Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-jadval. PISA 2015 tadqiqotlarida berilgan tasnif asosida o‘quvchilarning



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

2.4-jadval. PISA 2015 tadqiqotlarida berilgan tasnif asosida o‘quvchilarning 
o‘qish savodxonliklarini ko‘rsatuvchi darajalar 


63
Mazkur daraja berilgan mulohaza yuritishga oid topshiriqlar o‘quvchi-
lardan bog‘lashni, qiyoslashni va tushuntirishni talab etadi yoki ulardan 
matnning o‘ziga xos xususiyatini baholash so‘ralishi mumkin. Ayrim top-
shiriqlarda o‘quvchilardan o‘zlarining avvaldan o‘zlashtirgan, kundalik bi-
lim va tajribalariga nisbatan matnni yaxshi tushunish talab etiladi. Boshqa 
topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilardan uncha katta bilim talab etilmaydi 
va matnni batafsil o‘qib tushunish ham so‘ralmaydi.
2-daraja
407
82.0%
2-darajaga mansub o‘quvchilar ayrim talablarga javob berishi mum-
kin bo‘lgan va ma’nosi ham anglashilishi oson bo‘lgan ma’lumotlarni topa 
oladi. Ular matnning asosiy g‘oyasini, ular orasidagi bog‘lanishlarni tushu-
nadi yoki ma’lumotlari ajratib ko‘rsatilmagan matnning ayrim qismlari 
ma’nosini talqin qiladi va o‘quvchi past saviyada xulosa chiqaradi. Mazkur 
darajada berilgan topshiriqlar matnning yuzaki jihatlari asosida qiyoslaydi 
yoki zidlaydi. Ushbu darajada berilgan odatdagi mulohaza yuritishga oid 
topshiriqlar o‘quvchidan shaxsiy tajriba va munosanbatlariga tayanib, mat-
nga oid yoki unga oid bo‘lmagan bilimlar orasidagi o‘xshashliklarni yoki 
tafavvutlarni aniqlaydi.
1a-
daraja
335
94.3%
1a-darajaga mansub o‘quvchilar yaqqol ko‘rsatib berilgan alohida 
ma’lumotlarni topa oladi, ma’lum mavzuga oid matnda keltirilgan mual-
lifning maqsadi yoki matnning asosiy g‘oyasini tushunadi yoki matnda-
gi ma’lumot va kundalik, umumiy bilimlarni bir-birga bog‘laydi. Odatda, 
matnda talab etilgan ma’lumot ajralib turadi va unda, ayrim hollarda, bir-
-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. O‘quvchi topshiriqdagi va matn-
dagi tegishli jihatlarni bevosita e’tiborga oladi.
1b- 
daraja
262
98.7%
1b-darajaga mansub o‘quvchi hikoya yoki sodda ro‘yhatda bo‘lgani 
kabi ma’lum kontekstdagi sintaktik jihatdan sodda va hajman qisqa tuzilgan 
matnda yaqqol ko‘rinib turgan alohida ma’lumotlarni topa oladi. 1b-daraja 
xos matnlarda odatda o‘quvchilarga yordam beradigan ko‘rsatmalar (ma-
salan, ma’lumotlarning takroran qo‘llanilishi, tasvirlar yoki ma’lum bel-
gilar) beriladi. Matnlarda baxsli xarakterdagi ma’lumotlar kam uchraydi. 
1b-darajaga mansub o‘quvchilar bir-biriga mazmunan yaqin ma’lumotlarni 
bir-biriga sodda tarzda bog‘lash orqali matnlarni talqin qila oladi.
sohaviy yo‘nalishlarini baholashda qo‘llaniladigan tarkibiy shkala uchun saqlab 
qolindi. Shunday bo‘lsa-da, yangidan tuzib chiqilgan topshiriqlar o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining mavjud darajalarini yaxshilashga va PISA 2000 
tadqiqotlari yuqori va past o‘zlashtirish darajalarini oshirishga yordam berdi. 
Shunday qilib, ushbu shkalalarga 6-daraja qo‘shildi va 1-daraja 1a va 1b darajalarga 
ajratildi (OECD, 2012[30]). 
Ushbu darajalar har bir shkala va qo‘shimcha shkalalar ichidagi o‘qish 
savodxonligi talablarini bajarish uchun xizmat qiladi. Berilgan shkala insonning 
qobiliyatiga nisbatan o‘zlashtirishi va topshiriqning qiyinlik darajasiga nisbatan 
murakkabligini umumlashtirib ko‘rsatadi. O‘quvchilar va topshiriqlarni yagona 
shkalada ifodalanishi o‘quvchilarning o‘z qobiliyatlariga mos topshiriqlarni 


64
muvaffaqiyatli bajarishi va o‘zlarining qobiliyatlaridan murakkabroq topshiriqlarni 
muvaffaqiyatli bajara olmasligi haqiqagi ehtimollikni ifodalaydi. 
Masalan, PISA 2015 tadqiqotlarining o‘qish savodxonligi shkalasi 2.4-jadvalda 
ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir o‘zlashtirish darajasining chap tomonida pastroq ballar 
chegarasi (ya’ni, shu chegaradan yuqori yoki shu chegarada ball to‘plagan o‘quvchilar 
ayni shu chegaraga mos yoki undan yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega deb 
hisoblanadi) va darajalarga ajratilgan topshiriqlarni bajara oladigan o‘quvchilar 
foizi ko‘rsatilgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan 
moslashtirilgan, quyidagi jadvalda esa o‘quvchilarning har bir daraja nimalar qila 
olishi ko‘rsatilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘qish savodxonlig shkalasining yuqori qismi hozircha hech 
qanday chegaralanmagan bo‘lib, g‘oyatda iqtidorli o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichlarining yuqori chegarasi haqida noaniqliklar mavjud. Shunday bo‘lsada, 
bunday o‘quvchilar yuqori darajadagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega o‘quvchilar 
sifatida shkalaga kiritiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichining quyi shkalaga mansub 
o‘quvchilar uchun qaysidir darajada murakakbliklar mavjud. Garchi 1b-darajaga 
mansub o‘quvchilarning ham o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash imkoni 
bo‘lsada, bu darajada ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ya’ni ularning nimalarga 
qodirligini tasvirlashning imkoni yo‘q. PISA 2018 xalqaro baholash dasturini 
tuzish jarayonida topshiriqlar o‘quvchilarning 1b-darajadan quyi yoki shu darajada 
tushunish va o‘qish ko‘nikmasini baholash uchun mo‘ljallangan edi.
Izohlar
1. PISA 2015 baholash dasturi doirasida ayrim dinamik navigatsion imkoniyatlar 
tasodifan kiritilgan edi. Bu esa sohaviy yo‘nalishdagi materiallarning 
moslashtirilishi natijasi bo‘lib, ular bosma materiallar ko‘rnishi va kompyuterda 
bajarilishi uchun mo‘ljallangan edi. Avvlagi sikllarda juda ko‘p odatdagi 
(elektron tarzda bo‘lmagan) matnlar kiritildi. Garchi ular imkoni boricha 
bozma matnlarga o‘xshatib moslashtirilgan bo‘lsada, odatdagi kompyuter 
ekraniga sig‘ishi uchun hajman qisqartirildi. Shuning uchun, tablar (kompyuter 
ekranidan boshqa erkanga o‘tish imkonini beruvchi panel) va boshqa juda 
sodda navigatsion vositalar ekranda aks etadigan bir sahifadan boshqasiga o‘tish 
imkonini beradigan qilib tuzib chiqildi.
2. PISA 200 o‘qish savodxonligi qamrov doirasida berilgan matnlar katt hajmli 
matn formatida qo‘shimcha ravishda tasniflandi. PISA 200 siklida berilgan 
kichik hajmdagi matnlar (va aralash va murakkab matnlar) ham tasvirlovchi, 
hikoyaviy, izohlash, munozara yuritish yoki ko‘rsatma beruvchi jihatlarga egaligi 
tasdiqlandi.


65

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə