Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligi sohasi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligi sohasi
 
O‘qish kundalik hayotda ko‘p uchraydigan faoliyat turi sifatida keng qamrovli va 
rang-barang faoliyat hisoblanadi. O‘qish savodxonligining ko‘p qirralarini yetarli 
darajada ifoda qiladigan baholash tartibini tuzish uchun mazkur faoliyat turi qator 


25
mezonlarga ko‘ra tashkillashtiriladi. Ushbu mezonlar, o‘z navbatida, topshiriq 
tuzilishi, to‘planishi va izohlanishi mumkin bo‘lgan o‘quvchi samaradorligi haqidagi 
ma’lumotlarni oydinlashtiradi. 
Snou va Izlanishlar va tadqiqotlar guruhining (RAND) (2002[18]) qamrov 
doirasida o‘qish savodxonligi uchta birlashgan manbaaning umumiy natijasi sifatida 
izohlanib, ular: o‘quvchi (ya’ni kitobxon), matn va faoliyat hamda o‘qishga oid 
topshiriq yoki uning maqsadidir. O‘quvchi, matn va topshiriq mezonlari kengroq 
ijtimoiy va madaniy kontekstda o‘zaro bir-birlari bilan munosabatga kirishadi va bu 
o‘qish jarayonini o‘z ichiga olgan turli vaziyatlar sifatida qaralishi mumkin. Quyida 
1-rasmda tasvirlanganidek, PISA tadqiqotlarida ham o‘qish savodxonligi bo‘yicha 
ayni shunday mezonlar qabul qilingan. O‘quvchi o‘qish uchun bir nechta “o‘qish 
bilan bog‘liq omillar”ni kiritib, bu omillar rag‘batlantirish, avvalgi orttirilgan bilim 
va boshqa aqliy qobiliyatlarni qamrab oladi. O‘qish faoliyati “matn bilan bog‘liq 
omillar” dir (ya’ni o‘quvchi o‘qishi kerak bo‘lgan matn yoki matnlar berilgan makon 
va zamonda mavjud bo‘lishi taqozo etiladi). Mazkur omillarga matn formati, 
unda qo‘llanilgan til murakkabligi va turli boshqa omillar kiradi. O‘qish faoliyati 
“topshiriq bilan bog‘liq omillar”ni ham o‘z ichiga oladi (ya’ni o‘quvchining matn 
bilan ishlashga rag‘batlantiruvchi talablar yoki sabablar). Topshiriq bilan bog‘liq 
omillariga potensial vaqt va boshqa amaliy cheklovlar, topshiriqning maqsadlari 
(misol uchun, ko‘ngil ochish uchun o‘qish, biror ma’luomtni chuqurroq tushunish 
uchun o‘qish yoki ma’lumotlarni qidirish uchun o‘qish) va bajarilishi kerak bo‘lgan 
topshiriqlarning soni yoki murakkabligi kiradi. O‘zining individual xususiyati 
va matn va topshiriqqa bog‘liq omillarning tushunishidan kelib chiqib, o‘quvchi 
ma’lumotlarni qidirib topish va o‘zalashtirish hamda topshiriqni bajarishda matnlar 
mazmunini anglash uchun qator “o‘qish savodxonligi jarayonlari”dan o‘tadi.
PISA aqliy baholash mezonlari topshiriq va matnga bog‘liq omillarini boshqarish 
orqali o‘qish savodxonligini baholaydi. O‘z navbatida qo‘shimcha so‘rovnoma rag‘bat, 
xohish va tajriba kabi o‘quvchiga bog‘liq ayrim omillarni ham baholaydi. PISA o‘qish 
savodxonligini baholash dasturini tuzishda ikkita muhim jihatlar inobatga olinadi. 
Ulardan biri o‘quvchilarning maktabda va maktabdan tashqarida nimalarni o‘qishlari 
va qanday maqsadda o‘qishlari haqida “batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lish”dir. 
Ikkinchisi esa matnlar va topshiriqlarning “tabiiy murakkablik darajasiga erishish” 
hisoblanadi. PISA o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash dasturi uchta 
asosiy xususiyatga asoslangan bo‘lib, ular: matn ya’ni o‘qilishi kerak bo‘lgan turli 
materiallar, jarayonlar – o‘quvchilarni matn bilan qanday ishlashini aniqlaydigan 
aqliy (kognitiv) yondashuv va vaziyatlar – o‘qishdan ko‘zlangan maqsad yoki o‘qish 
uchun talab etilgan turli vaziyatlar. Vaziyatlarlar, o‘z navbatida, biror yutuqqa 
erishish uchun o‘quvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar ya’ni “topshiriqlar”dan tashkil 


26

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə