Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Ma’lumotni topish 
Qobiliyatli o‘quvchilar matn ustida mulohaza yuritish va unda ilgari surilgan 
asosiy mazmunni tushunish uchun uni diqqat bilan o‘qiydilar. Shunga qaramasdan
o‘quvchilar odatda matnlarni o‘qishda o‘zlari uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni 


30
qidirib topishga harakat qiladilar va matnning boshqa qismiga deyarli e’tibor 
qaratmaydilar (Uayt, Chen va Forsayt, 2010[54]). Bundan tashqari, ma’lumotlarni 
qidirib topish veb sahifalar va boshqa murakkab raqamli ma’lumotlardan 
foydalanishda o‘qish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi (Brand-Gruel, 
Wopereis va Vermetten, 2005[66]; Leu va boshqalar, 2013[11]). PISA 2018 qamrov 
doirasida o‘quvchilar matnlar ichida va matnlararo ma’lumotlarni topish uchun 
kerakli bo‘lgan ikki jarayonga e’tibor qaratiladi.
Matn ichidan ma’lumotni izlab topish va ajratib olish.
 
Jadvallardan, matn 
bo‘limlaridan yoki butun bir kitoblardan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishning 
o‘zi alohida qobiliyatdir (Dreher va Gutri, 1990[67]; Moore, 1995[68]; Rouet and 
Koutelet, 2008[69]). Ma’lumotlarni qidirib topish o‘quvchining topshiriq shartlarini 
tushunganligini va matnning tashkiliy qismlari (masalan, sarlavhalar, paragraflar) 
va matnning muvofiqligini baholash qobiliyati haqida qandaydir ma’lumotga ega 
ekanini ko‘rsatadi. Ma’lumotlarni qidirib topish qobiliyati o‘quvchining kerakli 
ma’lumotlar haqida qandaydir habardorligiga va matnning keraksiz qismini tezda 
ajrata olish qobiliyatiga bog‘liq (Makkruden va Shrou, 2007[52]).
Bundan tashqari, odatda o‘quvchilar biror ma’lum ma’lumotni ajratib olish 
uchun qator paragraflarni tahlil qilishlari (elakdan o‘tkazishlari) kerak bo‘ladi. 
Bu esa matndagi ma’lumotlarni ajratib olish yoki e’tibor qaratmaslikda insondan 
o‘qish tezligi boshqarish, chuqur tahlil etish va qobiliyatini talab etadi (Duggan va 
Payne, 2009[70]). PISA 2018 tadqiqotlarida ma’lumotlarni topish va ajrata olish 
topshiriqlarida o‘quvchilardan bir necha so‘zlar, iboralar yoki raqamli qiymatlardan 
tashkil topgan asosiy ma’lumotni ajratib olish uchun matnni sinchiklab tahlil etishni 
talab etadi. Tahlil etilayotgan matnni tushunish uchun uni iboralar darajasida 
tushunish shart emas. Asosiy ma’lumot matndagi yoki savoldagi so‘ralayotgan 
so‘z yoki iboraga mazmunan yaqin yoki mos bo‘lgan boshqa so‘z va iborani topsih 
orqali aniqlanadi, binobarin, ayrim topshiriqlarda so‘z yoki ibora darajasida xulosa 
chiqarish talab etiladi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə