oyasi Rossiya 
Federal Agentligi (RKA), AQShdagi Milliy Aeronavtika va Fazo 
Ma’muriyati (NASA) hamda 22 a’zo mamlakatga ega Yevropa Fazo 
Agentligi (ESA) kabi hukumat agentliklarining alohida faoliyat 
sohasi hisoblanadi. Shunga qaramay, tijoratlashtirilgan fazo 
parvozlarini yo‘lga qo‘ygan xususiy kompaniyalarning paydo bo‘lishi 
hukumat tomonidan boshqariladigan va moliyalashtiriladigan fazo 
tadqiqotlarini dasturlarining zaruriyati va ahamiyatini savol ostiga 
qo‘ymoqda. 1983 va 2003 yillarda fazo kemalarining falokatga 
uchragani haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lgach, fazo tadqiqotlariga 
bo‘lgan ishtiyoq va qiziqish ham so‘ndi. Bundan xulosa qilib aytish 
mumkinki, dunyo yangi sarhadlarni kashf etishga bo‘lgan ishtiyoqi 
va qiziqishini yo‘qotdi. Fazo tadqiqotlarining oltin davri ortda 
qoldimikan deb qo‘rqaman. Endilikda biz yer bilan bog‘liq kelajak 
tomon jadal oldimlamoqdamiz.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə