Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasi
O‘qish savodxonligi PISA (Xalqaro 
o‘quvchilarni baholash xalqaro dasturi) ning 2018 
- yilda o‘tkazilgan baholash siklining asosiy bilim 
sohasi hisoblanadi. Ushbu qamrov doirasi PISA 
tadqiqotlarida baholangan o‘qish savodxonligi 
yo‘nalishiga bag‘shlanadi. Qo‘llanma 
foydalanuvchilar uchun PISA tadqiqotlari 
doirasida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini 
baholash maqsadida foydalanilgan topshiriqlarda
ko‘rsatib o‘tilgan savollar va turli jarayonlar 
haqida tasavvur va tushunchalar beradi. Bundan 
tashqari, raqamli matnlardan foydalanish 
sur’ati tobora oshib borishi bilan birgalikda, 
o‘qish savodxonligi mohiyati so‘nggi yigirma 
yillikda qay daraja o‘zgarganini aks ettiradi. 
Shuningdek, qo‘llanmada PISA tadqiqotlari 
doirasida o‘quvchilarning qanaday qilib oson 
va samarali o‘qib, tushunish ko‘nikmalari va bu 
ko‘nikmalarining turli metakognitiv jihatlari 
qanday baholanishi tushuntiriladi hamda 
o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlari qay darajada 
baholanishi va izohlanishi muhokama etiladi. 
Qo‘llanmada o‘qish savodxonligi yo‘nalishiga 
doir topshiriqlardan namunalar beriladi. 


10
O‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida
PISA 2018 tadqiqotida o‘qish savodxonligiga uchinchi bor asosiy bilim sohasi 
sifatida e’tibor qaratildi. O‘qish savodxonligi qamrov doirasi esa ikkinchi bor qayta 
ko‘rib chiqildi. Qayta ko‘rib chiqish jarayonida o‘qish savodxonligi real hayotda 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan vaziyatlarni va o‘qish savodxonligining 
tobora o‘zgarib borayotgan ta’rifini ask ettirishi lozim etib belgilandi. Shunday ekan
mazkur qamrov doirasini qayta ko‘rib chiqish asnosida o‘qish savodxonligining 
zamonaviy va tushunarli nazariy jihatlari va o‘quvchilarning turli vaziyatlarda qay 
darajada ma’lumotlarni qo‘lga kiritishlari va undan foydalanishlari muhokama 
etildi. 
Biz qator turli yozma materiallardan tobora ko‘p foydalanilayotgan va insonlar 
ushbu materiallardan yangicha va o‘ziga xos tarzda foydalanishlari taqozo etiladigan, 
shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda yashayapmiz. Barchaga birdek ma’lumki, 
endilikda jamiyat va madaniyat mudom o‘zgarishga yuz tutganidek, bizning 
o‘qish savodxonligi borasidagi tushunchalarimiz ham shakllanib, takomillashib 
boraveradi. Ta’kidlash joizki 20 yil avvalgi insonning kamol topishi, ta’lim sohasida 
muvaffaqiyatga erishish, iqtisodiy hamkorlik 
va fuqorolik pozitsiyasini saqlab qolish uchun 
talab etilgan o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi 
bugungidan tubdan farq qiladi va bu talablar 
20 yil o‘tib, yanada o‘zgarashi ehtimoli yo‘q 
emas.
Ta’limdan ko‘zlangan maqsad 
shunchaki ma’lumotlarni to‘plash va esda 
saqlab qolishdan ko‘ra keng qamrovli bilim 
va ko‘nikmaga ega bo‘lishdan iborat: “inson 
xoh oddiy mexanik xoh malakali mutaxassis 
bo‘lsin, uning muvaffaqiyatga erishish 
siri muloqot qila olishi, ma’lumotlardan 
murakkab muammolarni yechishda 
foydalana olishi, yangidan-yangi talablar va 
o‘zgaruvchan vaziyatlarga javoban moslasha 
olishi va ko‘nikishi, inson salohiyati va 
samaradorligini oshiradigan va yangi bilim 
va ko‘nikmalar hosil qiladigan texnologiya 
qudratini boshqara olishi bilan bog‘liq” 
(Binkli va boshqalar, 2011[1]). Agar inson


11
aql-idrokka asoslangan jamiyatga butunlay uyg‘unlashib keta olsagina, barcha 
turdagi ma’lumotlarni topa olish, qo‘lga kiritish, tushunish va ular borasida mulohaza 
yuritish katta ahamiyat kasb etadi. O‘qish savodxonligi nafaqat ta’lim tizimining 
boshqa fan sohalarida yutuqlarga erishish uchun, balki o‘spirinlik hayotining 
ko‘p jabhalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni ham taqazo etadi (Kanningem 
va Stanovich, 1997[2]; OECD, 2013[3]; Smis va boshqalar, 2000[4]). Shuning 
uchun, umumiy o‘rta ta’lim yakuniga qadar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini 
baholovchi PISA dasturi sinfdan tashqari vaziyatlar bilan bog‘liq turli matnlardan 
olingan ma’lumotlarni topish, saralash, talqin qilish, umumlashtirish va baholashni 
o‘z ichiga oladi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə