Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-2015-yillarda qamrov doirasining davomiyligi va amalga



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

2000-2015-yillarda qamrov doirasining davomiyligi va amalga 
oshirilgan o‘zgarishlar
O‘qish savodxonligi mohiyatida yuzaga kelgan o‘zgarishlar bilan birgalikda 
qamrov doirasida ham bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. O‘qish savodxonligi ilk 
PISA siklida (PISA 2000 tadqiqotida) baholangan asosiy bilim sohasi hisoblanadi. 
To‘rtinchi PISA sikli uchun (PISA 2009) o‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi 
sifatida qayta ko‘rib chiqildi va uning qamrov doirasini to‘liq ko‘rib chiqilishi va 
uning xususiyatini belgilab beruvchi yangi qirralarini rivojlantilishi talab etildi. 
Yettinchi PISA (2018) sikli uchun qamrov doirasi yana bir bor qayta ko‘rib chiqildi.
2000-yilda o‘tkazilgan tadqiqotning o‘qish savodxonligi bo‘yicha ekspertlar 
guruhini (REG) shakllantirish maqsadida ishtirokchi mamlakatlar tomonidan 
saralangan ekspertlarni jalb qilgan holda, kelishuv asosida, ilk bor nashr etilgan 
PISA o‘qish savodxonligi qamrov doirasi PISA 2000 tadqiqotlarida foydalanish 
(1998-yildan 2001-yilgacha bo‘lgan muddatda) uchun qayta ishlab chiqildi. 
O‘qish savodxonligi ta’rifi qisman “O‘qish savodxonligini tadqiq etish va ta’lim 
o‘zlashtirishini baholash xalqaro assosiatsiyasi” (International Association for the 
Evaluation of Educational Achievement) hamda “O‘smirlar savodxonligini xalqaro 
darajada tadqiq etish dasturidan” (the International Adult Literacy Survey (IALS)) 
ishlab chiqilgan (IALS, 1994, 1997 va 1998). Xususan, berilgan ta’rif “O‘smirlar 
savodxonligini xalqaro darajada tadqiq etish dasturi” (IALS) yoshlarning jamiyatda 
faol ishtirok etishlari uchun o‘qish savodxonligi qanchalik muhim ekaniga 
qaratayotgan e’tiborini aks ettiradi. Shuningdek, mazkur ta’rif o‘qish savodxonligi 
bilan bog‘liq qator lingvistik-kognitiv jarayonlari va ularning interfaol xususiyatini 
(Britt, Goldman va Rouet, 2013[14]; Kamil va boshqalar, 2000[15]; Perfetti, 
1985[16]; 2007[17]; Snou va RAND Korporatsiyasi, 2002[18]; Rayner va Reichle, 
2010[19]), nutqiy mulohazani tushunish modellari (Kintsch, 1998[20]; Zuan 
va Singer, 2003[21]) va ma’lumotlar bilan bog‘liq muammolarni yechishda aqliy 
samaradorlik nazariyasini (Kirsh, 2001[22]; Kirsh va Mosental, 1990[23]; Rouet, 
2006[9]) namoyon qiladigan zamonaviy hamda bugunda o‘zining dolzarbligini 
yo‘qotmagan, o‘qish savodxonligiga oid nazariyalarni aks ettiradi.
PISA xalqaro baholash dasturining o‘z oldiga qo‘ygan muhim vazifalaridan 
hisoblangan o‘qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirilishi 
haqidagi muhim ma’lumotlarni to‘plash va izohlash kabi qobiliyatlarga e’tibor 
qaratgan holda, PISA 2009 qamrov doirasida PISA 2000 qamrov doirasining 


14
asosiy mazmuni saqlab qolingan. Shunga qaramasdan, dunyoda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar va o‘qish savodxonligi mohiyati borasidagi tushunchalarimizni 
kengaytirish va PISA sohaviy qamrov doirasi nazariya va amaliyotida kuzatilayotgan 
yangi o‘zgarishlarga moslashtiriladigan va muvofiqlashtiriladigan hujjatlarni 
ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ishlab chiqilgan hujjatlar haqida 
batafsil ma’lumotlar 2000-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan o‘qish savodxonligi qamrov 
doirasida kuzatilgan asosiy o‘zgarishlar haqida umumiy taasurot beruvchi A Ilovada 
ko‘rsatib o‘tilgan.
2000-yildan buyon shakllanib kelayotgan o‘qish savodxonligiga oid 
tushunchalarimizdagi o‘zgarishlar aqliy xususiyatlar bilan bir qatorda o‘qish 
savodxonligining rag‘batlantiruvchi va axloqiy xususiyatlarini belgilab beruvchi 
o‘qish savodxonligining keng qamrovli ta’rifini yuzaga keltirdi. O‘qib-tushunish va 
o‘z qobiliyatlarini anglab yetish, ya’ni inson qay darajada mutolaa qilish strategiyasi 
va matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qib-tushunish ko‘nikmasini rivojlantira 
olishini tushunish va anglash, ko‘nikmasi “Boshqa masalalar” rukni ostida o‘qish 
savodxonligiga oid ilk bor chop etilgan PISA qamrov doirasi so‘nggida qisqacha 
izohlanadi (OECD, 2000[24]). So‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar 
asnosida, o‘qib-tushunish va o‘z qobiliyatlarini anglab yetish ko‘nikmasi o‘qish 
savodxonligining tarkibiy qismi sifatida rivojlantiriladigan va shakllantiriladigan 
ko‘nikmalar sifatida PISA 2009 va 2015 qamrov doirasida yanada batafsil yoritildi. 
2000-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqotining 2009-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqotidan 
ajralib turadigan yana bir xususiyati yoshlarni jamiyatda faollashuvi va shaxs sifatida 
kamol topishiga oid matnlar kabi tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan 
raqamli matnlarning ham kiritilishi bilan bog‘liq (OECD, 2011[25]). Mazkur 
o‘zgarish yangicha formatdagi kompyuter yordamida baholash bilan birgalikda 
yuzaga keldi va buning natijasi o‘laroq, matnlarning kompyuterda bajariladigan 
topshiriqlardan foydalanildi. 2009-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqoti raqamli matnlarni 
o‘qib-tushunish ko‘nikmasini baholovchi birinchi katta miqyosdagi xalqaro tadqiqot 
edi. 
2015-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqoti mobaynida, o‘qish savodxonligi ustuvor 
bo‘lmagan soha hisoblanib, 2009-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqoti uchun ishlab 
chiqilgan o‘qish savodxonligining tasvirlanish va aks ettirilish jihatlari saqlab 
qolindi. Shunga qaramay, 2015-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqoti doirasida test 
o‘tkazish tartiblarida katta o‘zgarishlar amalga oshirilib, ularning ayrimlari o‘qish 
savodxonligi qamrov doirasi tahririda qator o‘zgartirishlar kirtilishini talab 
qildi. Masalan, 2015-yilgi o‘qish savodxonligini baholash sikli asosan kompyuter 
yordamida amalga oshirildi. Natijada, “vaziyatlar” va “vositalar” bo‘limlari qayta 
yangilandi va “odatiy” va “faol” terminlari bilan birga qayta ishlab chiqildi.


15

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə