|
Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markaziO‘qish savodxonligi jamiyatda ishtirok etish, o‘z bilim va ichkiPISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasiO‘qish savodxonligi jamiyatda ishtirok etish, o‘z bilim va ichki
imkoniyatlarni rivojlantirish, oldinga qo‘yilgan maqsadlariga
erishishdir.
Bu ibora xususiy maktabdan davlat ta’lim maktablarigacha, maktablardan
ishxonalargacha va rasmiy ta’lim olishdan tortib butun umr o‘rganish va faol fuqaro
bo‘lishgacha bo‘lgan barcha jabhalarda o‘qish savodxonligi qanday muhim ahamiyat
kasb etishini anglatadi. “O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish” va “o‘z bilim va
ichki imkoniyatlarini rivojlantirish” iboralari maktabni bitirish yoki ish topish kabi
doim eslatiladigan va o‘z shaxsiy hayotini yaxshilash va uzaytirish va uzoq vaqt
mobaynida ta’lim olishga intilish kabi kam ta’riflanadigan mujdalarga erishishga,
o‘qish savodxonligi individual maqsadlarni bajarishga imkon beradi, degan tez-tez
takrorlanadigan mulohazani anglatadi (Grey va Rogers, 1956[48]). Shuningdek,
PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligi ta’rifi XXI asrda o‘qish savodxonligining
yangicha turini namoyon qiladi. U o‘qish savodxonligini zamonaviy jamiyatning
madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etish sifatida
talqin qiladi. Bu yerda “ishtirok etmoq” so‘zi ishlatilgan, chunki bu so‘z zamirida
o‘qish savodxonligi insonlarga jamiyatga o‘z hissalarini qo‘shishlari hamda o‘z
ehtiyojlarini qondirishlariga imkon berishi nazarda tutilgan bo‘lib, “ishtirok etish”
so‘zi ijtimoiy, madaniy va siyosiy bandlik yoki faollik kabi tushunchalarni o‘z ichiga
oladi (Hofstetter, Sticht va Hofstetter, 1999[49]). Misol uchun, savodli insonlar
muassasa va tashkilotlarda ishlashga ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi va ularga
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ladi (OECD, 2013[3]). Yuqori saviyadagi o‘qish
savodxonligi yaxshi sog‘liq va jinoyatchilikni kamayishi bilan bog‘liqlini kuzatish
mumkin (Morrisroe, 2014[50]). Shuningdek, ishtirok etish tanqidiy yondashuv,
shaxsiy erkinlikka, mustaqillik va ishonchga tashlangan qadamdir (Lundberg,
1991[51]).
Dostları ilə paylaş: |
|
|