Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

MUNDARIJA
Kirish................................................................................................................................5
O‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida..............................................10
O‘qish savodxonligi mohiyatidagi o‘zgarishlar.................................................10 
2000-2015-yillarda qamrov doirasining davomiyligi va amalga oshirilgan
o‘zgarishlar........................................................................................................13 
PISA 2018 tadqiqoti qamrov doirasining qayta ishlab chiqilishi...................15
Raqamli savodxonlik bilan ishlashning ahamiyati.........................................15 
O‘qish savodxonligida rag‘bat, faoliyat va ichki imkoniyatlar........................18
O‘qish saovdxonligi qamrov doirasining tuzilishi............................................19
O‘qish savodxonligi ta’rifi.............................................................................................19
O‘qish savodxonligi...........................................................................................21 
O‘qish savodxonligi - bu tushunish, foydalanish, baholash,
mulohaza yuritishdir........................................................................................22 
O‘qish savodxonligi - bu muntazam shug‘ullanish demakdir.........................23
O‘qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir..............................23 
O‘qish savodxonligi jamiyatda ishtirok etish, o‘z bilim va ichki
imkoniyatlarni rivojlantirish, oldinga qo‘yilgan maqsadlariga erishishdir...24
O‘qish savodxonligi sohasi............................................................................................24
Jarayonlar..........................................................................................................27
Matn ustida ishlash jarayoni............................................................................29
Rovon o‘qish......................................................................................................29
Ma’lumotni topish............................................................................................29
Tushunish..........................................................................................................31
Baholash va mulohaza yuritish.......................................................................32
Topshiriq bilan ishlash ko‘nikmasi...................................................................33
Matn ustida ishlash bo‘yicha xulosa................................................................34
Matnlar..............................................................................................................35
Manbaa.............................................................................................................37
Tarkibiy va navigatsion struktura....................................................................38
Matn formati.....................................................................................................38
Yirik hajmli matnlar.........................................................................................39
Kichik hajmli matnlar.......................................................................................40
Aralash matnlar................................................................................................40
O‘qish savodxonligini baholash...................................................................................40
Vaziyatlar (Ssenariylar)....................................................................................41
Topshiriqlar........................................................................................................41
Topshiriqlarni taqsimlanishi............................................................................42
Topshiriqni murakkabligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar...................................43


4
Faoliyat turini qamrab olinishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.............47 
Kontekstlar......................................................................................................47
Matn turlari...................................................................................................49
Javob formatlari.............................................................................................52
Osonlik va samaradorlikni baholash............................................................54
O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari (motivatsiyalari), o‘qish
amaliyoti va o‘qish strategiyalaridan habardorligi.......................................56
O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ichki motivatsiyasi va qiziqishlari...........56
O‘qish amaliyoti.............................................................................................57
O‘qish strategiyasidan habardorlik...............................................................57
O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga ko‘maklashuvchi sinf
muhiti va o‘qish amaliyotlari........................................................................58
Moslashtirilgan testlarning ko‘rib chiqilishi..................................................59
O‘qish savodxonligida qobiliyatning ahamiyati.....................................................59
O‘quvchilarning o‘zlashtirish shkalalarini izohlanishi.................................59 
Shkalalarni talqin etilishi va uladan foydalanish........................................60
O‘qish savodxonligi qobiliyati darajasini anqilash.......................................61
Izohlar.........................................................................................................................64 
Ilovalar........................................................................................................................65 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..........................................................................70


5
KIRISH
O‘qish savodxonligi PISA xalqaro o‘quvchilarni baholash xalqaro dasturining
2018-yilda o‘tkazilgan baholash siklining asosiy bilim sohasi hisoblanadi. 
Tadqiqotining o‘qish savodxonligi yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan ushbu qamrov 
doirasi – o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturning o‘qish 
savodxonligi yo‘nalilshida olib borilgan tadqiqotlar tahlili asosida ishlab chiqilgan. 
Qamrov doirasida PISA tadqiqotlari doirasida o‘quvchilarning qay darajada oson 
va samarali o‘qib, tushunish ko‘nikmalari va bu ko‘nikmalarning turli metakognitiv 
jihatlari qanday baholanishi tushuntirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning o‘qish 
qobiliyatlari qay darajada baholanishi va izohlanishi muhokama etilgan hamda 
o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha tuzilgan topshiriq namunalari keltirilgan.
PISA tadqiqotining o‘qish savodxonligi mohiyatida tadqiqotning turli 
sikllarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar bilan birgalikda qamrov doirasida ham bir qator 
o‘zgarishlar kuzatildi. Barchamizga ma’lumki, o‘qish savodxonligi ilk PISA siklida, 
ya’ni PISA 2000 tadqiqotida baholangan asosiy bilim sohasi hisoblanadi. To‘rtinchi 
PISA sikli uchun (PISA 2009) o‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida 
takomillashdi va uning qamrov doirasini to‘liq ko‘rib chiqilishi va xususiyatini 
belgilab beruvchi yangi qirralarini rivojlantilishi talab etildi. 2018-yil o‘tkazilgan 
yettinchi PISA sikli uchun qamrov doirasi yana bir bor qayta ko‘rib chiqilib, bir qator 
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, ushbu qamrov doirasi so‘nggi o‘n yillikda 
shakllanib kelgan va raqamli matnlar va qurilmalardan keng foydalanish tufayli 
shakllanishda davom etayotgan o‘qish savodxonligining yangicha shakllari bilan 
birgalikda an’anaviy ruhda hozirgi o‘qish savodxonligi bilan to‘liq uyg‘unlashtirildi 
hamda qamrov doirasi bajariladigan faoliyat turida matnlarning ishonchliligini 
baholash, ma’lumotlarni qidirib topish, ko‘p manbalardan saralab o‘qish va turli 
manbalar ichidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish kabi o‘qish bilan 
bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi.
Avvallari, o‘quvchining o‘qish savodxonligini baholashning asosiy usuli sodda 
matnlarni o‘qib, tushunish, talqin qilish va ular ustida mulohaza yuritishdan iborat 
edi. Mazkur ko‘nikmalarni saqlab qolgan holda, informatsion texnologiyalarni 
insonlar ijtimoiy va kundalik hayotiga yanada integrallashuviga ko‘proq e’tibor 
qaratilishi insonning o‘qish savodxonligi doimiy ravishda yangilanib, kengayib 
borishini taqozo etadi. Endi ushbu soha XXI asrda talab etiladigan savodxonlikka 
oid masalalar bilan chambarchas bog‘langan keng miqyosdagi yangidan-yangi 
ko‘nikmalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Savodxonlik tushunchasiga berilgan ta’rif 
orqali tobora o‘zgarib borayotgan vaziyatlar va yangi texnologiyalarning ta’siri 


6
tufayli savodxonlik mohiyati mudom o‘zgarishlarga yuz tutishini anglab yetish 
bilan yuqori saviyadagi raqamli o‘qish ko‘nikmalari va asosiy o‘qish jarayonlarini 
qamrab olinishi talab etiladi. Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlash oddiy 
yozuv usulidan kompyuter erkanlaridan tortib smartfonlargacha bo‘lgan zamonaviy 
qurilmalar bilan amalga oshirilayotgan ekan, matnlarning tuzilishi va formatlaridan 
ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchidan yangidan-yangi aqliy 
strategiyalarini rivojlantirishni va maqsadli o‘qish jarayonida aniq maqsadlarni 
qo‘yishni taqazo etmoqda. Shuning uchun, o‘qish savodxonligida muvaffaqiyatga 
erishish deganda biror sodda matnni o‘qib, tushunish nazarda tutilmasligi lozim. 
Katta hajmli, jumladan, badiiy matnlarni o‘qib, talqin qila olish qobiliyati o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmagan holda, o‘qish savodxonligini o‘zlashtirilishi ma’lumotlarni 
qayta ishlashning murakkab strategiyalari, jumladan, ko‘p matnli (yoki ma’lumot) 
manbaalaridan tegishli ma’lumotlarni olib, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish 
va talqin qilishni ham talab etadi. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli va qobiliyatli 
shaxslar ilm-fan va matematika kabi barcha sohalarda ma’lumotlardan foydalanadi 
va qator ma’lumotlarni samarali qidirib topish, tizimlashtirish va filtrlash uchun 
texnologiyalardan foydalanadi. Bular mehnat bozorida, tahsilning keyingi 
bosqichlarida hamda XXI asrning ijtimoiy va fuqorolik hayotida to‘laqonli ishtirok 
etish uchun kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmalar hisoblanadi.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholay olishda avvalgi qamrov doirasi bilan 
bog‘liqlik mavjud ekani kafolatlangan holda qayta ko‘rib chiqish turli modellarning 
o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish uchun turli o‘qish jarayonlarining e’tiborli 
jihatlari qayta tartibga keltirildi. Qayta ko‘rib chiqish jarayonida butun dunyoda 
hozirda matnlardan keng foydalanib kelinayotganini hisobga olib, o‘quvchilarning 
o‘qish savodxonliklarini yanada xolisroq baholashda nazorat qilib boriladigan 
raqamli va bosma matnli savollardan qay tartibda foydalanish va yangi texnologik 
imkoniyatlarni qay tartibda jalb etish ko‘rib chiqildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek tadqiqotning o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ishlab 
chiqilgan ushbu qamrov doirasi avvalgilaridan birmuncha farqlandi. 2000-yilda 
o‘tkazilgan PISA tadqiqotida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning 
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va 
imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular ustida 
mulohaza yuritish va tushunish demakdir” deb ta’rif berilgan bo‘lsa, 2009-yilda 
o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning 
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim 
va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular 


7
bilan shug‘illanish hamda ustida mulohaza yuritish, ular bilan ishlash va tushunish 
demakdir” deb ta’rif berilgan. Ushbu ta’rifdan 2012 va 2015-yilgi tadqiqotlarda 
ham o‘qish savodxonligi ta’rifi sifatida foydalanilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan PISA 
tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga berilgan ta’rif o‘qish savodxonligining ajralmas 
qismi sifatida matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni baholashni o‘z ichiga oladi va 
“yozma” so‘zi olib tashlanadi va quyidagicha ta’riflanadi: 
“O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, 
jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun 
matn ko‘rinishidagi ma’lumotlardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish, 
ular bilan ishlash va tushunish demakdir.” 
(PISA 2018, o‘qish savodxonligi qamrov 
doirasi). 
Berilgan ta’rifning har bir qismi hamda PISA tadqiqotlarida keltirilgan va 
boshqa empirik tadqiqotlar qo‘llanilgan dalillardan foydalanadigan mazmun 
sohasiga berilgan ta’rifning ayrim muhim jihatlari ushbu qamrov doirasida alohida 
muhokama qilinadi. 
PISA 2018 tadqiqotida baholash jarayonlari kompyuter yordamida 
o‘tkazililishi belgilandi, bu esa 15 yoshli o‘quvchilar o‘qib tushunishga oid berilgan 
matnlarni o‘qishlarini oson va samarali baholash imkonini beradi. Hozirda internet 
tarmoqlarida har qanday matnlarni topish imkoniyati mavjud bo‘lganligi bois, 
XXI asr yoshlarining nafaqat qobiliyatli o‘quvchi bo‘lishlarini, balki samarali 
o‘quvchi bo‘lishlarini taqozo etadi. Ta’kidlash joizki 20 yil avvalgi insonning kamol 
topishi, ta’lim sohasida muvaffaqiyatga erishish, iqtisodiy hamkorlik va fuqorolik 
pozitsiyasini saqlab qolish uchun talab etilgan o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi 
bugungidan tubdan farq qiladi va bu talablar 20 yil o‘tib, yanada o‘zgarashi ehtimoli 
yo‘q emas. Endilikda jamiyat va madaniyat mudom o‘zgarishga yuz tutganidek, 
bizning o‘qish savodxonligi borasidagi tushunchalarimiz ham shakllanib
takomillashib boraveradi. Chunki biz qator turli yozma materiallardan tobora ko‘p 
foydalanilayotgan va insonlar ushbu materiallardan yangicha va o‘ziga xos tarzda 
foydalanishlari taqozo etiladigan, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda 
yashayapmiz. Agar inson aql-idrokka asoslangan jamiyatga butunlay uyg‘unlashib 
keta olsagina, barcha turdagi ma’lumotlarni topa olish, qo‘lga kiritish, tushunish va 
ular borasida mulohaza yuritish katta ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda insonning kamol topishi, ta’lim sohasida muvaffaqiyatga 
erishishi, iqtisodiy hamkorlik va fuqorolik pozitsiyasini saqlab qolishi uchun talab 
etiladigan o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi oldingilardan tubdan farq qiladi. Tobora 


8
rivojlanib borayotgan texnologiyalarning hayotimizning har jabhasiga kirib kelishi 
insonlarning ma’lumotlarni o‘qish va almashish tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi. 
Inson shaxsiy va kasbiy barkamolikka erishishi uchun butun hayoti davomida 
kurashadi va kelajak o‘quvchilari tobora murakkablashib, ko‘payib borayotgan 
ma’lumotlarni samarali boshqara olishlari uchun raqamli qurilmalardan oqilona 
foydala olishlari kerak. Avvallari, o‘quvchining o‘qish savodxonligini baholashning 
asosiy usuli sodda matnlarni o‘qib, tushunish, talqin qilish va ular ustida mulohaza 
yuritishdan iborat edi. Mazkur ko‘nikmalarni saqlab qolgan holda, axborot 
texnologiyalarining insonlar ijtimoiy va kundalik hayotiga yanada integrallashuviga 
ko‘proq e’tibor qaratilishi insonning o‘qish savodxonligi doimiy ravishda yangilanib, 
kengayib borishi zarurligini taqozo etadi. Inson barkamolligi XXI asrda talab 
etiladigan savodxonlikka oid masalalar bilan chambarchas bog‘langan keng 
miqyosdagi yangidan yangi ko‘nikmalarni o‘zida aks ettirishi lozim. 
Mazkur qamrov doirasidan PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 
umumta‘lim maktablari o‘qituvchilari, shu sohada ilmiy tadqiqot olib borayotgan 
tadqiqotchilar, soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin. 


9

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə