Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Shkalalarni talqin etilishi va uladan foydalanish



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Shkalalarni talqin etilishi va uladan foydalanish
O‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, shkalada aks ettirilishi 
mumkin bo‘lganidek, o‘qish savodxonligiga oid topshiriqlar ularning murakkablik 
darajasi va topshiriqlarga to‘g‘ri javob berishni talab etadigan ko‘nikma darajasini 
ko‘rsatadigan shkala bo‘ylab joylashtiriladi. 
PISA tadqiqotlarida qo‘llanilgan o‘qish savodxonligiga oid topshiriqlar vaziyatlar, 
matn formatlari va topshiriqlarning shartiga hamda murakkablik darajasiga ko‘ra 
har xil bo‘ladi. Bunday o‘zgarish odatda topshiriqlar xaritasi deyiladi. Mazkur 
topshiriqlar xaritasi shkala bo‘ylab turli darajada o‘quvchilar tomonidan bajarilgan 
o‘qish savodxonligiga oid topshiriqlarning ko‘rgazmali ifoda qilinishini ta’minlaydi. 
Topshiriqlarning murakkabligi qisman matnning murakakbligi, hajmi va 
tuzilishiga ko‘ra aniqlanadi. Shunday bo‘lsada, topshiriqning savoli va shartida 
ko‘rsatib o‘tilganidek, o‘quvchining matn bilan ishlash tarzi ham umumiy 
murakkablikka ta’sir ko‘rsatadi. O‘qish savodxonligiga oid topshiriqlarning 
murakkabligiga bir qator boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin, jumladan, 
topshiriqni bajarish jarayonining ajralmas qismi hisoblangan bilish jarayonining 
(tafakkur qilish) murakkabligi ham o‘qish savodxonligiga oid topshiriqlarning 
murakkabligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan hisoblanadi. 
O‘qish savodxonligi qobiliyati darajasini aniqlash
PISA 2018 xalqaro baholash dasturining murakkabligi va qiyinlik darajasini 
saqlab qolish maqsadida o‘qish savodxonligining tarkbiy shkalasi va har bir 
qo‘shimcha shkalalari oltita darajaga ajratildi (1, 2, 3, 4 va 5). Mazkur darajalar, 
PISA 2000 tadqiqotlarida ko‘rsatib o‘tilganidek, PISA 2009 va 2015 tadqiqotlarida 


62
Daraja
O‘quvchilar nima qila olishlari
6-daraja
698
1.1%
6-darajaga mansub o‘quvchilar odatda batafsil va qisqacha xulosa 
chiqaradi, qiyoslay va zidlay oladi. Bunday o‘quvchilar bir yoki bir ne-
cha matnlarni to‘liq va batafsil tushunishini namoyish qiladi va matnlar-
da berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi. Topshiriqlarda o‘quvchidan 
mavhum tushunchalarni umumlashtirish va bir-birga zid ma’noli ma’lu-
motlardan iborat notanish g‘oyalar bilan ishlashni talab etadi. O‘quvchi 
turli mezonlar yoki dunyoqarashlarini hisobga olib, matn chegarasidan 
tashqarida murakkab tarzda idrok etish ko‘nikmasidan foydalanib, nota-
nish mavzudagi murakkab matnni tanqidiy baholaydi. Mazkur darajada 
topshiriqlarni baholash va ajratib olish uchun kerakli shart matndan an-
glashilmagan ma’lumotlarga e’tibor qaratish va tahlil qilishdan iborat. 
5-daraja
626
8.4%
5-darajaga mansub o‘quvchi matndagi qaysi ma’lumot tegishli eka-
nini inobatga olib, murakkab tarzda berilgan ma’lumotni topib, tartibga 
sola oladi. Mazkur topshiriqlar o‘quvchidan muayyan bilim va tajribalar-
ga tayanib, tanqidiy baholash yoki mulohaza yuritishni talab etadi. Talqin 
etish va ta’riflashga qaratilgan topshiriqlar shakli yoki mazmuni noma’lum 
bo‘lgan matnni to‘liq va batafsil tushunishni talab etadi. O‘qish savodxon-
ligining barcha jihatlaridan kelib chiqib, ushbu darajada berilgan topshi-
riqlar odatda mavjud tushunchalarga qarama-qarshi bo‘lgan tushunchalar 
bilan ishlashni taqozo etadi.
4-daraja
553
29.5%
4-darajaga mansub o‘quvchilar berilgan ma’lumotni topib, tartibga so-
ladi. Shuningdek, ular butun bir matn bilan ishlash orqali uning alohida 
qismining tilga oid nozik jihatlarini talqin qiladi. Boshqa ta’riflashga oid 
topshiriqlarda o‘quvchi noma’lum kontekstda berilgan kategoriyalarning 
tushunish va qo‘llash ko‘nikmasini namoyon qiladi. Bundan tashqari, bu 
darajadagi o‘quvchi matnni tanqidiy baholash yoki u haqida mulohaza 
yuritish uchun rasmiy va ba’zan umumiy bilimlaridan foydalanadi. O‘quv-
chi shakli yoki mazmuni noma’lum bo‘lgn murakkab yoki katta hajmdagi 
matnlarning to‘g‘ri tushunish ko‘nikmasini ko‘rsatishi lozim. 
3-daraja
480
58.6%
3-darajaga mansub o‘quvchilar ma’lum tamoillarga asosida tuzilgan bir 
necha ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishni topadi va ayrim hollarda, tushu-
nishga harakat qiladi. Shuningdek, ular matnning asosiy g‘oyasini aniqlash, 
so‘z yoki iboraning ma’nosini talqin qilish yoki bog‘lanishni tushunish 
uchun matnning ayrim qismlarini umumlashtiradi. O‘quvchilardan matn-
dagi ma’lumotlarni qiyoslash, zidlash yoki tasniflashda qatnashadigan qa
-
tor jihatlarga e’tibor qaratadi. Ko‘p hollarda, talab etilgan ma’lumot ko‘zga 
ez tashlanmaydi yoki matnda bir necha zid ma’noli ma’lumotlar mavjud 
bo‘ladi yoki noto‘g‘ri talqin etilgan yoki mavjud g‘oyalarga zid bo‘lgan 
g‘oyalar kabi boshqa qarama-qarshiliklar (ixtilofli ma’lumotlar) mavjud 
bo‘ladi. 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə