Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligi ta’rifi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligi ta’rifi
O‘qish va o‘qish savodxonligiga berilgan ta’riflar jamiyat, iqtisodiyot, madaniyat 
va texnologiyadagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun yillar mobaynida o‘zgarishlarga 
uchradi. O‘qish ta’lim olish jarayonining ilk yillarida yoshlikda egallanadigan 
qobiliyatgina bo‘lib hisoblanmaydi. Aksincha, u insonning o‘z tengqurlari va 
jamiyatning boshqa a’zolari bilan muloqotga kirishishi orqali turli vaziyatlarda 
butun hayoti mobaynida shakllanib, kengayib boradigan bilim, ko‘nikmalar va 
strategiya sifatida qaraladi. Shunday ekan, o‘qish savodxonligi fuqarolar bir-birlari 
bilan matnli artefaktlar yordamida o‘zaro muloqotga kirishish usullari va uning 
fuqarolar butun hayotlari davomida o‘qib-o‘rganishlarida tutgan ahamiyati sifatida 
qaralishi kerak. 
O‘qishning bilim orttirish uchun xizmat qiladigan nazariy jihatlari anglash 
jarayonining konstruktiv xususiyatini va o‘qish mobaynida ishtirok etadigan turli 
bilish jarayonlari va ularning interfaolligiga, o‘ziga xosligiga e’tibor qaratadi (Binkli, 
Rust va Uilliamz, 1997[41]; Kintch, 1998[20]; McNamara va Magliano, 2009[42]; 
Oakhill, Kayn va Bryant, 2003[43]; Snou va RAND Korporatyiyasi, 2002[18]; 
Zuan va Singer, 2003[21]). Kitobxon o‘z bilimi hamda odatda ijtimoiy va madaniy 
jihatdan qo‘lga kiritiladigan qator matn ko‘rinishidagi va vaziyatlar bilan bog‘liq 
bilim va tajribalaridan foydalanib, matndan anglashilgan ma’noni tushunib oladi. 
Ma’noni hosil qilishda qobiliyatli o‘quvchi (kitobxon) ma’lumotlarni topish va idrok 
etish jarayonini boshqarish va uzoq davr saqlab qolish (van den Broek, Risden 


20
va Husbye-Hartmann, 1995[44]) va ma’lumotlarni yaroqliligi va tegishliligini 
tanqidiy jihatdan baholash uchun turli jarayonlar, ko‘nikmalar va strategiyalardan 
foydalanadi (Richter va Rapp, 2014[45]). Insonlar turli kichik va katta hajmli 
bosma matnlar va raqamli texnologik imkoniyatlardan foydalanib bir-birlari 
bilan muloqotga kirishar ekan mazkur jarayonlar va strategiyalar o‘z maqsadi va 
kontekstiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin (Britt va Rouet, 2012[46]; Koiro va boshqalar
2008[47]). Zuan va Singer, 2003[21]). Kitobxon o‘z bilimi hamda odatda ijtimoiy 
va madaniy jihatdan qo‘lga kiritiladigan qator matn ko‘rinishidagi va vaziyatlar 
bilan bog‘liq bilim va tajribalaridan foydalanib, matndan anglashilgan ma’noni 
tushunib oladi. Ma’noni hosil qilishda qobiliyatli o‘quvchi (kitobxon) ma’lumotlarni 
topish va idrok etish jarayonini boshqarish va uzoq davr saqlab qolish (van den 
Broek, Risden va Husbye-Hartmann, 1995[44]) va ma’lumotlarni yaroqliligi va 
tegishliligini tanqidiy jihatdan baholash uchun turli jarayonlar, ko‘nikmalar va 
strategiyalardan foydalanadi (Richter va Rapp, 2014[45]). Insonlar turli kichik va 
katta hajmli bosma matnlar va raqamli texnologik imkoniyatlardan foydalanib 
bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan mazkur jarayonlar va strategiyalar o‘z 
maqsadi va kontekstiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin (Britt va Rouet, 2012[46]; Koiro va 
boshqalar, 2008[47]).

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə