Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligi mohiyatidagi o‘zgarishlar



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligi mohiyatidagi o‘zgarishlar
Tobora rivojlanib borayotgan texnologiya insonlarni ma’lumotlarni o‘qish 
va almashish tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi. G‘ayriihtiyoriy tarzda bajarib 
boriladigan kundalik yumushlar turli ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotlarni 
topish, o‘rgana oladigan va shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonga moslashib 
keta oladigan insonlar uchun jiddiy talablarni qo‘ymoqda. 1997-yilda, ilk PISA 
o‘qish savodxonligini baholash qamrov 
doirasi muhokama qilina boshlagan yili, 
dunyo aholisining 1.7 foizigina internetdan 
foydalanar edi. 2014-yilga kelib, ushbu 
raqam deyarli 3 milliardga yaqinlashib 
qolgan dunyo aholisining 40.4 foizini tashkil 
etdi (Xalqaro Telekommunikatsiyalar 
Uyushmasi, 2014[5]). 2007 va 2013-yillar 
oralig‘ida mobil telefonidan foydalanuvchilar 
soni ikki baravarga oshdi: 2013-yilda 
esa deyarli butun dunyo aholisi mobil 
telefonidan faol foydalana boshladi (har 
100 kishi boshiga 95.5 foiz foydalanuvchi 
to‘g‘ri keldi) va butun dunyo bo‘ylab mobil 
qurilmalaridan keng miqyosli foydalanish 
surati deyarli ikki milliardga o‘sdi (Xalqaro 
Telekommunikatsiyalar Uyushmasi, 
2014[6]). Internet ham maktabda ham 
maktabdan tashqarida, ham real ham virtual 
ishlash jarayonlarida, soliqlar, sog‘liqni 
saqlash yoki ta’tillarni rejalashtirish kabi 
shaxsiy masalalarni bartaraf etishda barcha 


12
insonlar hayotinig ajralmas qismiga 
aylandi. Inson shaxsiy va kasbiy 
barkamolikka erishishi uchun butun 
hayoti davomida kurashadi va kelajak 
o‘quvchilari tobora murakkablashib, 
ko‘payib borayotgan ma’lumotlarni 
samarali boshqara olishlari uchun 
raqamli qurilmalardan oqilona 
foydalana olishlari kerak. 
Avvallari, o‘quvchining o‘qish 
savodxonligini baholashning 
asosiy usuli sodda matnlarni o‘qib, 
tushunish, talqin qilish va ular ustida 
mulohaza yuritishdan iborat edi. 
Mazkur ko‘nikmalarni saqlab qolgan holda, informatsion texnologiyalarni insonlar 
ijtimoiy va kundalik hayotiga yanada integrallashuviga ko‘proq e’tibor qaratilishi
insonning o‘qish savodxonligi doimiy ravishda yangilanib, kengayib borishini taqozo 
etadi. Endi ushbu soha XXI asrda talab etiladigan savodxonlikka oid masalalar 
bilan chambarchas bog‘langan keng miqyosdagi yangidan-yangi ko‘nikmalarni 
o‘zida aks ettirishi lozim (Ananiado va Klaro, 2009[7]; Kirsh va boshqalar, 2002[8]; 
Rouet, 2006[9]; Spiro va boshqalar, 2015[10]). Savodxonlik tushunchasiga berilgan 
ta’rif orqali tobora o‘zgarib borayotgan vaziyatlar va yangi texnologiyalarning ta’siri 
tufayli savodxonlik mohiyati mudom o‘zgarishlarga yuz tutishini anglab yetish bilan 
yuqori saviyadagi raqamli o‘qish ko‘nikmalari va asosiy o‘qish jarayonlarini qamrab 
olinishi talab etiladi (Leu va boshqalar, 2013[11]; 2015[12]). 
Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlash oddiy yozuv usulidan kompyuter 
erkanlaridan tortib smartfonlargacha bo‘lgan zamonaviy qurilmalar bilan amalga 
oshirilayotgan ekan, matnlarning tuzilishi va formatlarida ham o‘zgarishlar 
ro‘y berdi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchidan yangidan-yangi aqliy strategiyalarini 
rivojlantirishni va maqsadli o‘qish jarayonida aniq maqsadlarni qo‘yishni taqazo 
etmoqda. Shuning uchun, o‘qish savodxonligida muvaffaqiyatga erishish deganda 
biror sodda matnni o‘qib, tushunish nazarda tutilmasligi lozim. Katta hajmli, 
jumladan, badiiy matnlarni o‘qib, talqin qila olish qobiliyati o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmagan holda, o‘qish savodxonligini o‘zlashtirilishi ma’lumotlarni qayta 
ishlashning murakkab strategiyalari, jumladan, ko‘p matnli (yoki ma’lumot) 
manbaalardan tegishli ma’lumotlarni olib, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish 
va talqin qilishni ham talab etadi. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli va qobiliyatli 
shaxslar ilm-fan va matematika kabi barcha sohalarda ma’lumotlardan foydalanadi 
va qator ma’lumotlarni samarali qidirib topish, tizimlashtirish va filtrlash uchun 


13
texnologiyalardan foydalanadi. Bular mehnat bozorida, tahsilning keyingi 
bosqichlarida hamda XXI asrning ijtimoiy va fuqorolik hayotida to‘laqonli ishtirok 
etish uchun kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmalar hisoblanadi (OECD, 2013[13]). 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə