Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligida rag‘bat, faoliyat va ichki imkoniyatlar



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligida rag‘bat, faoliyat va ichki imkoniyatlar
Insonlarning o‘qish uslubiyati, o‘qishga bo‘lgan rag‘bati va munosabatlari hamda 
samarali o‘qish strategiyasi haqidagi tasavvurlari o‘qish jarayonida katta ahamiyat aks 
etadi. Xoh u yozma matn xoh u elektron matn bo‘lsin, doimiy ravishda o‘qiydigan, 
o‘qishga qiziqadigan, o‘z o‘qish qobiliyatlariga ishonadigan va o‘qish jarayonida 
qanday strategiyadan foydalanishni biladigan o‘quvchilar, jumladan, internetdan 
olingan ma’lumotlarni qidira oladigan yoki umumlashtira oladigan o‘quvchilar 
o‘qib-tushunish borasida ancha qobiliyatli bo‘ladilar. 
Bundan tashqari, bunday uslubiyatlar, rag‘bat va ichki imkoniyatlar katta e’tiborga 
molikdir, sababi ular o‘qish savodxonligiga erishish yo‘lida asosiy tayanch vazifasini 
o‘tashida emas, balki bu qobiliyatlar uzoq vaqt mobaynida ilm o‘rganishga chorlashi, 
bilim olish uchun eng muhim maqsad yoki samara hisoblanishi bilan muhimdir 
(Snou va RAND Korporatsiyasi, 2002[18]). Shu bilan birga, bu ko‘nikmalar oson 
yo‘naltiriladigan bilimlar va doimiy o‘zgarib turadigan ko‘nikmalar hisoblanadi. 
Misol uchun, o‘qish savodxonligi va insonning ichki imkoniyatlari o‘qish va 
o‘rganishga ko‘maklashuvchi ta’lim jarayoni orqali takomillashib boradi (Brozo va 
Simpson, 2007[37]; Gutrie, Vigfild va Yu, 2012[38]; Gutrie, Klauda va Ho, 2013[39]; 
Reeve, 2012[40]). Insonlarning o‘qish uslubiyati, o‘qishga bo‘lgan rag‘bati hamda 
ichki imkoniyatlari o‘qish savodxonligi qamrov doirasida qisqacha muhokama 
etilgan chunki ular o‘qish uchun muhim omillar hisoblanadi. Shunga qaramasdan, 
o‘qish savodxonligi so‘rovnomalarda ham baholanadi, shunday ekan, u savolnoma 


19
qamrov doirasida batafsil yortiladi.
O‘qish savodxonligi qamrov doirasining tuzilishi
PISA tadqiqotlarida “o‘qish savodxonligi” termini orqali talqin etilgan va mazkur 
kirish qismida bugungi jamiyatda o‘qish savodxonligining ahamiyati haqida so‘z 
borgani bois, qamrov doirasining keyingi qismlari haqida to‘xtalib o‘tishimiz 
lozim. Ushbu qo‘llanmada o‘qish savodxonligi terminiga oydinlik kiritiladi va 
uning qamrov doirasida qo‘llaniladigan turli iboralar oydinlashtiriladi va shuning 
bilan birgalikda, mazkur so‘zlarning qo‘llanilishiga oid farazlar o‘rganiladi. 
O‘qish savodxonligining mazmun sohasining tuzilishi va PISA 2018 tadqiqotlari 
doirasiga kiritilgan topshiriqlarning o‘ziga xos ajralib turadigan xususiyatlari 
muhokama qilinadi. Baholash jarayonining ayrim amaliy jihatlari, o‘qish 
savodxonligi qanday baholanishi muhokama etiladi va namunaviy topshiriqlar 
tadqim etiladi. Vanihoyat, kitobning so‘nggida o‘qish savodxonligi bo‘yicha 
to‘plangan ma’lumotlar qanday umumlashtirilishi va natijalarni e’lon qilinishiga 
doir asosiy rejalar haqida so‘z boradi. 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə