Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Raqamli ma’mulotlar bilan ishlash savodxonligining ahamiyati



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Raqamli ma’mulotlar bilan ishlash savodxonligining ahamiyati
Hozirda insonlarning o‘qib-tushunish ko‘nikmasi 20 yil avvalgidan katta farq 
qiladi. 90 - yillarning o‘rtalariga qadar insonlar asosan yozma ma’lumotlarni mutolaa 
qilar edi. Bolalar adabiyotidan katta hajmdagi katta yoshdagi kitobxonlar uchun 
nashrdan chiqarilgan asarlargacha, kichik hajmli varaqalardan qomuslargacha, 
gazeta va jurnallardan tortib, ilmiy jurnal va adabiyotlargacha va murojaat 
blankalaridan to reklama afishalarigacha turli shakl, format va vositalar yordamida 


16
chop etiladigan yozma adabiyotlar mavjud bo‘lgan va hamon nashr etib kelinmoqda. 
90 - yillarning boshlarida juda kam sonli odamlargina kompyuterga ega bo‘lgan 
bo‘lib, bu kompyuterlarning ko‘pchiligi oddiy uy kompyuterlari yoki universal 
elektron hisoblash mashinalari edi. Juda kam sonli odamlargina o‘zlarining shaxsiy 
noutbuklariga ega edi. Raqamli planshetlar va smartfonlardan foydalanish hali 
ommalashib ulgurmagan edi. Ma’lum foydalanuvchilargina kompyuter yordamida 
o‘qir edi, xususan, ilmiy yoki texnik ma’lumotlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan 
mutaxassislargina kompyuter yordamida ma’lumotlarni o‘qir edilar. Bundan 
tashqari, kompyuter erkanlarining sifati uncha yaxshi bo‘lmagani tufayli kompyuter 
yordamida o‘qish jarayoni yozma materiallarini o‘qishga qaraganda birmuncha 
sekin, xatoliklarga to‘la va ancha qiyinchilik tug‘dirar edi (Dillon, 1994[26]). Avvaliga 
“zerikarli va bir qolipga solingan” yozma matnlardan kitobxonni “ozod qilish” 
vositasi, deb ta’riflanib, keyinchalik internet sahiflariga joylashtiriladigan elektron 
matnlar texnologiyasi yuzaga kelib, raqamli ma’lumotlar safihalarini internet 
orqali uzatilishi kitobxonlarni turli ma’lumotlar bilan tezlikda ishlash imkonini 
yaratdi (Konklin, 1987[27]), internet rivojlanishning erta bosqichida bo‘lishiga 
qaramasdan, bu, o‘z navbatida, aqliy yukalamalarni oshishiga va insonlarni vaqt 
va zamon nutai nazardan nomutanosib faollashuviga olib keldi (Foltz, 1996[28]; 
Rouet va Levonen, 1996[29]). Ammo shu paytga kelib, dunyo aholisining juda kam 
qismigina internet tarmog‘idan foydalanar edi. 
So‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab foydalanilayotgan kompyuterlar soni 2015-yilga 
kelib, 2 milliardga yetdi (Xalqaro Telekommunikatsiyalar Uyushmasi, 2014[6]). 
2013-yilga kelib dunyo aholisining 40 foizida uyida internetdan foydalanish 
imkoniyati mavjud bo‘ldi va bunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida 
vaziyat biroz boshqacha edi ya’ni bu mamlakatlarda aholining 80 foizi internetdan 
foydalanar edi. Rivojlanmagan mamlakatlarda esa umumiy aholining 20 foizidan 
kamroq qismigina internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega (Xalqaro 
Telekommunikatsiyalar Uyushmasi, 2014[6]). So‘nggi o‘n yillikda, 2009-yildan 
buyon doimiy keng tarmoqli a’zolikda simsiz internet imkniyatlaridan foydalanish 
bilan bir qatorda, portativ raqamli elektron qurilmalardan foydalanish surati keskin 
oshganini ko‘rish mumkin (OECD, 2012[30]). 2015-yilga kelib, kompyuter xaridi 
pasayib ketdi, vaholanki raqamli planshetlar, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar va 
mobil telefonlar savdosi bir necha yuz baravarga oshdi (Gartner, 2014[31]). 
Keng omma orasida ma’lumotlar va kommunikatsiya texnologiyalarining 
(ICT) ommalashuvi natijasida insonlarning o‘qish tarzi yozma manbaalardan 
raqamli matnlarga o‘zgardi. Masalan, Amerikaliklar uchun kompyuterlar radio, 
yozma gazeta va jurnallardan avvalgi va televizordan keyingi ikkinchi eng ko‘p 
foydalaniladigan manbaaga aylandi (Amerika OAV xodimlarini tayyorlash Instituti, 
2014[32]). Shuningdek, Angliyalik bolalar va o‘spirinlar yozma matnlardan ko‘ra 


17
raqamli matnlarni o‘qishni afzal ko‘radi (Clark, 2014[33]). UNESCO tomonidan 
berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning besh rivojlangan mamalakatlarida 
matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni aynan telefon yordamida qo‘lga kiritadigan 
foydalanuvchilarning uchdan ikki qismining aytishicha, ularning o‘qishga bo‘lgan 
qiziqishlari va o‘qish uchun sarflagan vaqtlari avvalgiga qaraganda oshgan 
(UNESCO, 2014[34]). Bunday yuzaga kelgan o‘zgarish o‘qish savodxonligini 
ko‘nikma sifatida ta’riflash uchun muhim asos bo‘la oladi. Birinchidan, insonlar 
onlayn tarzda o‘qiydigan matnlar an’anaviy yozma matnlardan farq qiladi. 
Ma’lumotlardan ko‘proq foydalanish maqsadida kommunikatsiya va boshqa xizmat 
turlari raqamli qurilmalar orqali taklif etilmoqda, onlayn foydalanuvchilar kichik 
hajmli displeylar, ko‘zga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekranlardan va rang-barang veb 
sahifalardan foydalanishlariga majbur bo‘lmoqdalar. Bundan tashqari, elektron 
pochta, qisqa elektron yozishma dasturlar, elektron ko‘rinishidagi forumlar va 
ijtimoiy tarmoq ilovalari kabi raqamli kommunikatsiya vositalarining yangidan-
yangi avlodlari paydo bo‘ldi. 
Shuni e’tiborga olish lozimki, bu raqamli texnologiyaning rivojlanishi bilan qator 
turli ma’lumotlar ichidan insonlar o‘zlariga mosini qidirib o‘qishlari kerakligini 
anglatadi. Ayrim hollarda kundalik og‘zaki muloqot o‘rnini telefon yoki ijtimoiy 
tarmoqlarda suhbatlashish kabi virtual yozish va o‘qish ko‘nikmasi egallamoqda. 
Buning natijasida, foydalanuvchilar mazkur matnli ma’lumotlar va ijtimoiy-
madaniy faoliyatni tushunishlari lozim. 
Raqamli texnologiyalar asri o‘quvchisi (yoshlari) qator yangi ko‘nikmalarni 
ham egallashlari talab etiladi. Zamonaviy elektron qurilamar va ilovalardan 
foydalanishlari uchun ulardan informatsion kommunikatsiya texnologiyalariga 
oid bilimga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shuningdek, ular elektron qidiruv panellari, 
menyulari, linklari, tablari, boshqa elektron safihalar va funksiyalardan foydalanish 
orqali o‘zlariga kerak bo‘lgan matnlarni qidirib, topishlari ham kerak. Hayratlanarli 
darajada ko‘p ma’lumotlarning internet orqali almashinuvi natjasida undan 
foydalanuvchilari ham ko‘p ma’ulmotlar ichidan o‘zlariga keraklisini tanlay olishi 
va ularni sifati va ishonchliligiga ko‘ra ajrata olishlari kerak. Shu o‘rinda aytib 
o‘tish joizki, foydalanuvchilar ma’lumotlarni talqin qilish, ular orasidagi ehtimoliy 
nomutanosibliklar va ixtiloflarni aniqlash va bartaraf etish uchun matnlarni o‘qib-
tusuhnishlari talab etiladi. Ushbu yangi ko‘nikmalarning ahamiyati Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan joriy etilgan PISA 2009 
tadqiqotlarida raqamli o‘qish savodxonligining tadqiq etish yaqqol tasvirlab 
berilgan bo‘lib, unda quyidagilar qayd etib o‘tilgan: 
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni qidirish va boshqarish ko‘nikmasi 
(navigatsiya) raqamli o‘qish ma’lumotlarni o‘qib-tushunish uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi, chunki navigatsiya orqali foydalanuvchilar o‘zlari qidirayotgan matn 


18
“xaritasini yaratadilar”. Shunday qilib, matnlar bilan bunday usulda ishlash qayday 
turdagi matn qayta ishlanayotganiniga ta’sir ko‘rsatadi. Tajribaliroq foydalanuvchilar 
alohida vazifalarni bajarish uchun talab etilgan strategiyalarni tanlashga harakat 
qiladi. Yaxshiroq foydalanuvchi esa keraksiz matnlar yoki safihalarni o‘qimasdan, 
kerakli safihalarni tezlik bilan topishga harakat qiladi (OECD, 2011, p. 20[25]).
Bundan tashqari, o‘quvchilarning ta’lim jarayonida (OECD, 2015, 119[35]) 
kompyuterlardan foydalanish ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 
turli mamalaktlardagi o‘quvchilarning o‘rta darajada internetdan foydalanish tarzi 
ushbu mamalakatlarda o‘quvchilarning yozma matnli ma’lumotlarni o‘qib-tushunish 
ko‘nikmasi o‘rasidagi farq bilan bog‘liq bo‘lmagan holda raqamli ma’lumotlarni o‘qib-
tushunish ko‘nikmalaridagi farqni aniqlashga imkon beradi (Naumann (2015[36])). 
Shunday qilib, dunyoning ko‘p qismida, insonning jamiyatda faol ishtirok etishi 
va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi uchun kerakli qobiliyatlarini ishga 
solish quroli bu raqamli ma’lumotlarni mohirona o‘qish ko‘nikmasi hisoblanadi. 
2018-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarining o‘qish savodxonligi qamrov doirasi 
raqamli matnlar bilan ishlash va o‘qib-tushunish uchun kerakli bo‘lgan konikmalarni 
rivojlantirish maqsadida qayta ko‘rib chiqildi va kengaytirildi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə